Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 20.02.2020 yildagi 107-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida tajriba tariqasida soliq solish obyektlarini hisobga olish va soliq maʼmuriyatchiligining alohida tartibini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida soliq solish obyektlarini hisobga olishni soddalashtirish, savdo va xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish, aholining bandligini taʼminlash hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, mahalliy budjetga daromadlar tushumlarining qoʻshimcha manbalarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Toshkent viloyati hokimligining 2020-yil 1-maydan boshlab, 2021-yil 1-maygacha Boʻstonliq tumanida tajriba tariqasida soliq solish obyektlarini hisobga olish va soliq maʼmuriyatchiligining alohida tartibini (keyingi oʻrinlarda tajriba deb ataladi) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, tajriba davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan dam olish uylari, dala hovli, yakka tartibda qurilgan uy-joylar va yashash uchun moʻljallangan boshqa turar joylar (keyingi oʻrinlarda koʻchmas mulk obyektlari deb ataladi), shuningdek, mazkur qarorga ilovada koʻrsatilgan ayrim mol-mulk turlari (keyingi oʻrinlarda ayrim mol-mulk turlari deb ataladi) soliq organlarining tayanch punktlari tomonidan soliq solish obyektlarining hisobga qoʻyilgani toʻgʻrisidagi bepul beriladigan guvohnoma asosida ijaraga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk obyektlarining ijaraga berilishi bilan bir vaqtda Davlat soliq qoʻmitasining yagona elektron platformasiga (mobil ilova yoki veb-sayt orqali) bu haqdagi maʼlumotlar kiritilishi lozim. Bunda yagona elektron platformaga tegishli maʼlumotlar kiritilgan taqdirda, koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomasini tuzish va uni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyekti va ayrim mol-mulk turlari soliq organlarida hisobga olingan maxsus cheklar taqdim etish orqali ijaraga beriladi hamda tegishli soliqlar toʻlangan taqdirda, ushbu faoliyatdan tushgan naqd pulni bank kassasiga topshirish ixtiyoriy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish obyektlarining hisobga qoʻyilgani toʻgʻrisidagi guvohnomasiz koʻchmas mulk obyektlari va ayrim mol-mulk turlarini ijaraga berish yoxud koʻchmas mulk obyektlarining ijaraga berilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda yagona elektron platformaga kiritmaslik — soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash deb hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

soliq solish obyektlarining hisobga qoʻyilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida ayrim mol-mulk turlarini ijaraga berish bilan shugʻullanadigan jismoniy shaxslar tadbirkorlik subyektlari sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishi shart emas hamda ularning daromadlariga belgilangan tartibda deklaratsiya asosida soliq solinadi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

tadbirkorlik subyekti sifatida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan holda oilaviy mehmon uylari xizmatlari koʻrsatayotgan va ayrim mol-mulk turlarini ijaraga berish bilan shugʻullanadigan jismoniy shaxslarga mazkur qaror talablari tatbiq etilmaydi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boʻstonliq tumanining Gʻazalkent shahri, Doʻstlik, Sijjak va Novobod mahalla fuqarolar yigʻini hududlarida 4 ta soliq tayanch punktlari tashkil etilsin va soliq organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida 30 ta shtat birligi ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda soliq tayanch punktlari uchun Boʻstonliq tumanining Gʻazalkent shahri, Doʻstlik, Sijjak va Novobod mahalla fuqarolar yigʻini hududlarida yer uchastkalari ajratish yoki ularni boʻsh binoda joylashtirish chorasini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mazkur soliq tayanch punktlari uchun ixcham binolar qurilishi hamda ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimi bilan jihozlash Oʻzbekistan Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hamda Toshkent viloyatining mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida koʻrsatilgan yagona elektron platforma va mobil ilovaning yaratilishini va Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Moliya vazirligi bilan birgalikda Boʻstonliq tumanida tashkil etiladigan soliq tayanch punktlari xodimlari uchun mazkur qarorda nazarda tutilgan soliq solish obyektlarini hisobga olish va soliq maʼmuriyatchiligining alohida tartibi boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etsin;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida tajriba jarayoniga bagʻishlangan mavzuli audio va videoroliklar, bannerlar, plakatlar, stendlar hamda innovatsion axborot-targʻibot materiallaridan foydalangan holda kampaniyalar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yagona elektron platforma va mobil ilovani yaratish bilan bogʻliq boʻlgan mablagʻlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan ajratilsin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasiga 2020-yil 1-aprelga qadar Boʻstonliq tumani davlat soliq inspeksiyasining qoʻshimcha 5 ta xizmat avtotransport vositalarini saqlashga limit va ularni xarid qilishga zarur pul mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda jismoniy shaxslarning soliq solish obyektlari hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish, yagona elektron platformani yuritish, unga koʻchmas mulk obyektlari ijaraga berilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish tartibi haqida vaqtincha nizom ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar tajriba natijalariga koʻra, uni yanada kengaytirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahliliy maʼlumotnoma va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Quchqorov — mazkur qaror ijrosini sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida taʼminlash, belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev — mazkur tajribaning muvaffaqiyatli va samarali amalga oshirilishi yuzasidan barcha zarur choralar koʻrilishini va unda belgilangan vazifalarning soliq organlari tomonidan bajarilishi jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali nazorat qilishni taʼminlasin;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Toshkent viloyati hokimi R.Q. Xolmatov — soliq tayanch punktlarining samarali faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlarni taʼminlasin hamda zarur mablagʻlarni oʻz vaqtida ajratsin;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, mavzuga doir telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 20-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 107-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning daromad manbai sifatida soliq organlarida hisobga qoʻyiladigan mol-mulklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Suv transporti (motorli va motorsiz, shu jumladan shishiriladigan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Suv mototsikllari (skuterlar va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qorda yuradigan texnika vositalari (qor avtoulovi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kvadratsikllar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Paraplanlar va deltaplanlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Supa, soʻri, topchanlar va shunga oʻxshash dam olish uchun joylar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mazkur roʻyxatga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/107/0200-son)