17.02.2020 yildagi O‘RQ-604-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, oʻzaro bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor — foyda olish maqsadida investitsiya faoliyati obyektlariga oʻzining mablagʻlarini va (yoki) qarz mablagʻlarini yoxud jalb qilingan boshqa investitsiya resurslarini investitsiya qilishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona — tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega boʻlgan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim — maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya faoliyatini va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun alohida shart-sharoitlarni belgilaydigan huquqiy normalar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestri — maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilari va investitsiya loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarning axborot bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonaning bosh rejasi — maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi yoki maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniya tomonidan tasdiqlangan loyiha hujjati boʻlib, uning asosida maxsus iqtisodiy zona hududini rejalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va shaharsozlik jihatidan oʻzlashtirishning boshqa turlari amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasida davlat tomonidan tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish dasturlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalarning chegaralarini tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalarning maʼmuriy kengashlarini tuzadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni, monitoring va nazorat qilishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining ustavlarini tasdiqlaydi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni, monitoring va nazorat qilishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organlarini belgilaydi, ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida roʻyobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatish samaradorligini baholash uslubiyotini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini amalga oshirishning har bir bosqichida investorlarning, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining hamda tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning oʻzaro hamkorligini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan, shu jumladan mavjud byurokratik toʻsiqlarni olib tashlash boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etishga doir ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarining roʻyobga chiqarilish jarayoni monitoringini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasining va ishtirokchilarining faoliyati samaradorligini baholashdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish, shuningdek maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining hamda maʼmuriy kengashlarining faoliyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish quyidagilarni oʻz ichiga olgan dasturga muvofiq amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini taʼminlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor infratuzilmasini yaratishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat boʻyicha va sohaviy ixtisoslashuviga muvofiq chet el investitsiyalarini hamda mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari kompleksini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini moliyaviy taʼminlash zonaning oʻz resurslari, xususiy manbalar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining, xalqaro moliya institutlari va chet el hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat investitsiya dasturlarini shakllantirishda maxsus iqtisodiy zonalarning muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarining moliyaviy taʼminoti nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Maxsus iqtisodiy zona hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar boʻsh turgan va faoliyat koʻrsatmayotgan davlat mulki obyektlari, maʼmuriy-hududiy tuzilmalar hududlari negizida, shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona hududida joylashgan davlat mulki obyektlari mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻz vakolati doirasidagi qaroriga koʻra maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha vakolatli organ bilan kelishgan holda operativ boshqaruvga berilishi mumkin, bundan xususiylashtirilmaydigan strategik davlat mulki obyektlari mustasno. Davlat mulki obyektlari maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga maxsus iqtisodiy zona faoliyat koʻrsatadigan butun davr uchun operativ boshqaruvga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi maxsus iqtisodiy zona hududida joylashgan boʻsh turgan va faoliyat koʻrsatmayotgan davlat mulki obyektlarini maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga, investitsiya majburiyatlari qabul qilingan holda, realizatsiya qilish, shu jumladan “nol” xarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar alohida hollarda faqat qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va dorivor oʻsimliklar yetishtirish maqsadida farmatsevtika hamda agrar yoʻnalishdagi maxsus iqtisodiy zonalar uchun berilishi mumkin. Boshqacha faoliyatga va tarmoq ixtisoslashuviga ega boʻlgan maxsus iqtisodiy zonalarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlariga binoan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar hududidagi yer uchastkalari maxsus iqtisodiy zonalarning direksiyalari tasarrufida turadi va maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining foydalanishiga investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun maxsus iqtisodiy zonalar maʼmuriy kengashlarining qarorlari asosida berilishi mumkin, bundan maxsus sanoat zonalarining hududlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi qaror maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va shu bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, tegishli viloyat hokimining yoxud Toshkent shahar hokimining yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi alohida qarori qabul qilinadi. Mazkur tartib maxsus sanoat zonalari hududida yer uchastkasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisiga yer uchastkasini ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida shaharsozlik faoliyati maxsus iqtisodiy zonalarning tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarda davlat-xususiy sheriklik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalarda davlat-xususiy sheriklik Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maxsus iqtisodiy zonalarning turlari va ularning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar quyidagi turda tashkil etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus ilmiy-texnologik zonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik-rekreatsion zonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin savdo zonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus sanoat zonalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Erkin iqtisodiy zona
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zona — yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import oʻrnini bosuvchi, eksportga yoʻnaltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga faol jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni taʼminlash maqsadlarida tashkil etiladigan hudud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Maxsus ilmiy-texnologik zona
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus ilmiy-texnologik zona — innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) toʻplangan hudud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Turistik-rekreatsion zona
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turistik-rekreatsion zona — unda zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini (mehmonxona komplekslari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va boshqa turistik ahamiyatdagi obyektlarni), maxsus faoliyat koʻrsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga xizmat koʻrsatish maqsadida zarur shart-sharoitlarni taʼminlagan holda barpo etishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hudud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Erkin savdo zonalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona va soliq rejimlari boʻlgan hududlarni, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni oʻrab-joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin savdo zonalari chegara punktlarida, aeroportlarda, temir yoʻl bogʻlamalarida yoki Oʻzbekiston Respublikasining boshqa bojxona hududlarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Maxsus sanoat zonasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus sanoat zonasi — boshqaruv, xoʻjalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur maʼmuriy, ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchun yer uchastkalarini ajratish orqali shakllantiriladigan xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish zonalarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus sanoat zonasining faoliyat koʻrsatish qoidalari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir umumiy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura va qurilish, texnik jihatdan tartibga solish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish hamda sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlik;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbalarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona faoliyatiga va tarmoq ixtisoslashuviga muvofiqlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik uskunalar va texnologik jarayonlar koʻrsatkichlarining zamonaviy energiya samaradorligi talablariga muvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir alohida talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya buyurtmanomasi topshirilgan paytda erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan yoki Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish hajmlari ichki bozorning ehtiyojlarini qoplamaydigan yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni nazarda tutgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi kodi boʻyicha yakuniy mahsulot tovar pozitsiyasining dastlabki toʻrtta belgilaridan birining darajasida boshlangʻich xom ashyoga nisbatan oʻzgarishini yoki qoʻshilgan qiymatga ega mahsulot hajmining kamida oʻttiz foiz darajasida koʻpayishini nazarda tutishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalarda raqobat muhiti yaratilgan, ichki bozor toʻyingan yoki ishlab chiqarish hajmlari ichki bozor ehtiyojlarini qoplaydigan oʻxshash mahsulot ishlab chiqaradigan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mavjud boʻlgan mahsulot turlarini ishlab chiqarishga doir investitsiya loyihalari amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli vakolatli organlarning Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshash mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar mavjud emasligi, ishlab chiqarish hajmlari yetishmasligi va raqobat muhiti darajasi toʻgʻrisidagi xulosalari keyinchalik erkin iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashiga taqdim etish uchun erkin iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan mustaqil ravishda soʻrab olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablar toʻliq eksportga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalari uchun tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Maxsus ilmiy-texnologik zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir alohida talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus ilmiy-texnologik zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtgan patent huquqlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik yangilik va ishlab chiqariladigan mahsulotning koʻp ilmiy izlanishni talab qilishi (tovarlarning xususiyatiga koʻra mutlaqo yangi yoki ilgari ishlab chiqarilgan oʻxshash tovarning xususiyatlaridan jiddiy farq qilsa yoki tovarning isteʼmol xossalariga koʻra mavjud boʻlgan shunday tovarlarga nisbatan yaxshilangan boʻlsa yoki bevosita oʻxshashlari mavjud boʻlmagan taqdirda, sifat jihatidan yangicha isteʼmol (funksional) xususiyatlariga ega boʻlsa, shu jumladan tovarning raqobatbardoshligini oshiradigan yoxud tovarni qoʻllashning bunday tovardan foydalanish sohasini kengaytirish imkonini beradigan yangi usuli aniqlangan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli vakolatli organlarning roʻyxatdan oʻtgan patent huquqlari mavjudligi va ilmiy-texnik yangilikning mavjudligi hamda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarilishi toʻgʻrisidagi xulosalari keyinchalik erkin iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashiga taqdim etish uchun erkin iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan mustaqil ravishda soʻrab olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Turistik-rekreatsion zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir alohida talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turistik-rekreatsion zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari turistik industriya obyektlarining barpo etilishini, turistik xizmatlarni tashkil etish chogʻida turistlar xavfsizligi va sogʻligʻining muhofaza qilinishini taʼminlash chora-tadbirlarini, shu jumladan turistik industriya obyektlarini videokuzatuv, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda ogohlantirish (xabar qilish) va zarur yordam koʻrsatish tizimlari bilan jihozlash orqali taʼminlash chora-tadbirlarini nazarda tutishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida taqiqlangan faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshirish taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik standartlarga va mehnatni muhofaza qilish standartlariga javob bermaydigan ishlab chiqarishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol va oʻq-dorilar ishlab chiqarishni, qurol va oʻq-dorilar savdosini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar ishlab chiqarishni, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar savdosini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xom teriga ishlov berishni, hayvonlarni haydab boqishni yoki soʻyishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sement, beton, sement klinkeri, gʻisht, temir-beton plitalar ishlab chiqarishni, koʻmir, ohak va gipsdan mahsulot ishlab chiqarishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi chiqindilarni qayta ishlash, parchalash, yoqish, gazlashtirish, ularga kimyoviy vositalar bilan ishlov berish, ularni yakuniy va (yoki) vaqtincha saqlash va (yoki) yer ostiga koʻmib tashlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neftni qayta ishlash zavodlarini, atom elektr stansiyalarini, yadroviy qurilmalarni, radiatsiyaviy manbalarni, qayta ishlangan yadroviy yoqilgʻi, radioaktiv moddalar va chiqindilar, shuningdek boshqa radioaktiv chiqindilarni saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun moʻljallangan punktlar hamda qurilmalarni joylashtirishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan maxsus iqtisodiy zonalar hududida faoliyatning ayrim turlariga nisbatan taqiq va cheklovlar joriy etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, uning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini oʻzgartirish va uni tugatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, uning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini oʻzgartirish va uni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan oʻttiz yil muddatga tashkil etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatishini va uni rivojlantirishni tashkil etish masalasi yuzasidan qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini oʻzgartirish va uni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini oʻzgartirish va uni muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida taklif kiritishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kiritilgan taklifni u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida koʻrib chiqadi va maʼqullangan taqdirda taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish, uning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini oʻzgartirish yoki uni tugatish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi, unda maxsus iqtisodiy zonaning nomi, u qancha muddatga tashkil etilayotganligi, maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish maqsadi va uning turi, uning maxsus huquqiy rejimi xususiyatlari, faoliyatiga oid va tarmoq ixtisoslashuvi, maxsus iqtisodiy zonaning umumiy maydoni hamda chegaralarining tavsifi, uning tashkil etilishini va rivojlantirilishini taʼminlash chora-tadbirlari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq tadbirlar, bu tadbirlarni amalga oshirish uchun masʼul shaxslar va tashkilotlar, shuningdek maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish manbalari koʻrsatilgan holda maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturining loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonaning moʻljallangan chegaralari chizib koʻrsatilgan holda yer-kadastr rejasining koʻchirma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonaning moʻljallanayotgan chegaralarida joylashgan yerlarning tarkibi, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilarining va mulkdorlarining (ular mavjud boʻlgan taqdirda) roʻyxati hamda ularning maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish uchun yer uchastkalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga oʻtkazish uchun yozma roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududdagi ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy shart-sharoitlarni, moddiy va mehnat resurslari, kommunikatsiyalar bilan taʼminlanganlikni tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan maxsus iqtisodiy zonani, uning turini tashkil etish zarurligi hamda mumkinligini asoslovchi biznes-reja, shuningdek maxsus iqtisodiy zona maxsus huquqiy rejimining taklif etilayotgan oʻziga xos xususiyatlarining moliyaviy-iqtisodiy asosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona direksiyasi ustavining loyihasi (agar direksiya davlat muassasasi shaklida tashkil etilayotgan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish zarurati va imkoniyatining asoslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonaning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonaning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona bosh rejasining loyihasi va maxsus iqtisodiy zonaning chegaralarini moʻljallanayotgan oʻzgartirishni hisobga olgan holda chegaralari chizib koʻrsatilgan yer-kadastr rejasining koʻchirma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaralariga oʻzgartirish kiritiladigan maxsus iqtisodiy zonaga qoʻshilishi moʻljallanayotgan hududlarda joylashgan yerlarning tarkibi, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilarining va mulkdorlarining (ular mavjud boʻlgan taqdirda) roʻyxati hamda ularning yer uchastkalarini maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashiga, maxsus sanoat zonasi boʻlgan taqdirda esa, yer uchastkalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga oʻtkazish uchun yozma roziligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonaning chegaralariga qoʻshib olish uchun taklif qilinayotgan hududlarda amalda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslarning va tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonaning chegaralaridan chiqarib tashlash uchun taklif etilayotgan hududlarda amalda faoliyat koʻrsatayotgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining roʻyxati (ular mavjud boʻlgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonaning chegaralarini oʻzgartirish zarurati va imkoniyatining asoslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi taklifga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonani tugatishni taʼminlash, shuningdek zarur boʻlgan hollarda maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilariga kafolatlar va (yoki) kompensatsiyalarni taqdim etish boʻyicha kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus iqtisodiy zonani tugatish komissiyasining tarkibi va vakolatlarini, shuningdek maxsus iqtisodiy zonani tugatish tartibini belgilovchi qarori loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 22-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha maxsus iqtisodiy zona muddatidan oldin tugatilgan taqdirda, maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining amalga oshirilayotgan oʻz investitsiya loyihalari koʻrsatilgan holdagi roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatishning sabablari hamda tegishli maʼmuriy-hududiy birliklar va umuman respublika uchun, maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari uchun ehtimoldagi oqibatlari koʻrsatilgan holda tegishli hududdagi ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy va boshqa sharoitlarni, shuningdek tugatilayotgan maxsus iqtisodiy zona faoliyatining va faoliyati samaradorligining koʻrsatkichlarini batafsil tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatishning zarurati hamda imkoniyatining texnik-iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy asoslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Maxsus iqtisodiy zonani tugatish uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona qaysi muddatga tuzilgan boʻlsa, oʻsha muddat tamom boʻlgach, tugatilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonani muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buni odamlarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat xavfsizligini va mamlakat mudofaasini taʼminlash zarurati taqozo etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona tashkil etilgan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida bironta ham yuridik shaxs mazkur maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa va (yoki) maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi tomonidan ish oʻrinlari yaratilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona tashkil etilgan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida mazkur maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tomonidan investitsiya loyihalarini roʻyobga chiqarish boʻyicha faoliyat amalga oshirilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini yoʻqotganligi va mazkur iqtisodiy zonaning oxirgi ishtirokchisi tomonidan bunday maqom yoʻqotilgan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida uning hududida uning ishtirokchisi sifatida birorta ham yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi bois maxsus iqtisodiy zonada uning ishtirokchilari qolmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorida belgilangan maxsus iqtisodiy zonani tashkil etishning maqsadlariga erishish boshqa sabablarga koʻra imkonsiz boʻlib qolgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha maxsus iqtisodiy zona muddatidan oldin tugatilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga ular tomonidan koʻrilgan zarar yoki boy berilgan naf uchun kafolatlar va (yoki) kompensatsiya beriladi yoxud avval amalda boʻlgan tartibga muvofiq taqdim etilgan imtiyozlar va preferensiyalar saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonani tugatish bilan bogʻliq mulkiy va boshqa masalalarni hal qilish, maxsus iqtisodiy zona direksiyasi va ishtirokchilari, boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tugatish komissiyasini tuzadi, uning tarkibi va vakolatlarini belgilaydi, shuningdek maxsus iqtisodiy zonani u muddatidan oldin tugatilgan taqdirda tugatish tartibini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Maxsus iqtisodiy zonani boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari orasidan tuziladigan kollegial organ boʻlib, unga maqomi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, tegishli viloyat hokimi va Toshkent shahar hokimi boʻlgan rais rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatishi, maxsus huquqiy rejimga rioya etish va maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga koʻmaklashish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona hududida amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini saralab olishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonaning muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi qurilishi boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona direksiyasining yillik daromadlar va xarajatlar smetasini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining oʻz vakolati doirasida qabul qilingan qarorlari maxsus iqtisodiy zona direksiyasi va ishtirokchilari uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatishi va boshqarilishini taʼminlash uchun tashkil etiladigan davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxsdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona hududida maxsus huquqiy rejimning amal qilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salohiyatli investorlar va maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorlikni, shu jumladan investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish va tanlab olish uchun qabul qilishni, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun zarur ruxsatnomalar berishni “yagona darcha” prinsipi asosida tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qiladi, shuningdek maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tomonidan investitsiya bitimiga kiritilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona hududida ekologik nazorat, shuningdek madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkillashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan shartnomalar asosida marketing xizmatlari, shuningdek mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda targʻib qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonaga investorlarni jalb etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarni, maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilarini axborot bilan taʼminlaydi, shu jumladan ularning davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona hududidagi yer uchastkalarini, shuningdek binolar va inshootlarni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Mazkur tartib maxsus sanoat zonalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Maxsus sanoat zonasini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus sanoat zonasini boshqarish maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining va direksiyasining ushbu Qonunda nazarda tutilgan vakolatlari berilgan maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniya tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniya aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladigan, shu jumladan chet el investorlari ishtirokida tashkil etiladigan yuridik shaxsdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus sanoat zonasini boshqarishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini joylashtirish va maxsus sanoat zonasi ishtirokchilariga yer uchastkalarini berish, shu jumladan ijara huquqlari asosida berish masalalari yuzasidan mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni qurishda xalqaro standartlar va talablarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini va ijtimoiy infratuzilmani mustaqil ravishda shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari va yetkazib berilgan energiya resurslari uchun hisobga olishni va oʻzaro hisob-kitoblarni maxsus sanoat zonasi ishtirokchilari tomonidan maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniya bilan tuzilgan yagona shartnoma asosida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona darcha” prinsipi boʻyicha litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni, shu jumladan maxsus sanoat zonasining bosh rejasiga muvofiq binolar va inshootlarni loyihalashtirish, qurish, ishga tushirish, ulardan foydalanish hamda yer uchastkalaridan foydalanish uchun berishni tashkillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniya faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi hamda uning butun faoliyati va operatsiyalarini oʻrganish, shuningdek tegishli qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniyaning moliyaviy hisoboti va u bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy axborot har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim. Auditorlik hisobotlari va auditorlik xulosalari majburiy tartibda maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Investitsiya buyurtmanomasini berish va koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Investitsiya buyurtmanomasini berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya buyurtmanomasi investor tomonidan maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasiga beriladi. Investitsiya buyurtmanomasining shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya buyurtmanomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs ustavining va yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma nusxalari (investor — yuridik shaxs uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasi (investor — jismoniy shaxs uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasining biznes-rejasi yoki texnik-iqtisodiy asosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya bitimining loyihasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya buyurtmanomasida yuridik shaxsga berilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatiladi, chet el yuridik shaxsi uchun esa tegishli chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchi identifikatsiya raqamining oʻxshashi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el yuridik shaxslari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan, chet el yuridik shaxsi chet davlatning qonun hujjatlariga binoan yuridik shaxs ekanligini tasdiqlovchi legallashtirilgan hujjatlarning davlat va ingliz tiliga qilingan tarjimasini notarial tartibda tasdiqlangan holda taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el yuridik shaxslari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni legallashtirish talab qilinmaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlarga apostil qoʻyilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar shartlashayotgan taraflardan birining hududida tayyorlanganligi yoxud muassasa yoki maxsus vakolat berilgan shaxs tomonidan ularning vakolati doirasida va belgilangan shaklda tasdiqlanganligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan boʻlsa, bu hujjatlar boshqa shartlashuvchi taraflarning hududlarida biron-bir maxsus guvohnomasiz qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Investitsiya buyurtmanomasini maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi tomonidan koʻrib chiqish uchun tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga kelib tushgan investitsiya buyurtmanomasi oʻsha kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan boʻlsa, keyingi ish kuni roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi investitsiya buyurtmanomasini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Hujjatlar maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda hujjatlar toʻplami qaytarish sabablari asoslantirilgan holda qaytarib yuboriladi. Qaytarish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilganidan keyin investitsiya buyurtmanomasi maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga takroran taqdim etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklar boʻlmagan taqdirda, investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlar maxsus iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan ekspertiza oʻtkazish boʻyicha vakolatli davlat organiga (bundan buyon matnda ekspert muassasasi deb yuritiladi) ekspertiza uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani oʻtkazish muddati yigirma ish kunini tashkil etadi. Ekspertiza jarayonida investitsiya loyihasini amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, shuningdek uning ushbu Qonunning 15 — 19-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani oʻtkazish yakunlariga koʻra investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar ekspert muassasasi tomonidan qaytarish sabablari asoslantirilgan holda maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga maromiga yetkazish uchun qaytarilishi mumkin. Investor qaytarish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablarni bartaraf etganidan keyin maromiga yetkazilgan hujjatlar maxsus iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan takroriy ekspertiza oʻtkazish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya buyurtmanomasini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni takroriy ekspertizadan oʻtkazish muddati oʻn ish kunini tashkil etadi. Bunda ilgari ekspertizadan oʻtkazilgan hujjatlarga nisbatan yangi mulohazalar taqdim etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar ekspert muassasasi xulosasi bilan birga maxsus iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashiga ikki ish kuni ichida koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning amal qilishi maxsus sanoat zonalarining hududlarida roʻyobga chiqarish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunda investitsiya buyurtmanomasini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni koʻrib chiqish hamda ekspertizadan oʻtkazish maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniya tomonidan mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Investitsiya buyurtmanomasini maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi tomonidan koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi investitsiya buyurtmanomasini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni faqat ekspert muassasasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirdagina koʻrib chiqishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya buyurtmanomasi maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi tomonidan maxsus iqtisodiy zona direksiyasi uni kiritgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish jarayonida maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi investorga investitsiya loyihasiga oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritishni taklif qilishi mumkin. Bunda maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining takliflari uning qarorida aks ettiriladi. Investor taklif etilayotgan oʻzgartirishlarga (qoʻshimchalarga) rozi boʻlmagan taqdirda maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi tomonidan investor ishtirokida investitsiya buyurtmanomasini takroriy koʻrib chiqish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi investitsiya loyihasini amalga oshirish haqida yoki uni amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qaror maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnoma maxsus iqtisodiy zona direksiyasining direktori, maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasini maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisiga berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashi qarori boʻyicha bayonnoma tasdiqlangan vaqtdan boshlab bir kun ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, tegishli viloyat hokimi yoxud Toshkent shahar hokimi tomonidan yer uchastkasini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomadan koʻchirma va yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi (agar bunday qaror mavjud boʻlsa) investitsiya soʻrovnomasini bergan investorga bayonnoma tasdiqlangan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida maxsus iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarori quyidagilar uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya bitimini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini yoki boʻsh turgan (foydalanilmayotgan) binoni umumiy maydoni va uning joylashgan yerini belgilagan holda ajratish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqishni tugatadi, investitsiya buyurtmanomasi esa qaytarish sabablari asoslantirilgan holda investorga qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor tomonidan investitsiya buyurtmanomasini taqdim etish, uning maxsus iqtisodiy zona direksiyasi va maʼmuriy kengashi tomonidan koʻrib chiqilishi elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi aʼzolari va direksiyasi direktori oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi munosabati bilan investitsiya buyurtmanomasini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni koʻrib chiqish chogʻida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarga nisbatan maxfiylik saqlanishiga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining qarori va (yoki) ekspert muassasasining xulosasi ustidan investitsiya buyurtmanomasini bergan investor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida investor investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼmuriy kengash qarorini olganidan keyin besh ish kuni ichida maxsus iqtisodiy zona joylashgan joydagi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi tashkil etayotgan tadbirkorlik subyektini yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yoki investor tomonidan ilgari tashkil etilgan tadbirkorlik subyektini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs investitsiya bitimi imzolanganidan va Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritilganidan keyin maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritish uchun investor tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasini va Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi toʻlovni toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarni olgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida yuridik shaxsni Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi guvohnomasini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasi yuridik shaxs Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritilganidan keyin bir ish kuni ichida bu haqda tegishli soliq, bojxona va statistika organlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy himoya kafolatlari, imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari, binolar, inshootlarni foydalanish uchun olishga, shu jumladan ijara huquqi asosida foydalanish uchun olishga hamda ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun infratuzilma obyektlarini qurishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya bitimi va investitsiya loyihasini amalga oshirishning tarmoq jadvallariga muvofiq muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi bilan uni oʻz vaqtida taʼminlanishini maxsus iqtisodiy zona direksiyasidan talab qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilariga koʻrsatiladigan, shu jumladan shartnoma asosida koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmat turlaridan teng shartlarda foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mablagʻlari hisobidan maxsus iqtisodiy zonaning bosh rejasiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan infratuzilma obyektlarini qurishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida va investitsiya bitimida nazarda tutilgan majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari talablarini bajarishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya bitimi va biznes-rejalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining investitsiya bitimida nazarda tutilgan oʻz huquq va majburiyatlarini investitsiya bitimi boʻyicha barcha majburiyatlar bajarilguniga qadar boshqa yuridik shaxsga oʻtkazishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi oʻz faoliyatini ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek investitsiya bitimiga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Yuridik shaxsning maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini yoʻqotishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs quyidagi hollarda maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini yoʻqotadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tugatilganda (faoliyati tugatilganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning joylashgan joyi oʻzgarib, yangi joylashgan joyi maxsus iqtisodiy zona hududidan tashqarida boʻlgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi investitsiya bitimi boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining arizasiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi qayta tashkil etilgan taqdirda, bundan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha bir xil imtiyozlarga ega boʻlgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari oʻrtasida amalga oshiriladigan qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini yoʻqotishi toʻgʻrisidagi qaror maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi tomonidan maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasi taqdimiga binoan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha yuridik shaxsning maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini yoʻqotganligi toʻgʻrisidagi qaror ustidan maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining qaroriga muvofiq maxsus iqtisodiy zona direksiyasi maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi bilan investitsiya bitimini bekor qiladi va uni Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestridan chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestridan chiqarilganidan keyin bir ish kuni ichida bu haqda maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisini, maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashini, soliq, bojxona organlarini va statistika organlarini, shuningdek maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organini va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini yuridik shaxsning maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini yoʻqotganlik sanasi va asoslarini koʻrsatgan holda yozma ravishda (shu jumladan elektron pochta orqali) xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini yoʻqotishi soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar bekor qilinishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Investitsiya bitimi boʻyicha majburiyatlarini bajarmagan taqdirda yuridik shaxsni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi investitsiya bitimi boʻyicha majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, investor tomonidan maxsus iqtisodiy zona hududida tashkil etilgan yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona direksiyasining tashabbusiga koʻra maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomidan mahrum etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining investitsiya bitimi boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganligi fakti (bundan yengib boʻlmas kuch (fors-major) holatlari yuzaga kelgan hollar, shuningdek maxsus iqtisodiy zona direksiyasining aybi bilan yuzaga kelgan hollar mustasno) aniqlangan taqdirda, qoidabuzarliklar va investitsiya bitimida belgilangan bajarilmagan majburiyatlar batafsil bayon etilgan tegishli dalolatnoma tuziladi, ushbu dalolatnoma maxsus iqtisodiy zona direksiyasining vakillari va ishtirokchisi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomada maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining investitsiya bitimi boʻyicha majburiyatlar bajarilishini taʼminlashi kerak boʻlgan muddat ham koʻrsatiladi. Bu muddat toʻqson kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fors-major holatlari yuzaga kelganligi tasdiqlangan taqdirda, maxsus iqtisodiy zona direksiyasi va ishtirokchisi investitsiya majburiyatlarining oqilona muddatlarda bajarilishini taʼminlovchi jadval tuzadi, bunda fors-major holatlari boshlanishi bilan bogʻliq boʻlgan kechikishning aniq muddatlari eʼtiborga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi investitsiya bitimi boʻyicha majburiyatlarini ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan muddat ichida bajarmagan taqdirda, direksiya maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi hamda maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi bilan yozma ravishda kelishib olinganidan keyin maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisini investitsiya bitimining bajarilmaganligi munosabati bilan uni bekor qilish toʻgʻrisida yozma ravishda (shu jumladan elektron pochta orqali) xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oʻn kun oʻtguniga qadar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi investitsiya bitimining bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan sudga shikoyat qilmagan boʻlsa, investitsiya bitimi bir tomonlama tartibda bekor qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi investitsiya bitimining bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan sudga shikoyat qilgan boʻlsa, unda investitsiya bitimi boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq kelgusidagi nizolar sud tartibida hal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning investitsiya bitimi boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini yoʻqotganligi soliq va bojxona imtiyozlarining bekor qilinishiga, toʻlanmagan soliq va bojxona toʻlovlarining toʻliq hajmda undirilishiga hamda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxsga berilgan yer uchastkalari, boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan foydalanish huquqi bekor qilinishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining arizasiga asosan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi tomonidan maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga beriladi. Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi kelib tushgan arizani ikki ish kuni ichida maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi tomonidan oʻn kun ichida, maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga moddiy yoki moliyaviy zarar yetkazish belgilari boʻlgan hollarda esa oʻttiz kun ichida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining qarorida maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi tomonidan yetkazilgan moddiy yoki moliyaviy zararning oʻrnini qoplash, shu jumladan maxsus iqtisodiy zona direksiyasining sudga murojaat qilishi orqali qoplash boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini yoʻqotishi maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga moddiy yoki moliyaviy zarar yetkazmagan taqdirda uning maxsus iqtisodiy zona hududidagi faoliyati tugatilishiga, shuningdek yuridik shaxsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mulk huquqlarining tugatilishiga olib kelmaydi. Bunda ushbu yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari uchun berilgan maxsus huquqiy rejimdan foydalanish huquqini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tartib tadbirkorlik subyektini maxsus sanoat zonalarining ishtirokchisi maqomidan mahrum qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Investitsiya bitimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Investitsiya bitimini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi investitsiya loyihasida bayon etilgan shartlar, muddatlar va tartib-taomillarga muvofiq investitsiya bitimini tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya bitimi investor tomonidan maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining bayonnomasi (undan koʻchirma) olinganidan keyin investor va maxsus iqtisodiy zona direksiyasi direktori tomonidan uch ish kuni ichida imzolanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya bitimi investor tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olgan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Investitsiya bitimining amal qilish muddatini uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya bitimi maxsus iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Ariza maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi tomonidan investitsiya bitimining amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining investitsiya bitimining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizasiga maxsus iqtisodiy zonada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasining uni amalga oshirishni davom ettirish zarurligi haqidagi asoslantirishni oʻz ichiga olgan biznes-rejasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Investitsiya bitimining amal qilishini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya bitimining amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya bitimining amal qilish muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomidan mahrum etilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona muddatidan oldin tugatilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Maxsus iqtisodiy zonalarning maxsus huquqiy rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Maxsus huquqiy rejimning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalarda maxsus bojxona, soliq rejimi, shuningdek fuqarolarning kirish, chiqish va boʻlish rejimi, mehnat munosabatlari, moliya-kredit faoliyatini amalga oshirish shartlari hamda investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish va maxsus iqtisodiy zonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ragʻbatlantirishga qaratilgan boshqa rejim oʻrnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus huquqiy rejim qonunlar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga berilgan imtiyozlar faqat maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshiriladigan faoliyatga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari sifatida roʻyxatga olingan chet el investorlari oʻziga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida berilgan barcha huquqlar, kafolatlar va imtiyozlardan foydalanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Maxsus bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus bojxona rejimida quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari stavkalarini vaqtincha bekor qilish yoki pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga yoki importga nisbatan notarif cheklovlarni bekor qilish, yengillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan eksport qilinayotgan yoki import qilinayotgan tovarlarni bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilgan holdagi bojxona rasmiylashtiruvi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona hududida maxsus bojxona rejimini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus bojxona rejimi tovarlarning maxsus iqtisodiy zonalar hududi orqali tranzit qilinishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus bojxona rejimi raqobatsiz muhitni shakllantirishga olib kelmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari soliq boʻyicha imtiyozlardan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qurilish davrida belgilangan tartibda olib kirilgan qurilish materiallari uchun bojxona toʻlovlarini (bundan qoʻshimcha qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha texnologik uskunalarning oʻxshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydiganini olib kirishda bojxona toʻlovlarini (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona toʻlovlari (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar mustasno) toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tovarlarni import qilganda qoʻshilgan qiymat soligʻini 120 kungacha muddatga kechiktirib toʻlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining oshib ketishi natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining oʻrni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisiga yetti kun davomida soddalashtirilgan tartibda qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarda mehnat munosabatlarini tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalardagi mehnat munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, jamoa shartnomalari (kelishuvlari) va (yoki) yakka tartibdagi mehnat shartnomalari (kontraktlari) bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa shartnomalari (kelishuvlari) va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari (kontraktlari) maxsus iqtisodiy zonalar hududlarida tashkil etiladigan yuridik shaxslar xodimlarining ahvolini Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida, shuningdek Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan konvensiyalarida nazarda tutilgan shartlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida tashkil etiladigan yuridik shaxslarning xodimlari shtatida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari xodimlar umumiy sonining kamida toʻqson foizini tashkil etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Maxsus iqtisodiy zona direksiyasining budjeti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi tomonidan har yili daromadlar va xarajatlar smetasi shaklida tasdiqlanadigan mustaqil budjetga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasining daromadlari Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritganlik uchun olinadigan toʻlovlardan, maxsus iqtisodiy zona direksiyasining foydalanishida va boshqaruvida boʻlgan yer uchastkalarini foydalanishga berishdan, binolar hamda inshootlarni ijaraga topshirishdan, shartnomalar boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlardan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona shakllanish bosqichida oʻz xarajatlarini oʻzi qoplaydigan boʻlguniga qadar, lekin uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga maxsus iqtisodiy zona direksiyasi taʼminoti uchun respublika va mahalliy budjetlardan mablagʻlar, ssudalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan mablagʻlar jalb qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarini huquqiy himoya qilish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan kafolatlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari oʻzgarganda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari imtiyozlar amal qilish muddati davomida, lekin oʻn yildan oshmagan muddat ichida soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlash boʻyicha ular Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan sanada amalda boʻlgan normalar va qoidalarni qoʻllashga haqlidir, bundan aksiz toʻlanadigan tovarlarga soliq solinishini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining normalari va qoidalari mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari eksport qilinadigan va import qilinadigan tovarlar uchun oʻziga qulay boʻlgan shart-sharoitlardan, toʻlov shakllaridan va hisob-kitoblardan foydalanishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalarda maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kafolatlar va imtiyozlarga rioya etilishi taʼminlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan qoʻshimcha kafolatlar va imtiyozlar berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va boshqa organlar yoxud mansabdor shaxslar tomonidan yuridik hamda jismoniy shaxslarning faoliyatiga asossiz aralashganlik natijasida ularga yetkazilgan zararlarning, shuningdek boy berilgan foyda va maʼnaviy ziyonning oʻrni sud tartibida qoplanishi yoki kompensatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi 220-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 58-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 482-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 67-modda) XV boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-11-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 410-modda) 3-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-59-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 11-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-224-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 338-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-391-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 312-modda) 10-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-476-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 20-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalar hududida mazkur Qonun kuchga kirgunga qadar erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan roʻyxatga olingan va investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar ular taqdim etilgan muddat oʻtguniga qadar saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 17-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-604-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 03/20/604/0175-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 06.12.2024-y., 03/24/1010/1007-son; 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)