1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi sohasidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida” 1999-yil 19-avgustdagi 813-I-son Qonuniga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga binoan ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishga ruxsatnomalar berilishi bekor qilingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori bilan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi sohasidagi faoliyatini litsenziyalash Sogʻliqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida” 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qaroriga asosan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash va tashish faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, litsenziya olish uchun ular tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga ichki ishlar organlarining obyektning texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 14-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi 85-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi organlari va boʻlinmalarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek, Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan joylar texnik mustahkamlik, jismoniy himoyalanganlik hamda qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanish darajasiga qarab uch toifadagi obyektlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi toifadagi obyektlarga umumiy toʻsiq devor bilan oʻrab olingan va texnik mustahkamlangan hududda joylashgan quyidagi faoliyatni amalga oshirishga moʻljallangan binolar, inshootlar va xonalar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prekursorlarni sotish (berish) (prekursorlar saqlanadigan baza va omborxonalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida giyohvand modda boʻlgan oʻsimliklarni oʻstirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchi toifadagi obyektlarga quyidagi faoliyatni amalga oshirishga moʻljallangan xonalar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni sotish (berish) va taqsimlash (dorixonalar va davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalaridan, ularning analoglaridan, psixotrop moddalar va prekursorlardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, ilmiy va taʼlim maqsadlari uchun foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uchinchi toifadagi obyektlarga laboratoriyalarning, davolash-profilaktika muassasalari boʻlinmalarining, tibbiyot punktlarining, boshqa tibbiyot muassasalarining giyohvandlik vositalarini, ularning analoglari va psixotrop moddalarni saqlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga moʻljallangan xonalari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Obyektning toifasi va saqlanuvchi predmetlarning xossalaridan kelib chiqib ushbu Nizomning 3 va 4-boblari talablariga muvofiq texnik mustahkamlangan hamda jismoniy himoyalash vositalari bilan jihozlangan saqlash joylari hududida va maxsus xonalarda giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashning quyidagi rejimlari oʻrnatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifaga kiradigan obyektlarda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar maxsus xonalar ichida joylashtirilgan seyflarda yoki metall javonlarda saqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifaga kiradigan obyektlarda prekursorlar saqlash joyi hududida va maxsus xonalar ichida saqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi toifalarga kiradigan obyektlarda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar maxsus xonalar ichida saqlanadi, bunda giyohvandlik vositalari va ularning analoglari seyflarda, psixotrop moddalar metall javonlarda, prekursorlar esa — ushbu mahsulot uchun ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlari bilan belgilangan idishlar va qadoqlarda saqlanishi taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar ikkinchi toifasiga kiradigan obyektlarda davolash-profilaktika muassasalarining navbatchi tibbiyot xodimlari tomonidan ushbu maqsadlarda maxsus ajratilgan, polga yoki devorga qotirilgan seyf yoki metall javonlarda saqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar tez tibbiy yordam xizmatining transport vositalarida tibbiy maqsadlarda tashish mobaynida tibbiy qutilarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalaridan kelib chiqib giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni saqlashning harorat rejimiga rioya qilish zarur boʻlgan hollarda, yuridik shaxs rahbarining buyrugʻi yoki boshqa farmoyish hujjatiga asosan ularning maxsus xonalar ichida oʻrnatilgan, ichki qulf bilan qulflanadigan va muhrlanadigan sovutish kameralarida (sovutkichlarda) saqlanishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglari va psixotrop moddalarni saqlashga moʻljallangan seyflar va metall javonlar devorlarining qalinligi 3 mm dan kam boʻlmasligi, kamida ikkita ichki (oʻyma) qulflar bilan jihozlangan hamda pol yoki devorga qotirilgan (payvandlangan) boʻlishi lozim, ogʻir (ogʻirligi 700 kg dan ortiq), oʻrtacha va katta gabaritli (oʻlchamlari 1500 x 600 x 500 mm dan kam boʻlmagan) seyf va metall javonlar bundan mustasno. Giyohvandlik vositalarini saqlashga moʻljallangan metall javonlarning eshiklari metalli ust qoʻyma (nakladka)lar yoki burchaklar bilan mustahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar seyf tipidagi bitta ichki qulfga ega boʻlgan ogʻir seyflarda saqlanishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Seyflar, metall javonlar va sovutgichli kameralar (sovutgichlar) ish kuni davomida yopiq holda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish kuni yakunlangandan soʻng seyflar, metall javonlar, sovutgichli kameralar (sovutgichlar) va giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalar qulflanishi, muhrlanishi (plombalanishi) hamda qoʻriqlovga topshirilishi, kalitlar, muhr va tamgʻalash uskunasi (plombir) esa — giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanishi uchun javobgar shaxsda boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhrlash uchun kanop ip tugunlarsiz, butun boʻlishi kerak. Kanop ip giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalar, seyflar, metall javon va sovutgichli kameralar (sovutgichlar)ning eshigidagi quloqchasi (ilgagi yoki tutqichi)dan shunday oʻtkazilishi kerakki, eshikni kanop ipga va muhr izi (ottiski)ga zarar yetkazmasdan ochishning imkoni boʻlmasligi shart. Bunda muhrlar kanop ip ustidan muhrlar izi (ottiski) uchun chuqurchaga ega boʻlgan taxtachaga bosilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalar va unga olib keluvchi yoʻllarning yetarlicha yoritilishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, xonalar fonarlar yoki boshqa yoritishning avariyaviy (zaxira) manbalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Shamlar, mashʼalalar, kerosinli fonarlar, chiroqlar va boshqa ochiq olovli yoritish vositalarini ishlatish, ushbu maqsadlarda suyuq yonuvchi moddalardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalar quruq va xonaga yaqin (10 metrdan uzoq boʻlmagan) joyda oʻrnatiladigan yongʻinga qarshi inventarlar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari va ularning analoglarini saqlash va qadoqlashga moʻljallangan xonalarning devorlarini, shift va ichki konstruksiyalarini pardozlash uchun chang va bugʻ yigʻmaydigan, oson tozalash va yuvish imkonini beradigan materiallardan foydalanilishi lozim. Devorning pol bilan tutashgan qismi aylanasimon shaklda ishlanadi. Bu xonalar havoni tortuvchi ventilyatsiya bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalarda shamollatish uchun tabiiy ventilyatsiyadan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan joylar va maxsus xonalar ushbu Nizomning 5-bobi talablariga muvofiq qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar hamda videokuzatuv tizimlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalar, seyflar, metall javonlar va sovutgichli kameralar (sovutgichlar) kalitlarining ikki toʻplami boʻlishi kerak. Kalitlarning bir toʻplami doimiy ravishda giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun javobgar shaxs yonida, ikkinchisi esa muhrlangan qutichada yuridik shaxsning rahbarida saqlanadi. Kalitlarni stollar, boshqa joylarda qoldirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonada seyflar, metall javonlar va sovutgichli kameralar (sovutgichlar) raqami va ular muhrlanadigan muhrlar koʻrsatilgan roʻyxat boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ichki ishlar organlari tomonidan obyekt (xona)ning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Xulosani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish, xulosani berish yoki xulosani berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Obyekt (xona)ning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalar (keyingi oʻrinlarda xulosalar deb ataladi) giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash joyi joylashgan hudud boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda vakolatli organlar deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xulosalar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda beriladi hamda yuridik shaxslarning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga murojaat qilishi uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xulosani olish uchun ariza beruvchi vakolatli organga ikki nusxada nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha faoliyat amalga oshiriladigan joy, telefon va faks raqamlari, mavjud boʻlsa — elektron pochta va veb-sayt manzillari, shuningdek, ariza beruvchida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash sharoitlarini tekshirish va baholash ishlarida qatnashishga vakolat beriladigan yuridik shaxsning vakili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan xulosani berish haqidagi arizani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchi tomonidan xulosani berish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada ariza beruvchining elektron manzili koʻrsatilganligi uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqidagi xabarnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga boʻlgan roziligini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaning ikkinchi nusxasi ariza qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga darhol beriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organ ariza beruvchining ogʻzaki yoki yozma shakldagi, shu jumladan, elektron hujjat shaklida joʻnatgan soʻrovnomasi boʻyicha xulosani olishda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish masalalari yuzasidan maʼlumotlarni va maslahatlarni bepul asosda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xulosa berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xulosani berish yoki xulosani berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchining arizasi vakolatli organ tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vakolatli organ ariza beruvchining xulosani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati davomida ariza beruvchiga xulosani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, ariza beruvchi koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin, xulosani taqdim etmasdan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish yuzasidan, bu haqda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda vakolatli organ ariza beruvchining xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni ichida unga xulosani berishi shart. Xulosa olingunga qadar ariza beruvchi arizasining ikkinchi nusxasi va qabul qilingan sanasi qayd etilgan ariza beruvchining vakolatli organga yuborgan xabarnomasi xulosaga tenglashtiriladi hamda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish yuzasidan murojaat qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xulosani berish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilingan kunning oʻzida vakolatli organga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun vakolatli organ arizani olgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda oʻz mablagʻlari hisobiga ariza beruvchida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun mavjud sharoitlarni tekshirish va baholash ishlarida qatnashishga vakolat berilgan yuridik shaxs vakili ishtirokida, joyiga chiqqan holda ariza beruvchida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mavjud sharoitlarni tekshirishni va baholashni amalga oshiradi hamda natijalari boʻyicha ikki nusxada dalolatnomani tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan joyning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi, jismoniy himoyasi tashkil etilganligi, qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar bilan jihozlanganligi ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar bayon etiladi, zarurat boʻlganida aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etishning aniq tavsiyalari va yetarli muddatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi yuridik shaxsning rahbariga yoki tekshirish va baholash ishlarida qatnashishga vakolat berilgan shaxsga imzo orqali topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ariza beruvchiga xulosani beradi (yuboradi) yoki xulosani berishni rad etish haqida yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xulosani berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatilmaganligi yoki toʻliq koʻrsatilmaganligi, yoxud arizada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt (xona)ning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiq emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosani berishni boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sababli rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xulosani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma ariza beruvchiga rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi ushbu sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib tarzda belgilanishi, biroq besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ariza beruvchi xulosani berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, xulosani berish yoki uni berishni rad etish ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran uch ish kunidan oshmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xulosani berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xulosani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin ariza beruvchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ariza beruvchi vakolatli organning xulosa berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan, shuningdek, vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Xulosani qayta rasmiylashtirish, xulosaning dublikatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xulosaning qayta rasmiylashtirilishi quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs qayta tashkil etilganida, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida bir xil turdagi giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni bitta joyda saqlashga faoliyatni amalga oshirish boʻyicha xulosalarga ega boʻlgan yuridik shaxslar qoʻshilgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan oʻzgarishlar mavjud boʻlganda yuridik shaxs yoki uning huquqiy vorisi oʻzgarishlardan keyin yetti ish kuni ichida vakolatli organga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi (nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarishi, yuridik shaxslar qoʻshilishi) munosabati bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi ilova qilingan holda xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani kiritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar vakolatli organga bevosita, aloqa pochtasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim qilingan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsdan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xulosa qayta rasmiylashtirilgunga qadar xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan yuridik shaxs yoki uning huquqiy vorisi xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qoʻyilgan ariza asosida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xulosa qayta rasmiylashtirilganda vakolatli organ berilgan xulosalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosani qayta rasmiylashtirish va berish xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xulosa yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda yuridik shaxsning arizasiga koʻra uning dublikati beriladi. Dublikatni berishda vakolatli organ tomonidan “Dublikat” belgisi qoʻyilgan yangi xulosa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ ariza, shuningdek, xulosa yaroqsiz holga kelgan taqdirda uning asl nusxasi olingan kundan eʼtiboran besh ish kunida xulosaning dublikatini berishi (yuborishi) shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xulosani qayta rasmiylashtirish yoki xulosaning dublikatini berish uchun vakolatli organ tomonidan yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Berilgan xulosalar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Vakolatli organ tomonidan quyidagilar koʻrsatilishi lozim boʻlgan berilgan xulosalarning reyestri (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi) yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar (nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha faoliyat amalga oshiriladigan joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa berilgan sana va uning tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosani qayta rasmiylashtirishning asosi va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa dublikatini berishning asosi va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xulosa berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrga yuridik shaxsga xulosa berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda kiritiladi. Reyestrdagi barcha qaydlarga sana qoʻyiladi hamda ular vakolatli organ masʼul shaxsining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr qogʻozda va elektron manbalarda yuritiladi. Qogʻozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda qogʻoz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qogʻoz manbadagi reyestr vakolatli organ tomonidan Reyestr jurnali shaklida yagona nusxada yuritiladi. Reyestr jurnali ip oʻtkazib tikiladi, tartib raqami qoʻyiladi va uning orqa tomonida sahifalar soni, jurnalni yuritish boshlangan sana (yil, oy, kun) koʻrsatiladi hamda vakolatli organ rahbarining imzosi qoʻyiladi va muhri bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Vakolatli organ xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda reyestrga tegishli qaydlarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Reyestrdagi maʼlumotlar vakolatli organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalar alohida (yordamchi, xizmat va boshqa xonalardan ajratilgan) boʻlishi, mustahkam bino (inshoot)larda joylashtirilishi va bitta kirish joyiga (eshik oʻrniga) ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Birinchi va ikkinchi toifalardagi obyektlarning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalarning asosiy (tashqi) devorlarining qalinligi 250 mm dan kam boʻlmagan pishiq gʻisht yoki toshdan yoxud 125 mm dan kam boʻlmagan temir-betonli devor bloklaridan koʻtarilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi va ikkinchi toifalardagi obyektlarning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalarning ichki devorlari (pardevorlari)ning qalinligi 120 mm dan kam boʻlmagan pishiq gʻisht yoki toshdan yoxud 80 mm dan kam boʻlmagan temir-betonli devor bloklaridan koʻtarilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi va ikkinchi toifalardagi obyektlarning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalarning poli va shift toʻsinlarining qalinligi 180 mm dan kam boʻlmagan temir-betonli plitalardan yotqizilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu Nizomning 37-bandi talablariga javob bermaydigan birinchi va ikkinchi toifalardagi obyektlarning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalarning devorlari, shift toʻsinlari va poli ichkari tomondan butun maydon boʻyicha qoʻshimcha ravishda metall panjaralar bilan mustahkamlanadi (armaturalanadi). Metall panjara sim chiviqlarining uchlari devor va plitalardan chiqarilgan, oraligʻi 500 x 500 mm boʻlgan hamda diametri 14 mm dan kam boʻlmagan ankerlarga (metall shtirlarga) payvandlanadi. Ankerlarni devorga mustahkamlash imkoni boʻlmagan taqdirda, 100 x 50 x 6 mm oʻlchamli metall tasmalardan tayyorlangan toʻsiq detallarini toʻrtta dyubel mixlari yordamida temir-beton yoki beton sathlarga otib qoqishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Eshik oʻrni (eshik qutisi)ning romi qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan metall profil (shveller, burchakcha va shu kabilar)dan tayyorlanadi. Ilgari qurilgan binolarda qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan, oʻlchamlari 30 x 40 mm boʻlgan metall burchaklar bilan mustahkamlangan hamda armatura diametri 14 mm dan va uzunligi 120 mm dan kam boʻlmagan, bir xil oraliqda joylashtirilgan kamida oʻnta shtirlar yordamida devorga qotirilgan taxtali eshik romlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalarning eshiklari soz va eshik kesakisiga zich mustahkamlangan (puxta moslashtirilgan) boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Birinchi va ikkinchi toifalardagi obyektlarning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalar ikkita eshik bilan jihozlanadi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi (asosiy) eshik yaxlit, qalinligi 3 mm dan kam boʻlmagan metall listdan tayyorlanib, unga kamida ikkita ichki (oʻyma) qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Tashqi eshik xonadan chiqish tomonga (tashqariga) ochiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki (qoʻshimcha) eshik metall panjaralardan tayyorlanib, ichki (uyma) yoki osma qulf bilan jihozlanadi. Ichki eshik xonaga kirish tomonga (ichkariga) ochiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi va ichki eshiklar sekretlari boʻyicha (har bir qulf uchun) har xil boʻlgan qulflar, ishonchli qotirgichlar va oshiq-moshiqlar moslamasi bilan jihozlanadi. Qulflar yoki qulflash uskunalarining rigellari koʻndalang kesishmasining maydoni boʻyicha 3 sm2 dan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Uchinchi toifadagi obyektlarning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalar ushbu Nizom 41-bandining “a” kichik bandi talablariga javob beradigan bitta tashqi eshik bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalarda deraza oʻrinlarining boʻlishiga, qoida tariqasida, yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari qurilgan xonalarda deraza oʻrinlari boʻlgan taqdirda, ularga xonaning ichki tomonidan metall panjaralar oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Metall panjaralar simlarining uchlari devorga 80 mm dan kam boʻlmagan chuqurlikda beton yordamida qotirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi qavatda joylashgan xonalarda deraza oʻrinlari boʻlgan taqdirda, ularga qoʻshimcha ravishda xonaning ichki tomonidan metall yoki ikki tomonidan metall listlar bilan qoplangan yogʻoch deraza eshiklari oʻrnatiladi. Ushbu eshiklarda osma qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalarning devorlari, shift toʻsinlari va polini mustahkamlashda (armaturalashda) foydalaniladigan, shuningdek, eshik va deraza oʻrinlaridagi panjaralarning metall sim chiviqlari (armaturalari) diametri 14 mm dan kam boʻlmasligi lozim. Sim chiviqlari 150 x 150 mm dan katta boʻlmagan katakchalarni hosil qilgan holda har bir kesishmasida payvandlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalarning ichkarisiga chiquvchi ventilyatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarining lyuklari va tuynuklariga xona ichiga oʻtish imkonini istisno etadigan diametri 14 mm dan kam boʻlmagan hamda katakchalarning oʻlchami 100 x 100 mm dan katta boʻlmagan metall panjaralar oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xonaning devorlarida, shift toʻsinlarida yoki polida muhandislik tarmoqlarini oʻtkazish uchun qoldirilgan tuynuklarning diametri 200 mm dan katta boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Birinchi toifadagi obyektlarda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan joylarning hududiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash joylari joylashgan hudud qurilish meʼyorlari va qoidalariga hamda loyihalashning sanitariya qoida va meʼyorlariga muvofiq boʻlishi hamda quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻsiq devordan 3 m dan kam boʻlmagan kenglikda taqiqlangan hududga ega boʻlishi zarur. Taqiqlangan hududning chegaralarida toʻsiqlar va ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatiladi. Toʻsiq devordan eng yaqindagi omborxonagacha masofa 3 m dan kam boʻlmasligi kerak. Taqiqlangan hudud doirasidagi daraxtlar va butalar olib tashlangan boʻlishi, ushbu hudud quruq oʻtdan, butalardan, shox-shabbalar va boshqa oson alangalanuvchi buyumlardan tozalangan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuzasi tekis boʻlishi, yogʻingarchilik, qor-muz suvlari va sugʻoriladigan suvlar oqib ketishi uchun zarur qiyaliklarga ega boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar, qurilmalar va inshootlarga, yongʻin gidrantlariga, hovuzlarga va boshqa suv taʼminoti manbalariga olib boruvchi ichki yoʻllar, oʻtish yoʻllari, shaxobcha yoʻllar, oʻtish joylari va piyodalar yoʻlakchalari, shuningdek, yongʻinga qarshi buyumlar, moslamalar hamda rezervuarlarning boʻsagʻalari qattiq qoplamaga ega boʻlishi, erkin harakatlanish uchun doimo boʻsh boʻlishi, toza saqlanishi va oʻz vaqtida taʼmirlanib turilishi, muz bilan qoplanganida qum sepilishi, qishda esa qordan tozalanib turilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki temir yoʻllarini kesib oʻtish yoʻllari va joylari yongʻin oʻchirish avtomobillari oʻtishi uchun boʻsh turishi lozim. Yoʻllardan, oʻtish yoʻllaridan, binolar, qurilmalar va inshootlar orasidagi uzilishlardan materiallarni, xom ashyoni, tayyor mahsulotlarni toʻplash joylari hamda avtotransport vositalari turargohi sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtish yoʻllarining tor joylarida va yongʻinni oʻchirish tezkor rejasi boʻyicha yongʻin oʻchirish texnikasi joylashtirilishi belgilangan joylarda avtotransportning va boshqa mexanizmlarning toʻxtab turishini taqiqlovchi yoʻl belgilari va aniqlashtiruvchi yozuvlar bilan taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soz va zudlik bilan ishlatishga tayyor holda ushlab turiladigan yashindan himoyalash hamda yongʻin oʻchirishning birlamchi vositalari bilan jihozlanishi zarur. Yongʻin oʻchirishning birlamchi vositalari olinishi qulay boʻlgan joylarda joylashtirilgan hamda sutkaning qorongʻi vaqtida yoritiladigan maxsus yongʻin qalqon (post)lariga oʻrnatilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sutkaning qorongʻi vaqtida turgʻun elektr chiroqlari bilan yoritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazilgan chuqurlar yoki chuqurli joylarning boʻlmasligi, lyuklar, quduqlar va ariqchalar toza boʻlishi va qopqoqlar bilan yopilgan boʻlishi lozim. Vaqtincha ochib qoʻyilgan lyuklar, quduqlar va ariqchalar balandligi 1 metrdan kam boʻlmagan, sutkaning qorongʻi vaqtida koʻrinadigan chiroqli signalizatsiya oʻrnatilgan toʻsiqlar bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quduqlarga, shuningdek, muyulish burchaklarida kameralarga ega boʻlmagan yer osti muhandislik tizimlari ularning joylashuvini aniqlash imkonini beruvchi tashqi aniqlashtiruvchi belgilar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Alohida joylashgan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash joylari oʻrtasidagi, shuningdek, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash joylari va boshqa binolar, qurilmalar va inshootlar oʻrtasidagi masofa oʻrnatilgan yongʻin xavfsizligini taʼminlash oraliqlaridan kam boʻlmasligi kerak. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash oraliqlaridan materiallarni, xom ashyoni, yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va idishlarni saqlash uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududda materiallarni, xom ashyoni, yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va idishlarni saqlash uchun maydonchalarning jihozlanishi yongʻin xavfsizligi organlari bilan kelishilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash joyining hududi kunu tun xizmat olib boruvchi qurollangan qoʻriqlash xizmati bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash joyining hududi tashqi perimetri boʻyicha toʻsiq devor bilan oʻralgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglari va psixotrop moddalarni saqlash joylarining hududi tikanli sim, pishiq gʻisht, tosh yoki metalldan tayyorlangan toʻsiq devor bilan oʻraladi. Toʻsiq devorning balandligi 2 m dan kam boʻlmasligi kerak. Pishiq gʻishtdan, toshdan yoki metalldan tayyorlangan toʻsiq devor ustiga 0,5 m dan kam boʻlmagan balandlikda metall asoslarga toʻrt qator tikanli sim tortilishi lozim. Toʻsiq devorda qulflanadigan darvoza va eshiklar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Prekursorlarni saqlash joylari hududining toʻsiq devori ikki doirali qilib oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi (tashqi) doiradagi toʻsiq devor 2,5 m dan kam boʻlmagan balandlikda pishiq gʻisht, tosh yoki temir-betonli bloklardan koʻtariladi. Toʻsiq devor ustidan balandligi 0,5 m dan kam boʻlmagan 4 qator tikanli simdan yasalgan egilgan (burchakli) ustun yoki “yegoza” turidagi tikanli simdan yalpi toʻsiq oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi (ichki) doiradagi toʻsiq devor asosiy devorning ichki tomonidan balandligi 2 m dan kam boʻlmagan “rabitsa” turidagi simdan koʻtariladi. Toʻsiq devor ustidan balandligi 0,5 m dan kam boʻlmagan 4 qator tikanli simdan yasalgan egilgan (burchakli) ustun yoki “yegoza” turidagi tikanli simdan yalpi toʻsiq oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻsiq devorlar qulflanadigan darvoza va eshiklar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Prekursorlarning saqlanishi yongʻin xavfsizligi qoidalari, moddalarning oʻzaro mutanosibligi hamda oʻt oʻchirish vositalarining bir xildaligi belgilariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Prekursorlarning saqlash joylari quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maydonchalar (ochiq va usti yopiq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezervuar joylar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan turdagi saqlash joylarida saqlanishi lozim boʻlgan prekursorlarning aniq tipi va turlari hamda ularning cheklangan sigʻimlari normativ-texnik hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Har bir omborxonda koʻrinadigan joyda “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” 12.4.026 Davlat standarti boʻyicha, omborxonada saqlanayotgan materiallarni toʻplashda xavfsizlik qoidalari, baxtsiz hodisalar roʻy berganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish yoʻriqnomalari osilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Prekursorlarni idishlarda saqlash omborxonalari yonmaydigan materiallardan qurilishi, quruq, yaxshi shamollatiladigan yoki ventilyatsiyalanadigan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Xom ashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash omborxonalarida umumiy almashinuvchan ventilyatsiya, sochiluvchan moddalarni saqlash silos omborxonalarida esa — aspiratsiya boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Xom ashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash uchun maydonchalar atmosfera yogʻinlaridan va quyosh nurlarining toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiridan himoyalangan boʻlishi, yoʻlning qatnov qismi sathidan kamida 15 sm balandlikda joylashishi, suyuqliklarning toʻsiqlarsiz yoyilishini cheklovchi moslamalar hamda atmosfera va yer usti suvlari uchun ariqlar bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Kislotalarni saqlash uchun omborxonalar boshqa materiallarni saqlovchi omborxonalardan alohida joylashgan boʻlishi kerak. Kislotalarning yertoʻlalarda saqlanishiga ruxsat etilmaydi. Kislotalarni saqlash omborxonalarini shamollatish uchun tabiiy ventilyatsiyadan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Xom ashyo va tayyor mahsulotlarning maxsus maydonchalarda idishlar ichida saqlanishi har birida soni 100 donadan ortiq boʻlmagan guruhlar bilan amalga oshirilishi, guruhlar orasidagi masofa 1 m dan kam boʻlmasligi lozim. Har bir guruhda maʼlum bir turdagi moddalar saqlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Xom ashyoning sutkalik zaxirasini saqlash uchun boʻlinmalarda havoni tortuvchi ventilyatsiya oʻrnatilgan omborlar jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan joylar hamda maxsus xonalarning qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanishiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan joylar hamda maxsus xonalarda qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar kompleksini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish ishlari ushbu faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlash joylari va maxsus xonalarni qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar kompleksi hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashda qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga binoan ishlab chiqilgan maxsus loyihalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar kompleksiga hamda videokuzatuv tizimlariga ularni loyihalashtirish, montaj qilish va sozlash ishlarini amalga oshirgan yuridik shaxs bilan kelishmasdan turib oʻzgartirishlar kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat bilan qoʻriqlash va yongʻinga qarshi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarini ekspluatatsiya qilish va unga xizmat koʻrsatish uchun javobgar shaxslar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilishga oid texnik hujjatlar xizmat doirasida foydalanish uchun moʻljallangan boʻlib, “Xizmat faoliyati doirasida foydalanish uchun” grifiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Xavfni bildiruvchi signal tushganida yuridik shaxs qorovuli (qorovullik xizmati)ning xatti-harakatlari yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnoma bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi (punkti) qoʻriqloviga topshirilishi, bunda ularning qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar kompleksi texnik qoʻriqlash markazi (punkti)ga ulanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Birinchi toifadagi obyektlar ikki (tashqi va ichki) doirali qoʻriqlash, shuningdek, yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Ikkinchi toifadagi obyektlar ichki doirali qoʻriqlash signalizatsiyasi, shuningdek, yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Uchinchi toifadagi obyektlar ichki doirali qoʻriqlash signalizatsiyasi bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Birinchi (tashqi) doiradagi qoʻriqlash signalizatsiyasining datchiklari ruxsatsiz kirib-chiqishni (ochishni, buzishni) aniqlash maqsadida quyidagicha oʻrnatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifadagi obyektlar hududining atrofi boʻylab yer ustida joylashgan binoning tashqi devoridan yoki bino doʻnglikda joylashganida doʻnglikning tashqi asosidan, yoxud bino pastqamlikda joylashganida chuqurlikning tashqi chetidan 5 m dan kam boʻlmagan masofa doirasida yaxlit himoya zonasi koʻrinishida oʻrnatiladi. Bino atrofidagi himoya zonasi uzluksiz boʻlishi va uning doirasida harakatlanayotgan odam aniqlanishini taʼminlashi kerak. Tashqi himoya tizimi qoʻriqlanayotgan hududda odamlarning harakatlanishini sezadigan radiotoʻlqin uskunalari bilan jihozlanadi, bunda obyekt atrofida yaxlit himoya zonasini yaratish uchun hajmli tipdagi yoki yopiq uzluksiz perimetr boʻyicha tor, chegara boʻylab tortilgan himoya zonasini yaratish uchun tarmoq tipidagi xabar bergich uskunalaridan foydalaniladi. Yaxlit zona oʻrniga tashqi himoya tizimi chegarasida kengligi 1,5 — 2 m li perimetr boʻylab qoʻriqlash zonasini jihozlashga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalarning eshiklariga, derazalariga, ventilyatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarining tuynuk va teshiklariga oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Ikkinchi (ichki) doiradagi qoʻriqlash signalizatsiyasi datchiklari xona ichida ruxsatsiz begona shaxslarning borligini aniqlash maqsadida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalar ichiga oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyaning datchiklari xona ichiga, u yerdagi yongʻinga qarshi vaziyat keskin oʻzgarganda (harorat koʻtarilishi, tutun hosil boʻlishi va boshqalar) yoki yongʻin yuzaga kelganda xatarni bildiruvchi signalni berish uchun oʻrnatiladi. Yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya yongʻin chiqqanligi yoki bino ichidagi yongʻin xavfsizligi holati oʻzgarganligini aniqlash va signal berishga moʻljallangan tutunli, issiqlik, yorugʻlik va (yoki) kombinatsiyalangan xabar bergichlar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalarning xatarni bildiruvchi signali yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qoʻriqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasida jihozlangan maxsus koʻp kanalli (koʻp nurli) pultga kelib tushishi, ushbu pultdagi maxsus tabloda buzilish yoki yongʻin roʻy bergan joyni (yongʻinni) chiroq (nur) yordamida koʻrsatadigan tovushli, yorugʻlik yoki boshqa indikatorlar (signallar) uzatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatarni bildiruvchi signal yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qoʻriqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasida jihozlangan maxsus koʻp kanalli (koʻp nurli) pultga kelib tushishi bilan bir vaqtda simli yoki radio aloqa tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi (punkti)ga uzatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatarni bildiruvchi signal sabablarini aniqlash, zudlik bilan kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrish va yolgʻon (sababsiz) chaqiriqning oldini olish maqsadida yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qoʻriqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi (punkti) oʻrtasida ikki tomonlama aloqa tashkil etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar kompleksi giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan xonaning tashqi tomonida baland tovush chiqaruvchi uskuna (sirena) bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Xatarni bildiruvchi signalni uzatishda qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar kompleksi avtomatik tarzda ishlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarining elektr taʼminoti tarmogʻi uning sutka davomida uzluksiz tarzda ishlashini taʼminlaydigan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarining elektr taʼminoti tarmogʻi asosiy elektr tizimi oʻchirilganda uni almashtiruvchi, avtomatik tarzda ishga tushadigan elektr taʼminoti manbaiga (dizel-generator va boshqalar) ulangan va kamida 3 soat ishlovchi akkumulyator bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Videokuzatuv tizimi tasvirni kamida oʻttiz kun davomida saqlanishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarining simlari elektr uzatish qutisi (kommutatsion uskuna)dan datchiklargacha yashirin tarzda, devorlar yoki shift osti toʻsiqlariga chuqur kiritilib va suvab, yoxud devorlar va shift osti panellari ichiga joylashtirilib oʻtkazilishi hamda unga shikast yetkazilganida ishlab ketadigan datchiklar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlarining shleyflari temir-beton va beton qurilish konstruksiyalari boʻylab quvurlarda faqat giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalar ichida yotqizilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar kompleksining signal beruvchi va taʼminlash kabellari tasodifiy ravishda yoki qasddan shikastlanishlardan yuqori darajada himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi uchun yuridik shaxslarning rahbarlari, shuningdek, yuridik shaxslarning buyruqlari yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat bilan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning saqlanishi uchun javobgarlik yuklangan mansabdor shaxslar javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(79-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalarni berish tartibi haqidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt (xona)ning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalarni berish tartibi haqidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Obyekt (xona)ning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida XULOSA _________________________________________________________________ (xulosani bergan ichki ishlar organining nomi)
20___ yil “____” ___________
________-son
_________________________
(aholi punkti)
Ushbu bilan __________________________________________________________________ga tegishli boʻlgan,
(yuridik shaxsning nomi)
______________________________________________________________________________ manzili boʻyicha joylashgan obyekt (xona)ning quyidagilarni _______________________________________________________
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar ___________________________________________________________________________________________ va prekursorlar — alohida-alohida koʻrsatib oʻtiladi)
saqlash boʻyicha belgilangan texnik talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi. Asos: 20___ yil “____” ____________________dagi tekshirish dalolatnomasi.
Boshliq
_________________
_____________________________________________
m.oʻ.
(imzo)
(familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari)
Xonaning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi XULOSA BOʻLAGI
20___ yil “____” __________
_________-son
___________________________
(aholi punkti)
_______________________________________________________ (ichki ishlar organining nomi)
Ushbu bilan __________________________________________________________________ga tegishli boʻlgan,
(yuridik shaxsning nomi)
____________________________________________________________________________________manzili boʻyicha joylashgan obyekt (xona)ning quyidagilarni ________________________________________________
(saqlashga ruxsat etiladigan moddalar
___________________________________________________________________________________________ turlari — giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, ___________________________________________________________________________________________ psixotrop moddalar va prekursorlar — alohida koʻrsatib oʻtiladi) _______________________________________________________________________________saqlash boʻyicha
belgilangan texnik talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi.
Asos: 20___ yil “____” ___________________ dagi tekshirish dalolatnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi organlari va boʻlinmalarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek, Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida foydalaniladigan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlardan iborat yuklarning yuk joʻnatuvchisi va yukni qabul qilib oluvchisi faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni avtomobil, shuningdek, qoʻl yuki bilan havo va temir yoʻl yoʻlovchi transportida tashish giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning xossalarini biladigan va ular bilan muomala qila oladigan yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi)ning vakili — masʼul shaxsning (keyingi oʻrinlarda tashish uchun masʼul shaxs deb ataladi) majburiy kuzatuvida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk joʻnatuvchi (yuk oluvchi)ning qaroriga asosan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni havo kemasining yuk-bagaj boʻlimlari va temir yoʻl yuk vagonlari bilan (qoʻl yuki sifatida emas) tashish masʼul shaxs kuzatuvida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuk joʻnatuvchi (yuk oluvchi)ning qaroriga asosan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish ushbu maqsadlarga ajratiladigan maxsus yuk joʻnatuvchi (yuk oluvchi) xodimlarining qoʻriqlovida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashish uchun masʼul shaxs, qoʻriqlash xodimlari, shuningdek, tashishni amalga oshiruvchi xodimlar, avtotransport vositalarning haydovchilari (avtomobil transportida tashishda) yuk joʻnatuvchi (yuk oluvchi)ning buyrugʻi (farmoyishi) bilan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishda yoʻlda boʻlish vaqti 8 soatdan ortiqni tashkil etgan taqdirda ikki nafar tashish uchun masʼul shaxs, ikki nafar qoʻriqlash xodimi, shuningdek, har bir avtotransport vositasiga ikki nafar haydovchi (avtomobil transportida tashishda) ajratilishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishda tashish uchun masʼul shaxsning yonida yuk joʻnatuvchi yuridik shaxs rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan tashilayotgan yuklarning tovar-transport yukxati boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashish uchun masʼul shaxs majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash va kuzatuvni amalga oshirayotgan xodimlarga, avtotransport vositalari haydovchilariga (avtomobil transportida tashishda) giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni ortish, tashish va tushirishda tashish qoidalari, yukning tavsifi hamda shaxsiy, jamoat va ekologik xavfsizlik choralari toʻgʻrisida yoʻriqnoma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk olinadigan joylarda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻri qadoqlanganligini va ularning markirovkasini, tamgʻalarning butligini tashqi tomondan koʻzdan kechirish va giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar ortilishini, mahkamlanishini va tushirilishini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar joʻnatish joyidan yetkazish joyigacha kuzatib borilishini va qoʻriqlanishini taʼminlash, tashish yoʻnalishiga qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar joʻnatish joyidan yetkazish joyigacha tashish chogʻida, shuningdek, transport vositalarining toʻxtab turishi davomida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash va tashishni amalga oshiruvchi xodimlarning shaxsiy xavfsizligini, shuningdek, jamoat, ekologik xavfsizlik va giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning butligini taʼminlash choralariga rioya qilinishi yuzasidan xatti-harakatlariga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan joyga kelgandan keyin giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni yukni oluvchiga topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni shahar yoʻlovchilar transportida qoʻl yuki sifatida, shuningdek, avtomobil transportida shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni avtomobil transportida tashish giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishga litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar — tashuvchilar (yukni joʻnatuvchilar, yukni oluvchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xavfli yuklar toifasiga kiritilgan prekursorlarni avtomobil transportida tashish Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashish uchun masʼul shaxs vazifalarini avtotransport vositasining haydovchisiga yuklash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni havo transportida tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Tashishga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishga qabul qilish va tashish tashuvchi aviakompaniya tomonidan belgilangan qoidalar va standartlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashish uchun qabul qilinayotgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar xavfli yuklar toifasiga kirgan taqdirda, ularni tashish uchun qabul qilishda Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO)ning xavfli yuklarni havoda xavfsiz tashish boʻyicha texnik qoʻllanmalari inobatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar ham yoʻlovchi, ham yuk tashuvchi havo kemalarida tashilishi mumkin. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni doimiy reyslarni bajaruvchi havo kemalarida tashish yuk tashiladigan idishlar uchun majburiy tarzda butun tashish yoʻnalishi boʻylab oldindan joyni band qilish (bronlashtirish) sharti bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli yuklar toifasiga kiruvchi prekursorlarni yoʻlovchi tashuvchi havo kemalarida tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish uchun qabul qilishda ularni shartli ravishda qimmatbaho yuklar toifasiga (VAL) kiritish va bu toifadagi yuklarga taalluqli boʻlgan tashish qoidalari va butligini taʼminlash reglamentini qoʻllash lozim. Tashish uchun qabul qilinayotgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar xavfli yuklar toifasiga kirgan taqdirda, bu toifadagi yuklama uchun belgilangan tashish qoidalarini ham qoʻllash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar tashishga qabul qilinganligi haqidagi yozma xabarlarda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning yuk tushirishdagi aniq nomlanishi (kimyoviy formulasi)dan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Tashish hujjatlari, qadoqlash, markirovka
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qadogʻi ishonchli yopilishi, unda nuqson (shikast)lar boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar shunday qadoqlangan boʻlishi kerakki, aniq koʻrinib turuvchi tashqi aralashuv izlarini qoldirmasdan ichidagilarni almashtirish yoki olib qoʻyish imkoni boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning har bir qadogʻi yukni joʻnatuvchi va tashuvchi tomonidan tamgʻalanadi va tortiladi, qayd etilgan ogʻirlik tashish hujjatlaridagi ogʻirlik bilan solishtiriladi va qadoqqa yopishtiriladigan yuk yorliqlarida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning har bir qadogʻi ularda nuqson (shikast)lar mavjud emasligi yuzasidan tekshirilgan boʻlishi kerak. Qadoqda nuqsoni (shikastlangan) boʻlgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar tashish uchun qabul qilinmaydi va darhol aeroport hududidan olib chiqib ketiladi. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qadogʻidagi nuqson (shikast)lar haqda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va u yuk joʻnatuvchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi tashuvchida yoki uning vakolatli agentida qoladi, ikkinchi nusxasi esa yuk joʻnatuvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlardan iborat transfer yukning qadoqlarida nuqson (shikast)lar aniqlanganida transfer punktida (ushbu yoki oʻzga yuk tashuvchining boshqa reysiga qayta yuklashda) yuk qayta tortib koʻriladi, yukning qadogʻi shikastlanganligi toʻgʻrisida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va zaruriyatga qarab yuk qayta qadoqlanadi va yangidan tamgʻalanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan birga joʻnatiladigan hujjatlarga ilova qilinadi, ikkinchisi esa — transfer aeroportida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish uchun konteyner va qulflanadigan qutilardan foydalanilganda ular quyidagilarni taʼminlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni konteyner (quti)ning tamgʻalangan qismidan aniq koʻrinib turuvchi tashqi aralashuv izlarini qoldirmasdan yoki yuk tashuvchining tamgʻasini buzmasdan chiqarib olish va qaytarib qoʻyish imkonini istisno qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni joylashtirish uchun foydalaniladigan konteynerning butun maydoni nazorat tartibida koʻzdan kechirish uchun qulay boʻlishini, qulflanadigan quti va konteynerlarda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning bir qismi yashirilishi mumkin boʻlgan yashirin joylar boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning tashish hujjatlarini rasmiylashtirishda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avia yukxati (nakladnoy)da yuk ichidagilarni “VAL” maxsus ishlov kodi, xavfli yuklar toifasiga kiruvchi prekursorlarni tashishda esa — “Nature and Quantity of Goods” (yukning tavsifi va xususiyati) ustunida xavfli yuklarni ishlov kodlari koʻrsatilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk kuzatuv hujjatlarida bir kilogrammning yuzdan bir qismigacha aniqlik bilan oʻlchangan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning haqiqiy ogʻirligi hamda har bir qadoqning oʻlchamlari koʻrsatilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VAL” maxsus ishlov kodi, xavfli yuklar toifasiga kiruvchi prekursorlarni tashishda esa — xavfli yuklarni ishlov kodlari yuk deklaratsiyasining “Nature of Goods” (yukning tavsifi) ustunida koʻrsatilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk haqidagi maʼlumot standart blankaga yoki NOTOS (Special Load Notification to Captain — maxsus yuk toʻgʻrisida havo kemasi komandiriga xabarnoma)ga kiritilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Tashishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Giyohvandlik vositalariga, ularning analoglariga, psixotrop moddalar va prekursorlarga joʻnatish, transfer qilish va yetkazish punktlarida ularga qayta ishlov berish, ularni ortish va tushirishda haqiqiy qabul qilib olingan yukning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avia yukxati (nakladnoy) va yuk deklaratsiyasiga kiritilgan yozuvlar bilan solishtirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlar tashuvchi javobgarligiga berilgan vaqtdan boshlab ular ruxsatsiz yaqinlashishdan himoyalangan boʻlishi kerak. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni biror-bir sabablarga koʻra qoʻriqlanadigan hududda joylashtirish imkoni boʻlmaganda, ularning butligini taʼminlash boʻyicha maxsus choralar koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni joʻnatish (transfer qilish, yetkazish) aeroportlarida saqlashda maxsus jurnalda quyidagi maʼlumotlar qayd qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir qadoqning tavsifi (oʻlchamlari, ogʻirligi, boshqa farqlovchi xususiyatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar qoʻriqlanadigan hududga joylashtirilgan sana va vaqt, yukni ushbu hududga keltirgan va unga kirishga ruxsati boʻlgan shaxslar haqida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar qoʻriqlanadigan hududdan olib ketilgan sana va vaqt, yukni ushbu hududdan olib ketgan shaxslar haqida maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus jurnal yukni joʻnatish (transfer qilish, yetkazish) aeroportining harakat xizmatining boshligʻi yoki shu xizmatning navbatchi dispetcheri tomonidan elektron shaklda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Joʻnatish jarayonida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar aeroportga havo kemasi uchishidan 3 soat oldin tamgʻalangan qadoqda keltirilishi va belgilangan tartibda tashuvchining vakolatli shaxslariga topshirilishi, tashuvchi tomonidan ajratilgan qoʻriqlash xizmati va aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokida toʻplanishi va havo kemasi bortiga ortilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar tashish uchun masʼul shaxsning kuzatuvida tashilganda, ushbu shaxs yoʻlovchi sifatida tashiladi hamda aviatsiya qoidalari bilan belgilangan uchish oldi tekshiruvlardan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Giyohvandlik vositalari va ularning analoglari havo kemasining yuk-bagaj boʻlimlarida tashilganda, tashish uchun masʼul shaxs yukning havo kemasiga yetkazilishini va undan olib ketilishini kuzatib turishi, yukni ortish va tushirish ishlarini nazorat qilishi, yuk yuklagandan soʻng yuk boʻlinmalari tamgʻalanganligini tekshirishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashish uchun masʼul shaxs yoʻlovchilar saloniga oxirgi navbatda, giyohvandlik vositalari va ularning analoglari yuk-bagaj boʻlimlariga ortilganidan va barcha boshqa yoʻlovchilar salonga chiqib boʻlganidan soʻng kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni qoʻl yuki sifatida havo kemasining yoʻlovchilar salonida tashishda, tashish uchun masʼul shaxs va qoʻriqlash xodimlari giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan birga havo kemasiga boshqa yoʻlovchilardan alohida yetib keladi hamda yoʻlovchilar salonida ular uchun ajratilgan joylarga yoʻlovchilar kirishidan oldin yoki keyin joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Yuk yetib kelgandan soʻng uni saqlash va berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yukni oluvchi giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni qabul qilish uchun yuk joʻnatuvchi koʻrsatgan vaqtda yukni yetkazish aeroportiga yetib kelishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yukni oluvchi yukni yetkazish aeroportiga oʻz vaqtida yetib kelmagan taqdirda, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar yetib kelganligi haqida yukni oluvchiga xabar berish yuk uni yetkazish aeroportiga yetkazgan havo kemasidan tushirib olinganidan soʻng 3 soat ichida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yuk tashuvchi giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni faqat avia yukxati (nakladnoy)da koʻrsatilgan yuk qabul qiluvchiga, yoxud u tomondan yukni olish vakolatlari berilgan hamda avia yukxati (nakladnoy)da koʻrsatilgan shaxsga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning topshirilishi yukning butligini taʼminlash choralari koʻrilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tashuvchi giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni avia yukxati (nakladnoy)da koʻrsatilgan barcha shartlar bajarilgandan soʻng qabul qiluvchiga beradi va yuk topshirilganligi faktini yuk qabul qiluvchining avia yukxati (nakladnoy)ning nusxasida qabul qiluvchi imzosi bilan tasdiqlaydi, bular oxirgi tashuvchida yukning qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tilxat va tashish shartnomasi bajarilganligini tasdiqlovchi dalil sifatida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud organlarining talabiga koʻra yoxud yukni oluvchi yoʻqligi sababli huquqni muhofaza qilish organlariga berish giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni yukni oluvchiga topshirish hisoblanadi, bunda tashuvchi yukni joʻnatuvchiga yoki yukni oluvchiga giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar bunday tarzda topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni hamda yukning bu turda topshirilishi asoslanganligini isbotlovchi hujjatlarni (narsalarning olib qoʻyilganligi, taqdim etilganligi toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchining bayonnomasi, sud majlisining bayonnomasidan qoʻchirma, talab qilib olinmagan yukni topshirish dalolatnomasi) taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Agar yukni oluvchi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan yetkazish punktiga yetib kelganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma joʻnatilgandan soʻng yukni talab qilib olmasa, qabul qilishdan bosh tortsa yoki qabul qila olmasa, tashuvchi yukni joʻnatuvchiga giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni yukni oluvchiga berish imkoni yoʻqligi haqida xabar berishga va yukni joʻnatuvchi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar boʻyicha qaror qabul qilguniga qadar ularni yukni joʻnatuvchi hisobiga saqlash uchun oʻzida qoldirishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yukni oluvchi xabardor qilingan kundan boshlab oʻttiz kun ichida yuk olib ketilmagan va bu yukka nisbatan yuk joʻnatuvchining biror-bir qarori olinmagan boʻlsa, bunday yuk talab qilib olinmagan deb hisoblanadi va huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni temir yoʻl transportida tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni temir yoʻl transportida tashish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari hamda ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni temir yoʻl transportida tashishda quyidagi umumiy talablar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishga tayyorlash boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish uchun foydalaniladigan idish va qadoqlarning yaroqliligi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishda nazoratni tashkil etish boʻyicha talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishga qoʻyiladigan talablar yukni joʻnatuvchi, yukni oluvchi, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish jarayonida qatnashuvchi temir yoʻl transporti xodimlari, tashish uchun masʼul shaxs, shuningdek, harakatlanuvchi yoʻlovchi va yuk vagonlarini, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishda foydalaniladigan konteynerlarni ishlab chiqarish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi, yukni joʻnatuvchi va yukni oluvchiga transport-ekspeditsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni yuklash meʼyorlari, ularni tashish uchun yoʻlovchi va yuk vagonlarining tipini tanlash, ushbu maqsadlarda ularning texnik va tijorat jihatdan yaroqliligini aniqlash, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning vagonlarda mahkamlanishi temir yoʻl ustavi, yuklarni tashish qoidalari, yoʻlovchi va bagajni tashish qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Tashishga qabul qilish, tashishni tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish uchun taqdim etish faqat umumiy foydalanish joylaridan tashqarida amalga oshiriladi, umumiy hamda umumiy boʻlmagan foydalanish joylarida qabul qilinishi mumkin boʻlgan kichik va konteynerli joʻnatmalar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni bu turdagi yuklarni yuklash va tushirish uchun tegishli jihozlar va moslamalarga ega boʻlmagan umumiy hamda umumiy boʻlmagan foydalanish joylarida ortish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishni ham yoʻlovchi, ham yuk vagonlarida amalga oshirish mumkin. Doimiy reyslar bajaradigan temir yoʻl transportida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish butun yoʻnalish boʻyicha tashilayotgan yuklar uchun joylarni oldindan majburiy bronlashtirish sharti bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. “Netto” ogʻirligi (yukning sof ogʻirligi) 1 kilogrammdan, biroq hajmi 1 litrdan ortiq boʻlmagan kichik qadoqlardagi giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish yuklarni tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Yuk joʻnatuvchi tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar tashishga faqat yuklarni tashish qoidalarida belgilangan joʻnatish turlari bilan, ushbu mahsulot uchun ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlarida belgilangan idish va qadoqlarda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli yuklar toifasiga kiritilgan prekursorlar yoʻlovchi poyezdlarda tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Psixotrop moddalar va prekursorlar yuk vagonlarida tashilganda tashish uchun masʼul shaxs yukning vagonga yetkazilishini va undan olib ketilishini kuzatib turishi, yukni ortish va tushirish ishlarini nazorat qilishi, yuk yuklagandan soʻng yuk boʻlinmalari tamgʻalanganligini tekshirishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashish uchun masʼul shaxs yoʻlovchi vagoniga oxirgi navbatda, psixotrop moddalar va prekursorlar yuk vagoniga ortilganidan hamda barcha boshqa yoʻlovchilar yoʻlovchi vagoniga chiqib boʻlganidan soʻng kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Giyohvandlik vositalari va ularning analoglari qoʻl yuki sifatida yoʻlovchi vagonida tashilganda tashish uchun masʼul shaxs poyezd joʻnashidan kamida 2 soat oldin stansiya (vokzal) boshligʻi huzuriga yetib kelishga va qoʻl yuki sifatida tashiladigan yukni taqdim etishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stansiya (vokzal) boshligʻi yuk qadoqning tashqi holatini, zarur boʻlganda esa yukning “brutto” (yukning idishi bilan umumiy) ogʻirligini ham tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashish uchun masʼul shaxsni poyezdga oʻtkazish xuddi shunday yukni olib oʻtayotgan boshqa yoʻlovchi boʻlmagan taqdirda navbatsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashish uchun masʼul shaxsning poyezdga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida stansiya (vokzal) boshligʻi poyezd boshligʻi (brigadiri)ni xabardor qilishga hamda bu haqda bildirgi va yoʻl qatnovida belgi qoʻyishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Giyohvandlik vositalari va ularning analoglarini qoʻl yuki sifatida yoʻlovchi vagonida tashishda tashish uchun masʼul shaxs va qoʻriqlash xodimlariga alohida kupe ajratilishi lozim, bunda kupedagi barcha joylar toʻlangan va yoʻl hujjati (bilet)da kupedagi barcha joylar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Kupedagi joylarning narxi ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq masʼul shaxs va qoʻriqlash xodimlarini tayinlagan yuk joʻnatuvchi (yuk oluvchi) tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tashish uchun masʼul shaxs va qoʻriqlash xodimlari giyohvandlik vositalari va ularning analoglari bilan birga yoʻlovchi poyezdiga boshqa yoʻlovchilardan alohida yetib keladi hamda ular uchun ajratilgan kupega yoʻlovchilar kirishidan oldin yoki keyin joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni qoʻl yuki sifatida yoʻlovchi poyezdlarida tashishda bir nafar yoʻlovchi uchun oʻrnatilgan qoʻl yuki normalarida belgilangan miqdordagi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning tashilishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-avgustdagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati naryadlari tomonidan qoʻriqlanishi va kuzatib borilishi kerak boʻlgan yuklar roʻyxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashishda ular majburiy tartibda yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi) hisobiga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining harbiylashtirilgan qoʻriqlovi bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi)ning qoʻriqlash xodimlari qoʻriqlovida tashilganda, ushbu xodimlar yukni qoʻriqlash majburiyatlaridan faqat yukning kelgusida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qoʻriqlovi ostida temir yoʻl boʻylab tashilishi uchun topshirilgan vaqtdan boshlab ozod etilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Prekursorlarni yuk poyezdi bilan tashishda favqulodda vaziyatlar (avariya, yongʻin, portlash, tabiiy ofat, va shu kabilar) yuzaga kelganda yoki prekursorlarning sizib chiqayotganligi aniqlanganda, poyezd mashinisti yoki uning yordamchisi bu haqda tegishli choralar koʻrish uchun darhol eng yaqin stansiya navbatchisini xabardor qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday xabarni olgan stansiya boshligʻi, oʻz navbatida, darhol transportda xavfsizlikni taʼminlash ichki ishlar organlarini xabardor qilishi hamda ular bilan hamkorlikda hodisa va uning oqibatlarini birlamchi bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, yukni qoʻriqlash, yukni oluvchini xabardor qilish, shuningdek, voqea joyiga hodisa va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun avariya-qutqaruv brigadalari yetib kelishi boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarning amalga oshirilishini tashkil etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Ortish va tushirishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni ortish va tushirish temir yoʻl ustavi, yuklarni tashish qoidalari va normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Yukni joʻnatuvchi giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni vagonlar va konteynerlarga ushbu mahsulot uchun belgilangan standart meʼyorlari yoki texnik shartlarda belgilangan normalardan oshmagan holda yuklashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni vagonlar va konteynerlarda, shuningdek, ochiq harakatlanuvchi tarkibdagi maxsus konteynerlarda joylashtirish va mahkamlash yuklarni yuklash va mahkamlash texnik shartlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarni vagonlar va konteynerlarda mahkamlash uchun foydalaniladigan material tashilayotgan giyohvandlik vositalariga, ularning analoglariga, psixotrop moddalar va prekursorlarga nisbatan inert boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Tashish davomida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning yoʻqotilishi yoki talon-toroj qilinishi aniqlanganda yoxud ular joylashtirilgan idishlar va qadoqlarda ruxsatsiz aralashuv izlari topilganda, tashish uchun masʼul shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo va temir yoʻl transporti bilan tashishda — qoʻnish aeroporti dispetcheri (eng yaqin stansiya navbatchisi)ga va yukni oluvchiga axborot berish hamda hodisani rasmiy qayd etish uchun hodisa haqida darhol havo kemasining ekipaji aʼzosi (poyezd boshligʻi (brigadiri)ni xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transporti bilan tashishda — hodisa haqida darhol eng yaqin ichki ishlar organi (posti) va yukni oluvchini xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yukni qidirib topish va hodisa joyining daxlsizligini taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Prekursorlarni tashishda favqulodda vaziyatlar (avariya, yongʻin, portlash, tabiiy ofat va shu kabilar.) yuzaga kelganda yoki prekursorlarning sizib chiqayotganligi aniqlanganda, tashish uchun masʼul shaxs hodisani va uning oqibatlarini birlamchi bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, avariya-qutqaruv xizmatlarni xabardor qilish hamda ular bilan hodisa joyida hamkorlikda harakat qilish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2020-y., 09/20/85/0168-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son)