14.02.2020 yildagi PQ-4598-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orolboʻyi mintaqasi uchun tibbiyot sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, hudud aholisiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifati va koʻlamini oshirish, tibbiy amaliyotning taʼlim va ilm-fan bilan oʻzaro mustahkam integratsiyasini taʼminlash, sohadagi ilgʻor yutuq va innovatsiyalarni davolash-tashxis jarayoniga joriy etish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti klinikasini (keyingi oʻrinlarda — Institut klinikasi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzluksiz tibbiy-kasbiy taʼlim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish, xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va innovatsion oʻquv-uslubiy materiallarni keng joriy etish, klinika va oʻquv bazasi faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uygʻunligini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish, tibbiy taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish, tibbiy taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasasi va Institut klinikasi ilmiy salohiyatini muntazam ravishda oshirib borish, professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilarning nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilar akademik mobilligi dasturlari hamda qoʻshma taʼlim dasturlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni insonparvarlik va yuksak maʼnaviy gʻoyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot gʻoya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish va mustahkamlash, simulyatsion markaz, oʻquv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga qabul har yili belgilanadigan Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut klinikasi muassisi Institut hisoblanadi hamda uning faoliyati Institut tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut va Institut klinikasi — yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan, tegishlicha davlat oliy taʼlim muassasasi va davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut klinikasi bosh shifokori yashirin ovoz berish yoʻli orqali Institut ilmiy kengashining taqdimnomasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Institut rektori Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan quyidagilarni amalga oshirish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonini samarali tashkil etish, davolash ishlariga zamonaviy usullarni tatbiq etish hamda talabalar va professor-oʻqituvchilarga qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida Institut klinikasi va oʻquv bazalaridagi oʻquv xonalarini taʼmirlash, jihozlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut klinikasida yuqori texnologiyali tashxis qoʻyish va davolash usullarini joriy etish hamda Institutga qoʻshimcha mablagʻlar tushirish maqsadida Institut klinikasi bilan oʻzaro shartnomalar asosida hamkorlikda pullik asosda tibbiy xizmatlar koʻrsatish boʻlinmalarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Institut klinikasi faoliyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tashxis qoʻyish (diagnostika) va davolash standartlariga rioya qilgan holda imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davolash qiymatini toʻlash, shuningdek, aholiga pullik asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalar asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, Institut klinikasi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga biriktirilgan davlat mulkidan samarali foydalanish va uni boshqarish boʻyicha ishlarni tashkil etish hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut bilan kelishilgan holda lavozimlar roʻyxati va sonini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlarini bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olishidan, shartnomalar asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Institut klinikasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan va koʻrsatilgan tibbiy xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari Institut klinikasiga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan haqiqatda imtiyozli davolangan bemorlar boʻyicha Institut klinikasi taqdim etgan choraklik hisobotlardan kelib chiqqan holda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlar asosida Institut tuzilmasi belgilangan tartibda tasdiqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining barcha talabalari Institutning mos taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklariga oʻtkazilishi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomi berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut klinikasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-maydagi “Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-4947-son farmoyishi asosida barpo etilgan bino va inshootlarga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va boshqa tibbiyot oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularning yuqori malakali professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda Institutda masofaviy taʼlim orqali dars mashgʻulotlarini oʻtkazish, shuningdek, Institut klinikasida telemeditsina imkoniyatlaridan keng foydalangan holda aholiga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish va tibbiyot amaliyotlarini olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov — ushbu qaror ijrosini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov — Institut va Institut klinikasi faoliyatini samarali tashkil etsin, mazkur qarorni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar koʻrilishini taʼminlasin, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin hamda uning ijrosi boʻyicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev — tashkil etilayotgan Institut klinikasi joylashtirilishi, uning bino va inshootlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi hamda qabul qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D. Xadjayev — ushbu qarorning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati hamda Orolboʻyi mintaqasi uchun yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish, hudud aholisiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifati va koʻlamini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam yoritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 14-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4598-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-fevraldagi PQ-4598-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “Immunologiya va inson genomikasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3838-son qarori 8-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4310-son qarori 5-ilovasining “Tibbiyot va farmatsevtika oliy taʼlim muassasalari, ularning filiallari va klinikalari” bloki quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Toshkent tibbiyot akademiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent farmatsevtika instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent davlat stomatologiya instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Andijon davlat tibbiyot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Samarqand davlat tibbiyot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buxoro davlat tibbiyot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshkent tibbiyot akademiyasining Fargʻona filiali”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2020-y., 07/20/4598/0170-son)