12.02.2020 yildagi PQ-4597-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.02.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazining moliyaviy va moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash, uning tajriba-sinov maydonlarini kengaytirish hamda tuzilmasini takomillashtirish, Orolboʻyi hududida innovatsion va ilmiy ishlanmalarni yanada kengroq joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3975-son qaroriga asosan tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro innovatsiya markazi) tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida 20,3 gektar maydonda “Moʻynoq” tajriba-sinov maydoni, Nukus tumanida 20 gektar maydonda “Samanbay” tajriba-sinov maydoni tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoʻrlanish va qurgʻoqchilikka chidamli choʻl va manzarali oʻsimliklar genofondi shakllantirilib, unga kiritilgan 13 turdagi oʻsimlik dunyosi obyektlari sinovdan oʻtkazilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro innovatsiya markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish hamda sayyohlar sonini koʻpaytirishga qaratilgan “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bogʻim”) agro va ekoturizm loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Orolboʻyi hududida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni olib borish, shuningdek, oʻsimlik va hayvonot dunyosini rivojlantirish boʻyicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun koʻrgazmali tajriba-sinov maydonlarini tashkil etish maqsadida Xalqaro innovatsiya markazining ehtiyojlariga muvofiq ravishda ushbu markazga ikki oy muddatda doimiy foydalanish huquqi asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi zaxira yer maydonlari hamda Orol dengizining qurigan tubidagi hududdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi — Orolboʻyi hududidagi oʻrmon fondi yerlaridan yer maydonlari ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro innovatsiya markazining bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlar 2020-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi hamda shu munosabat bilan ushbu xarajatlarni Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish toʻxtatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani “Moʻynoq” tajriba-sinov maydonida maʼmuriy va ishlab chiqarish binolarini qurish, shuningdek, Nukus tumani “Samanbay” tajriba-sinov maydonida laboratoriya binosi va xostel qurish hamda ushbu hududni obodonlashtirish boʻyicha xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, tijorat banklari kreditlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro innovatsiya markazining ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, shu bilan birga zarur sarflanadigan materiallar va butlovchi buyumlar bilan uzluksiz ravishda taʼminlash, shuningdek, “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bogʻim”) agro va ekoturizm loyihasini amalga oshirish boʻyicha xarajatlar Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro innovatsiya markazi direktoriga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda Xalqaro innovatsiya markazining ijro apparati tuzilmasiga Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalqaro innovatsiya markazi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar Xalqaro innovatsiya markazi huzuridagi Orolboʻyida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish tartibini nazarda tutgan holda ushbu jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalqaro innovatsiya markazi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan ilmiy-innovatsion loyihalar, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Orolboʻyi hududi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik Trast fondi grantlari va ulardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ikki oy muddatda Xalqaro innovatsiya markazining maʼmuriy binosi va unga tutash hududlarni barcha zarur asbob-uskunalarni oʻrnatgan holda elektr energiya bilan taʼminlashni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi uch oy muddatda mavjud tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida “Moʻynoq” tajriba-sinov maydoniga olib boruvchi ichki yoʻl va Nukus tumanida “Samanbay” tajriba-sinov maydoniga olib boruvchi 2,1 km uzunlikdagi yoʻl (4R 176-G), shuningdek, Xalqaro innovatsiya markazi maʼmuriy binosiga kirishdagi 650 m uzunlikdagi yoʻllarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan taʼmirlash ishlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Nukus shahar Markaziy bozoridan Nukus tumanidagi Xalqaro innovatsiya markazi hududigacha boʻlgan yoʻnalishda muntazam jamoat transporti qatnovi tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3975-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov — mazkur qaror ijrosining masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini tashkil qilsin, ular rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov — Orolboʻyi hududida innovatsion va ilmiy ishlanmalarni keng joriy etsin, Xalqaro innovatsiya markazining innovatsion va ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirsin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul vazirlik, idora va tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin hamda uning ijrosi boʻyicha 2020-yil 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yakuniy axborot kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev — Xalqaro innovatsiya markazining samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi, shu jumladan tegishli infratuzilma obyektlarining barpo etilishini, ushbu tadbirlarning mazkur qarorga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 12-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4597-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-fevraldagi PQ-4597-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3975-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 6-bandning “b” kichik bandidagi “(2018-yilda va 2019-yilning birinchi yarim yilligida)” soʻzlari “(2018-2019-yillarda)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikkinchi xatboshi “tuzilmasiga” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda Xalqaro innovatsiya markazining ijro apparati tuzilmasiga Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2020-y., 07/20/4597/0163-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)