12.02.2020 yildagi PQ-4597-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazining moliyaviy va moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, uning tajriba-sinov maydonlarini kengaytirish hamda tuzilmasini takomillashtirish, Orolbo‘yi hududida innovatsion va ilmiy ishlanmalarni yanada kengroq joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3975-son qaroriga asosan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi (keyingi o‘rinlarda — Xalqaro innovatsiya markazi) tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida 20,3 gektar maydonda “Mo‘ynoq” tajriba-sinov maydoni, Nukus tumanida 20 gektar maydonda “Samanbay” tajriba-sinov maydoni tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sho‘rlanish va qurg‘oqchilikka chidamli cho‘l va manzarali o‘simliklar genofondi shakllantirilib, unga kiritilgan 13 turdagi o‘simlik dunyosi obyektlari sinovdan o‘tkazilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro innovatsiya markazi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish hamda sayyohlar sonini ko‘paytirishga qaratilgan “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bog‘im”) agro va ekoturizm loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Orolbo‘yi hududida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni olib borish, shuningdek, o‘simlik va hayvonot dunyosini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun ko‘rgazmali tajriba-sinov maydonlarini tashkil etish maqsadida Xalqaro innovatsiya markazining ehtiyojlariga muvofiq ravishda ushbu markazga ikki oy muddatda doimiy foydalanish huquqi asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi zaxira yer maydonlari hamda Orol dengizining qurigan tubidagi hududdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi — Orolbo‘yi hududidagi o‘rmon fondi yerlaridan yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro innovatsiya markazining bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar 2020-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi hamda shu munosabat bilan ushbu xarajatlarni Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish to‘xtatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani “Mo‘ynoq” tajriba-sinov maydonida ma’muriy va ishlab chiqarish binolarini qurish, shuningdek, Nukus tumani “Samanbay” tajriba-sinov maydonida laboratoriya binosi va xostel qurish hamda ushbu hududni obodonlashtirish bo‘yicha xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, tijorat banklari kreditlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro innovatsiya markazining ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, shu bilan birga zarur sarflanadigan materiallar va butlovchi buyumlar bilan uzluksiz ravishda ta’minlash, shuningdek, “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bog‘im”) agro va ekoturizm loyihasini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro innovatsiya markazi direktoriga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlig bilan kelishilgan holda Xalqaro innovatsiya markazining ijro apparati tuzilmasiga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalqaro innovatsiya markazi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar Xalqaro innovatsiya markazi huzuridagi Orolbo‘yida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish tartibini nazarda tutgan holda ushbu jamg‘arma to‘g‘risidagi nizomning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalqaro innovatsiya markazi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan ilmiy-innovatsion loyihalar, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Orolbo‘yi hududi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik Trast fondi grantlari va ulardan maqsadli foydalanilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ikki oy muddatda Xalqaro innovatsiya markazining ma’muriy binosi va unga tutash hududlarni barcha zarur asbob-uskunalarni o‘rnatgan holda elektr energiya bilan ta’minlashni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi uch oy muddatda mavjud tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida “Mo‘ynoq” tajriba-sinov maydoniga olib boruvchi ichki yo‘l va Nukus tumanida “Samanbay” tajriba-sinov maydoniga olib boruvchi 2,1 km uzunlikdagi yo‘l (4R 176-G), shuningdek, Xalqaro innovatsiya markazi ma’muriy binosiga kirishdagi 650 m uzunlikdagi yo‘llarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ta’mirlash ishlari amalga oshirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Nukus shahar Markaziy bozoridan Nukus tumanidagi Xalqaro innovatsiya markazi hududigacha bo‘lgan yo‘nalishda muntazam jamoat transporti qatnovi tashkil etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3975-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov — mazkur qaror ijrosining mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini tashkil qilsin, ular rahbarlarining bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov — Orolbo‘yi hududida innovatsion va ilmiy ishlanmalarni keng joriy etsin, Xalqaro innovatsiya markazining innovatsion va ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirsin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin hamda uning ijrosi bo‘yicha 2020-yil 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yakuniy axborot kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev — Xalqaro innovatsiya markazining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi, shu jumladan tegishli infratuzilma obyektlarining barpo etilishini, ushbu tadbirlarning mazkur qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 12-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4597-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-fevraldagi PQ-4597-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3975-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 6-bandning “b” kichik bandidagi “(2018-yilda va 2019-yilning birinchi yarim yilligida)” so‘zlari “(2018-2019-yillarda)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikkinchi xatboshi “tuzilmasiga” so‘zidan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda Xalqaro innovatsiya markazining ijro apparati tuzilmasiga Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2020-y., 07/20/4597/0163-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)