1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda qonunchilik talablariga muvofiqlik nazorat qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Internet jahon axborot tarmogʻida Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimini ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori N.S. Turaxodjayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 8-fevral,

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi 71-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini Shaxsga doir maʼlumotlar bazalari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish, reyestrdan chiqarish, reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglament talablari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs tomonidan shaxsga doir maʼlumotlarga shaxsiy, maishiy maqsadlarda va oʻz kasbiy yoki tijorat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holda ishlov berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy arxiv fondi hujjatlarini va shaxsga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boshqa arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini tashkil etadigan maʼlumotlar jumlasiga kiritilgan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-qidiruv, razvedka va kontrrazvedka faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni saqlash jarayonida, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish doirasida olingan shaxsga doir maʼlumotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz tarkibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat birlashmasining yoki diniy tashkilotning ishtirokchilariga (aʼzolariga) taalluqli boʻlgan hamda tegishligicha jamoat birlashmasi yoki diniy tashkilot tomonidan ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlar ularni uchinchi shaxslarga tarqatmaslik yoki oshkor etmaslik sharti bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyekt tomonidan hamma foydalanishi mumkin qilib qoʻyilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektlarning faqat familiyasini, ismini va otasining ismini oʻz ichiga olgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning mulkdor va (yoki) operator turgan hududga bir martalik kirishi uchun yoki boshqa shunga oʻxshash maqsadlar uchun zarur boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan davlat axborot tizimlari maqomiga ega boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarning axborot tizimlariga kiritilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmagan holda ishlov beriladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalari roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shaxsga doir maʼlumotlar bazalari davlat reyestri shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini roʻyxatga olish va ularning hisobini tizimlashtirish hamda shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish jarayonida qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlikni nazorat qilish maqsadida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori va (yoki) shaxsga doir maʼlumotlar bazasining operatori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron, qogʻoz shaklida va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar subyekti (keyingi oʻrinlarda — subyekt) — shaxsga doir maʼlumotlar oʻziga taalluqli boʻlgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bazasi — tarkibida shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborot tizimi tarzidagi maʼlumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori (keyingi oʻrinlarda — mulkdor) — shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan davlat organi, jismoniy va yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) — shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov beruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalari davlat reyestri (keyingi oʻrinlarda — Davlat reyestri) — shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori va (yoki) shaxsga doir maʼlumotlar bazasining operatori tomonidan ariza berish orqali roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining davlat reyestridagi qayd raqami (keyingi oʻrinlarda — qayd raqami) — mulkdor va (yoki) operator tomonidan ariza berish orqali xabardor qilish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazasining Davlat reyestridagi qayd etilgan raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shaxsga doir maʼlumotlar bazalari mulkdor va (yoki) operator tomonidan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda — Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa — mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun vakil orqali murojaat qilinganda vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma soʻrovnomaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (elektron raqamli imzo, daktiloskopiya, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan keyin besh ish kuni mobaynida shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazadi yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vakolatli organ Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazgan kunning oʻzida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnomani rasmiylashtiradi va uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi hamda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Soʻrovnomada nazarda tutilgan maʼlumotlar notoʻgʻri ekanligi yoki toʻliq taqdim etilmagani davlat xizmatini rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat xizmatlari markazi oʻn daqiqa mobaynida xizmat natijasini ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi xizmat natijasini elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha qabul qilingan qaror asosida vakolatli organ masʼul xodimi Davlat reyestrida takrorlanmaydigan qayd raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan sana Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, ariza beruvchi yetti ish kunidan kechiktirmasdan, ushbu Reglamentning 7-bandida belgilangan tartibda murojaat qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vakolatli organ soʻrovnomani ushbu Reglamentning 10-bandida belgilangan muddatda koʻrib chiqadi va kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat reyestriga qayd raqami oʻzgartirilmagan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat reyestridan quyidagi hollarda chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat reyestridan chiqarish boʻyicha mulkdor va (yoki) operatorning arizasiga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor va (yoki) operatorning faoliyati tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning mulkdor va (yoki) operatorning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori asosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holda mulkdor va (yoki) operator ushbu Reglamentning 7-bandida belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat reyestridan chiqarilgandan soʻng keyinchalik uning qayd raqami ishlatilmaydi, avval berilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazasi Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat reyestri maʼlumotlari yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor va (yoki) operatorning Davlat reyestri roʻyxatidan oʻtkazilgani haqidagi maʼlumotlar ushbu maʼlumotlar bazasining qayd raqamini Davlat reyestrini yuritish axborot tizimiga kiritish orqali avtomatik tarzda olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlar sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazi ushbu Reglament talablari bajarilishi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan davlat xizmatlarini koʻrsatish davomida, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ariza beruvchilar shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishda vakolatli organga taqdim etilgan maʼlumotlarning notoʻgʻri yoki noaniq koʻrsatilgani uchun javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatli organning Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish harakati yoki harakatsizligi ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda mulkdor va (yoki) operator tomonidan yuqori turuvchi davlat organi yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchilar
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Markaz xodimi soʻrovnomani toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada
2. YIDXP
2. Toʻldirilgan soʻrovnomani avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
2. Real vaqt rejimida
3-bosqich
Migratsiya va personallashtirish departamenti
1. Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini Shaxsga doir maʼlumotlar bazalari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazadi.
2. Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini Shaxsga doir maʼlumotlar bazalari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
5 ish kunida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Xizmat natijasini ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
1. 10 daqiqa ichida
2. YIDXP
2. Xizmat natijasini avtomatik tarzda ariza beruvchiga yuboradi.
2. Real vaqt rejimida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
7. Yashash manzili:
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot
1. Rasmiy nomi (toʻliq):
2. Joylashgan joyi:
3. Telefon raqami:
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
5. STIR:
III. Mulkdor va (yoki) operatorning maʼlumotlar bazasi haqida maʼlumotlar
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining nomi:
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish boshlangan sana:
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni tugatish muddati yoki sharti:
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi joylashgan mamlakat:
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi joylashgan manzil:
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadi:
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi masofadan boshqariladimi?
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi ushbu mulkdor va (yoki) operatorning oʻziga tegishlimi?
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish jarayonida shaxsiy maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish imkoniyati mavjudmi?
Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash uchun javobgar shaxsning F.I.O. va lavozimi:
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga nisbatan huquqi:
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasida qayta ishlanuvchi shaxsga doir maʼlumotlar roʻyxati:
□ F.I.O.
□ Tugʻilgan yili
□ Tugʻilgan oyi
□ Tugʻilgan kuni
□ Tugʻilgan joyi
□ Fuqaroligi
□ JSHSHIR
□ Fotosurati
□ Taʼlim muassasalari
□ Yashash manzili
□ Oilaviy holati
□ Mehnat faoliyati
□ Oylik xarajatlari
□ Telefon raqami
□ Diniy qarashi
□ Irqiy kelib chiqish
□ Ijtimoiy kelib chiqishi
□ Kasaba uyushmaga aʼzoligi
□ Siyosiy partiyaga aʼzoligi
□ Millati
□ Moliyaviy holati
□ Jismoniy holati
□ Mulkiy holati
□ Sudlanganlik holati
□ Harbiy xizmatga aloqadorligi
□ Ruhiy holati
Biometrik maʼlumotlar:
Genetik maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2020-y., 09/20/71/0141-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)