Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
Qarori
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2045-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 29-noyabrdagi 09/YuB-36-sonli ““Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2045-5, 09.12.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 75-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 29-sentabrdagi 184-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2045, 2009-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 47-son, 513-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais v.b. B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-dekabr,
09/YuB-51-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2019-yil 28-dekabrdagi 09/YuB-51-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 6-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Ekspertlarni tayyorlash Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining “Kontexnazoratoʻquv” davlat unitar korxonasida (keyingi oʻrinlarda Korxona deb yuritiladi) kamida 40 soatlik oʻquv kurslarida oʻqitish orqali amalga oshiriladi.”;
ikkinchi xatboshidagi “Markaz” degan soʻz “Korxona” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 8 va 15-bandlardagi, 16-bandning oltinchi xatboshisidagi, 19-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 37 va 51-bandlardagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 13-bandning “a” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasidagi hujjatga ekvivalent deb topilgan” degan soʻzlar “tan olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 14-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. “Attestatsiyadan oʻtish uchun talabgor Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha rasmiylashtirilgan arizani unga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:”;
“v” kichik banddagi “hujjatning Oʻzbekiston Respublikasidagi hujjatga ekvivalent deb topilganligi” degan soʻzlar “hujjatni belgilangan tartibda tan olinganligi” degan soʻzlar bilan admashtirilsin;
“j” kichik banddagi “Markaz” degan soʻz “Korxona” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 20-bandda:
birinchi xatboshidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining akkreditatsiya va inspeksion nazorat boʻlimi” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining akkreditatsiya va inspeksiya nazorati boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“a” kichik banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻiga yoki uning oʻrinbosariga” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisiga yoki uning birinchi oʻrinbosariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tegishli boʻlinmalari bilan birgalikda attestatsiyani oʻtkazish uchun taxminiy savollar roʻyxatini tuzadi va tasdiqlash uchun Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisiga taqdim etadi.”.
8. 23 va 41-bandlarning birinchi xatboshisidagi, 43-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 45 va 55-bandlardagi hamda 2-ilovadagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 31-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qayta attestatsiyadan oʻtish uchun talabgor Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha rasmiylashtirilgan arizani unga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:”;
“g” kichik banddagi “Markaz” degan soʻz “Korxona” degan soʻz bilan almashtirilsin.
10. 33-bandda:
birinchi xatboshidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 38-banddagi, 49-bandning birinchi xatboshisidagi va 56-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 40-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasida” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 46-bandda:
birinchi xatboshidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 47-bandda:
birinchi xatboshidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“v” kichik banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 50-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining” degan soʻzlar “Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
1a-ILOVA
”;
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/2045-3/0131-son)