29.01.2020 yildagi PQ-4576-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorvachilik tarmogʻini jadal rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi va “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasining Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashini (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin hamda Respublika kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati korxonalari hamda chorvachilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilikning barcha tarmoqlari va naslchilik sohasini rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni muntazam ravishda muhokama qilib borish hamda bu boradagi mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining chorvachilik tarmoqlarini barqaror rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarini hamda chorvachilik boʻyicha investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi yuzasidan axborotlarini muntazam tinglash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, mahsuldorlikni oshirish va ozuqabop ekinlar urugʻchiligini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik xoʻjaliklariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish holatini tahlil qilinishini tashkil etish hamda chorva bosh sonidan kelib chiqib, mutanosib ravishda ekin yerlari ajratilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilikning barcha tarmoqlari faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish, ilmiy-tadqiqot natijalari va innovatsion ishlanmalarni mahsulot ishlab chiqarish va naslchilik-seleksiya amaliyotiga joriy etish ishlarini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasini rivojlantirish, jumladan, yangi quvvatlarni ishga tushirish va mahsulotlar turlarini kengaytirish bilan bogʻliq masalalarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tizimli tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik boʻyicha, shu jumladan chorva komplekslarini qurish, yirik va mayda shoxli nasldor chorva mollarini xarid qilish, chorva mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan 20 milliard soʻmgacha miqdordagi kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 8 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismiga kompensatsiya yoki kredit summasining 50 foizi miqdorida kafillik taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jamgʻarma tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga ekvivalenti 20 milliard soʻmdan oshmaydigan xorijiy valyutadagi kreditlar uchun — tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizigacha, lekin 4 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu band talablari tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun Jamgʻarma tomonidan taqdim etiladigan kafilliklar va kompensatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining avval qabul qilingan hujjatlari va Hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan shartlariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020 — 2022-yillarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida faoliyat yuritayotgan naslchilik xoʻjaliklaridan sotib olingan nasldor qoramolning har bir boshiga 1 million soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million soʻm, nasldor qoʻy va echkining har bir boshiga 400 ming soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasiga aʼzo boʻlgan intensiv usulda baliq yetishtiruvchi xoʻjaliklarga davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intensiv usulda yetishtirilgan bir tonna baliq mahsuloti uchun 1 million soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilingan 1 dona nasldor ona baliqning 3,5 million soʻmgacha boʻlgan xarajatlarining 50 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Parrandasanoat” uyushmasiga aʼzo boʻlgan parrandachilik xoʻjaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor joʻjani import qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 9 ming soʻmini qoplash uchun davlat tomonidan subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2020-yilda sotib olinadigan nasldor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qoramollar uchun ajratiladigan subsidiyaning umumiy summasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida faoliyat yuritayotgan naslchilik xoʻjaliklaridan sotib olish uchun 10 milliard soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlardan import qilish uchun 40 milliard soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoʻy va echkilarni import qilish uchun ajratiladigan subsidiyaning umumiy summasi 6 milliard soʻm miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga, intensiv usulda baliq yetishtiruvchi va parrandachilik xoʻjaliklarga subsidiya berish xarajatlarini 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha xarajatlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan qoplanishini taʼminlasin va 2021-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida tegishli mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chorvachilik sohasini rivojlantirish strategiyasini, shu jumladan sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishlarini ishlab chiqish uchun mustaqil konsalting kompaniyalarini oʻrnatilgan tartibda jalb qilgan holda takliflar ishlab chiqsin va 2020-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mustaqil konsalting kompaniyalarini jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasidan qoplansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi va “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda oʻn besh kun muddatda mazkur qarorning 3-bandida belgilangan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga, intensiv usulda baliq yetishtiruvchi va parrandachilik xoʻjaliklariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartiblarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, subsidiya berish “Oʻzbekchorvanasl” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi chorvachilik sohasini rivojlantirish strategiyasiga asoslangan holda 2020-yil 1-iyulga qadar 2021-2022-yillarda respublikada faoliyat yuritayotgan naslchilik xoʻjaliklari tomonidan sotiladigan va import qilinadigan nasldor qoramollar, qoʻy va echkilar hamda joʻjalar sonidan kelib chiqib, ajratilishi kerak boʻlgan subsidiya hisob-kitobini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda inobatga olish uchun Moliya vazirligiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda chorvachilik sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari va chora-tadbirlarga Osiyo taraqqiyot bankining chorvachilikni rivojlantirish uchun 150,0 million AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar sunʼiy suv havzalarining hosildorligidan kelib chiqib, ushbu maydonlarga yer soligʻining tabaqalashtirilgan stavkalarini qoʻllash boʻyicha asoslangan takliflarini Moliya vazirligiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kiritilgan takliflar asosida yer soligʻining tabaqalashtirilgan stavkalarini qoʻllashni 2021-yil budjeti loyihasini tayyorlashda inobatga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar baliq yetishtiruvchi xoʻjaliklarga biriktirilgan sunʼiy va tabiiy suv havzalarining kadastr hujjatlarini “Oʻzdaverloyiha” instituti bilan oʻzaro shartnoma asosida rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yilda yaylovlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son Farmonida nazarda tutilgan qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan yerlarni foydalanishga kiritish hisobidan ozuqabop ekinlarni yetishtirishni yoʻlga qoʻyish uchun chorvachilik xoʻjaliklariga ajratib berilishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda paxta-toʻqimachilik klasterlari va paxtachilik-gʻallachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari ekin maydonining 10 foiziga beda ekilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan Respublika kengashiga 2020-yil 1-mayga qadar axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Respublika kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan chorvachilik, shu jumladan parrandachilik xoʻjaliklariga ozuqabop ekinlar ekish uchun chorva mollari va parranda bosh soniga mutanosib ravishda ekin yerlari ajratilishini doimiy ravishda nazorat qilib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi xodimlarini jalb qilgan holda joylarda sut sogʻuvchilarni tayyorlash hamda malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari va “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda parrandalarning yuqori mahsuldor zotlari va krosslarini urchitish bilan shugʻullanuvchi goʻsht yoʻnalishidagi II tartibli reproduktor naslchilik parrandachilik korxonalari faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “Uzbekistan Airways” AJning 2022-yil 1-yanvarga qadar “Parrandasanoat” uyushmasi tarkibidagi parrandachilik korxonalariga oʻzi ishlab chiqargan tuxum va goʻsht mahsulotlarini eksport qilishda, nasldor inkubatsion tuxum va nasldor bir kunlik joʻjalarni, vaksina, veterinariya dori vositalarini import qilishda, istisno tariqasida, amaldagi havo transportida tashish tariflariga nisbatan 20 foizlik chegirma berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda ozuqa ekin maydonlaridan kelib chiqqan holda 2020 — 2022-yillar uchun ozuqabop ekinlar urugʻchiligini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Toshkent viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialiga oʻquv-tajriba uchastkasi uchun Yangiyoʻl tumani hududidan 30 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Oʻzbekchorvanasl” agentligi huzuridagi “Oʻznaslchilik” davlat korxonasidagi nasldor buqalarni oziqlantirish uchun ozuqabop ekinlar ekishga Qibray, Yuqorichirchiq va Oʻrtachirchiq tumanlari hududidan 80 gektar sugʻoriladigan yer maydoni ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Parrandasanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga tegishli boʻlgan Toshkent shahar, Olmazor tumani, Jomiy koʻchasi, 5-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarda bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4005-son qarori 5-bandida belgilangan kompensatsiya berish tartibi lizing tashkilotlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov — mazkur qarorda belgilangan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga, intensiv usulda baliq yetishtiruvchi va parrandachilik xoʻjaliklarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov — chorva xoʻjaliklariga yer maydonlarini ajratishni taʼminlasin, mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin, har oyda ularning bajargan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov — chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan qoramolchilik, qoʻychilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik yoʻnalishidagi investitsiya loyihalari amalga oshirilishini hamda ajratilayotgan subsidiya mablagʻlaridan samarali foydalanilishini taʼminlasin, chorvachilik xoʻjaliklariga mahsuldorlikni oshirishga koʻmaklashsin, naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari — chorvachilikning barcha tarmoqlari, shu jumladan qoramolchilik, qoʻychilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik yoʻnalishida loyihalarni amalga oshiradigan tashabbuskorlarga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin hamda qonunchilikda belgilangan meʼyorlar asosida yer maydonlarini oʻz vaqtida ajratsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 29-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4576-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29 yanvardagi PQ-4576-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.

Z. Nizomiddinov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Kengash raisi

2.

B. Norqobilov

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

B. Mavlonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari

4.

J. Xodjayev

Qishloq xoʻjaligi vaziri

5.

A. Ergashev

Moliya vazirining oʻrinbosari

6.

A. Abdullayev

“Davergeodezkadastr” Davlat qoʻmitasi raisi

7.

D. Qosimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

8.

A. Qosimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

9.

B. Raxmatullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

10.

A. Abdullayev

“Oʻzbekchorvanasl” agentligi bosh direktori

11.

F. Salomov

“Xalq banki” AT raisi

12.

A. Voitov

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB raisi

13.

Sh. Atabayev

“Ipoteka bank” ATIB raisi

14.

lavozimi boʻyicha

“Mikrokreditbank” ATB raisi

15.

K. Irisbekova

“Aloqabank” ATB raisi

16.

F. Boboyev

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi v.b.

17.

A. Xaitov

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

18.

N. Yuldashov

Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi raisi

19.

O. Musayev

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi

20.

Ya. Abdurazzoqov

“Parrandasanoat” uyushmasi raisi

21.

B. Sharipov

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi

22.

Sh. Suyarkulov

“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi raisi

23.

Z. Pirnazarov

“Oʻzbekchorvanasl” agentligi bosh direktori birinchi oʻrinbosari, Kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi PQ-4576-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4337-son qarori ilovasining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mahsulot nomi

Mahsulotning TIF TN kodi

1.

Tuxum, parranda goʻshti va mahsulotlari*

0407210000, 0207

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4015-son qarori 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Parrandasanoat” uyushmasi tarkibidagi parrandachilik va yem ishlab chiqaruvchi korxonalariga 2022-yil 1-yanvarga qadar oʻz ehtiyoji uchun maqsadli ravishda ozuqa komponentlari va qoʻshimchalarini (TIF TN kodi 1001, 1005, 1201, 1206, 2304, 2306, 2309, 2835, 2922, 2930) temir yoʻl orqali tashishda, istisno tariqasida, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi temir yoʻllari tarif siyosatining 35 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda chegirma berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga vaqtinchalik tirik tovuq, tovuq goʻshti, tuxum va tovuq mahsulotlari kiritmaslik toʻgʻrisida”gi 188-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 30-31-son, 236-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 13-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga vaqtinchalik tirik tovuq, tovuq goʻshti, tuxum va tovuq mahsulotlari kiritmaslik toʻgʻrisida” 2005-yil 5-avgustdagi 188-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 226-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 41-42-son, 318-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2020-y., 07/20/4576/0091-son, 07.05.2020-y., 07/20/4707/0545-son; 04.03.2021-y., 07/21/5017/0177-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 15.06.2021-y., 07/21/5146/0555-son, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son; 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son)