29.01.2020 yildagi PQ-4576-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorvachilik tarmogʻini jadal rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-179-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020 — 2022-yillarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida faoliyat yuritayotgan naslchilik xoʻjaliklaridan sotib olingan nasldor qoramolning har bir boshiga 1 million soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million soʻm, nasldor qoʻy va echkining har bir boshiga 400 ming soʻm miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasiga aʼzo boʻlgan intensiv usulda baliq yetishtiruvchi xoʻjaliklarga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilingan 1 dona nasldor ona baliqning 3,5 million soʻmgacha boʻlgan xarajatlari 50 foizi miqdorida davlat tomonidan subsidiya ajratiladi.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2021-y., 07/21/5017/0177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Parrandasanoat” uyushmasiga aʼzo boʻlgan parrandachilik xoʻjaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor joʻjani import qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 9 ming soʻmini qoplash uchun davlat tomonidan subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2020-yilda sotib olinadigan nasldor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qoramollar uchun ajratiladigan subsidiyaning umumiy summasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida faoliyat yuritayotgan naslchilik xoʻjaliklaridan sotib olish uchun 10 milliard soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlardan import qilish uchun 40 milliard soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoʻy va echkilarni import qilish uchun ajratiladigan subsidiyaning umumiy summasi 6 milliard soʻm miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga, intensiv usulda baliq yetishtiruvchi va parrandachilik xoʻjaliklarga subsidiya berish xarajatlarini 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha xarajatlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan qoplanishini taʼminlasin va 2021-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida tegishli mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chorvachilik sohasini rivojlantirish strategiyasini, shu jumladan sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishlarini ishlab chiqish uchun mustaqil konsalting kompaniyalarini oʻrnatilgan tartibda jalb qilgan holda takliflar ishlab chiqsin va 2020-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mustaqil konsalting kompaniyalarini jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasidan qoplansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi va “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda oʻn besh kun muddatda mazkur qarorning 3-bandida belgilangan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga, intensiv usulda baliq yetishtiruvchi va parrandachilik xoʻjaliklariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartiblarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, subsidiya berish “Oʻzbekchorvanasl” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi chorvachilik sohasini rivojlantirish strategiyasiga asoslangan holda 2020-yil 1-iyulga qadar 2021-2022-yillarda respublikada faoliyat yuritayotgan naslchilik xoʻjaliklari tomonidan sotiladigan va import qilinadigan nasldor qoramollar, qoʻy va echkilar hamda joʻjalar sonidan kelib chiqib, ajratilishi kerak boʻlgan subsidiya hisob-kitobini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda inobatga olish uchun Moliya vazirligiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda chorvachilik sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari va chora-tadbirlarga Osiyo taraqqiyot bankining chorvachilikni rivojlantirish uchun 150,0 million AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar sunʼiy suv havzalarining hosildorligidan kelib chiqib, ushbu maydonlarga yer soligʻining tabaqalashtirilgan stavkalarini qoʻllash boʻyicha asoslangan takliflarini Moliya vazirligiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kiritilgan takliflar asosida yer soligʻining tabaqalashtirilgan stavkalarini qoʻllashni 2021-yil budjeti loyihasini tayyorlashda inobatga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar baliq yetishtiruvchi xoʻjaliklarga biriktirilgan sunʼiy va tabiiy suv havzalarining kadastr hujjatlarini “Oʻzdaverloyiha” instituti bilan oʻzaro shartnoma asosida rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda paxta-toʻqimachilik klasterlari va paxtachilik-gʻallachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari ekin maydonining 10 foiziga beda ekilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan Respublika kengashiga 2020-yil 1-mayga qadar axborot kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan chorvachilik, shu jumladan parrandachilik xoʻjaliklariga ozuqabop ekinlar ekish uchun chorva mollari va parranda bosh soniga mutanosib ravishda ekin yerlari ajratilishini doimiy ravishda nazorat qilib borsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-179-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti xodimlarini jalb qilgan holda, joylarda sut sogʻuvchilarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etsin;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari va “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda parrandalarning yuqori mahsuldor zotlari va krosslarini urchitish bilan shugʻullanuvchi goʻsht yoʻnalishidagi II tartibli reproduktor naslchilik parrandachilik korxonalari faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “Uzbekistan Airways” AJning 2022-yil 1-yanvarga qadar “Parrandasanoat” uyushmasi tarkibidagi parrandachilik korxonalariga oʻzi ishlab chiqargan tuxum va goʻsht mahsulotlarini eksport qilishda, nasldor inkubatsion tuxum va nasldor bir kunlik joʻjalarni, vaksina, veterinariya dori vositalarini import qilishda, istisno tariqasida, amaldagi havo transportida tashish tariflariga nisbatan 20 foizlik chegirma berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda ozuqa ekin maydonlaridan kelib chiqqan holda 2020 — 2022-yillar uchun ozuqabop ekinlar urugʻchiligini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Toshkent viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialiga oʻquv-tajriba uchastkasi uchun Yangiyoʻl tumani hududidan 30 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Oʻzbekchorvanasl” agentligi huzuridagi “Oʻznaslchilik” davlat korxonasidagi nasldor buqalarni oziqlantirish uchun ozuqabop ekinlar ekishga Qibray, Yuqorichirchiq va Oʻrtachirchiq tumanlari hududidan 80 gektar sugʻoriladigan yer maydoni ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 07/21/5146/0555-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov — mazkur qarorda belgilangan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga, intensiv usulda baliq yetishtiruvchi va parrandachilik xoʻjaliklarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov — chorva xoʻjaliklariga yer maydonlarini ajratishni taʼminlasin, mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin, har oyda ularning bajargan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov — chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan qoramolchilik, qoʻychilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik yoʻnalishidagi investitsiya loyihalari amalga oshirilishini hamda ajratilayotgan subsidiya mablagʻlaridan samarali foydalanilishini taʼminlasin, chorvachilik xoʻjaliklariga mahsuldorlikni oshirishga koʻmaklashsin, naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari — chorvachilikning barcha tarmoqlari, shu jumladan qoramolchilik, qoʻychilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik yoʻnalishida loyihalarni amalga oshiradigan tashabbuskorlarga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin;
(20-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 29-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4576-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-179-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi PQ-4576-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2020-y., 07/20/4707/0545-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4015-son qarori 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Parrandasanoat” uyushmasi tarkibidagi parrandachilik va yem ishlab chiqaruvchi korxonalariga 2022-yil 1-yanvarga qadar oʻz ehtiyoji uchun maqsadli ravishda ozuqa komponentlari va qoʻshimchalarini (TIF TN kodi 1001, 1005, 1201, 1206, 2304, 2306, 2309, 2835, 2922, 2930) temir yoʻl orqali tashishda, istisno tariqasida, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi temir yoʻllari tarif siyosatining 35 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda chegirma berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga vaqtinchalik tirik tovuq, tovuq goʻshti, tuxum va tovuq mahsulotlari kiritmaslik toʻgʻrisida”gi 188-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 30-31-son, 236-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 13-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga vaqtinchalik tirik tovuq, tovuq goʻshti, tuxum va tovuq mahsulotlari kiritmaslik toʻgʻrisida” 2005-yil 5-avgustdagi 188-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 226-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 41-42-son, 318-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2020-y., 07/20/4576/0091-son, 07.05.2020-y., 07/20/4707/0545-son; 04.03.2021-y., 07/21/5017/0177-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 15.06.2021-y., 07/21/5146/0555-son, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son; 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son)