Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.12.2022 17.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3211
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.12.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 17-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3211]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi direktorining 2022-yil 6-dekabrdagi 14-2022-sonli ““Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3211-2, 21.12.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi PQ-4270-son “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019-yil 17-dekabrdagi 11-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi PQ-4270-son “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1-bob Umumiy qoidalar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi (bundan buyon matnda kadastr muhandisi deb yuritiladi) — rieltorlik tashkiloti bilan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi va kadastr muhandisi malaka shahodatnomasiga ega jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor bo‘lgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni — kadastr muhandisiga quyilgan talablarga talabgorning mos kelishini tekshirishga yo‘naltirilgan, malaka imtihoni komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan imtihon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka shahodatnomasi — malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorning malakasini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Malaka shahodatnomasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan bepul beriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi bo‘yicha tayyorlash Agentlikning Davlat kadastrlari palatasi (bundan buyon matnda Davlat kadastrlari palatasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Geodeziya va yer kadastri bo‘yicha oliy ma’lumotga ega yoki kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi bo‘yicha ta’lim olgan talabgorlar malaka imtihonini topshirishga qo‘yiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, talabgor geodeziya va yer kadastri bo‘yicha oliy ma’lumotga egaligidan yoki kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi bo‘yicha ta’lim olganligidan qati nazar, geodeziya va yer kadastri bo‘yicha kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kadastr muhandisi Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududida faoliyat yuritadi. Bunda, kadastr muhandisi o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun rieltorlik tashkiloti bilan mehnat shartnomasi tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kadastr muhandisi Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududida shartnoma asosida quyidagi kadastr xizmatlarini ko‘rsatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish (birlamchi kadastr hisobi bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chmas mulk obyektlarining qavatma-qavat rejalarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chmas mulk obyektlari texnik rejalarini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chmas mulk obyektlarini texnik hisobga qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2-bob. Malaka imtihonini topshirish tartibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Malaka imtihonini o‘tkazish uchun Agentlik direktorining buyrug‘i bilan besh kishidan kam bo‘lmagan tarkibda Malaka imtihoni komissiyasi tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktori Malaka imtihoni komissiyasi raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi Agentlikning mas’ul xodimlari va Davlat kadastrlari palatasining mas’ul vakillari orasidan shakllantiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi har bir malaka imtihoni uchun alohida tuziladi va doimiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Malaka imtihoni komissiyasi qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun Agentlikka mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani taqdim etadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabgor taqdim etgan hujjatlar to‘liq va ulardagi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan ariza talabgor tomonidan Agentlikka shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali topshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik ariza tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik quyidagi asoslarga ko‘ra malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor mazkur Nizomning 4-bandi talablariga javob bermaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim qilgani aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga ko‘ra malaka imtihonini topshirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Talabgorning malaka imtihonini topshirishi rad etilgan taqdirda Agentlik tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi va talabgor rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda, qabul qilingan qaror haqida uch ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan talabgor rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyingina qayta ariza berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Talabgorning malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish haqida qaror qabul qilinganida talabgor malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi va ro‘yxat malaka imtihoni boshlanishidan oldin Malaka imtihoni komissiyasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Malaka imtihoniga qo‘yilgan talabgor malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi haqida imtihon o‘tkaziladigan kundan kamida o‘n kun oldin mobil telefoni (mavjud bo‘lganda), pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Malaka imtihoniga qo‘yilgan talabgorlar ro‘yxati hamda malaka imtihonini o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumot uni o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki kundan kechiktirmay Agentlik va Davlat kadastrlari palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, lekin ikki oyda kamida bir marotaba o‘tkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi, ish reglamenti, shuningdek test savollari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Malaka imtihonini topshirishda talabgorlar pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Talabgor pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim qilmaganda yoxud malaka imtihoniga kechikkan taqdirda imtihonga qo‘yilmaydi va malaka imtihoniga kelmagan hisoblanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Malaka imtihoniga kechikkan talabgor navbatdagi malaka imtihonidagi talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi va bu haqda mobil telefoni, pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agarda talabgor tegishli tarzda xabardor qilinganidan keyin ikki marotaba malaka imtihonini topshirish uchun kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytariladi. Bunday hollarda, talabgor malaka imtihonidan o‘tish uchun qaytadan ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Malaka imtihoni test sinovi usulida, kompyuter texnikasidan foydalangan holda, talabgorning tanloviga ko‘ra o‘zbek yoki rus tilida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida uni o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda ovozli videoyozuvga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Test savollari va ularning javoblari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining takliflarini hisobga olgan holda kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi asosida Davlat kadastrlari palatasi tomonidan ishlab chiqiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Test savollarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan mavzular Agentlik va Davlat kadastrlari palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test savollari qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda yangilab boriladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Test sinovi geodeziya va yer kadastri yo‘nalishi bo‘yicha 75 ta savoldan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun bir soat vaqt taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Test sinovlari o‘tkaziladigan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, kalkulyator, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish, boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovlari o‘tkaziladigan xonadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan o‘tmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab uch kun ichida Malaka imtihoni komissiyasining test sinovi natijalari qayd etilgan bayonnomasi rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Malaka imtihoni natijalari hamda Malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi Davlat kadastrlari palatasining mas’ul xodimida saqlanishi lozim.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Malaka imtihoni natijalari Malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi rasmiylashtirilgan kunning o‘zida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Talabgorning to‘g‘ri javoblar bo‘yicha yakuniy natijasi 70 foiz va undan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. To‘g‘ri javoblar bo‘yicha yakuniy natijasi 70 foizdan past bo‘lgan talabgor malaka imtihonidan o‘tmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Malaka imtihonidan o‘tmagan talabgorlar uni navbatdagi malaka imtihonida takroran topshirish huquqiga ega, biroq shu kunning o‘zida qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga malaka shahodatnomasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Apellatsiyani ko‘rib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Malaka imtihonidan o‘tmagan talabgor imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun ichida Agentlikka apellatsiya berish huquqiga ega. Apellatsiya yozma yoki elektron aloqa vositalari orqali taqdim etilishi lozim.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Agentlik bir haftalik muddatda apellatsiyani ko‘rib chiqadi va talabgorga qabul qilingan qaror haqida u qabul qilingan kunda yozma ravishda xabar beradi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Agentlik tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
(41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellatsiyani qanoatlantirish va talabgorni malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb hisoblash to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Malaka imtihoni natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror apellatsiyada ko‘rsatilgan asoslar o‘z tasdig‘ini topmagan hollarda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Agentlikning qaroridan norozi bo‘lgan talabgorlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Malaka shahodatnomasini rasmiylashtirish va berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Malaka shahodatnomasi talabgorning fotosurati yopishtirilgan maxsus blankada mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va Toshkent shahar va Toshkent viloyatining barcha hududlarida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Malaka shahodatnomasining blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi va Agentlik buyurtmasiga asosan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan malaka shahodatnomasi Agentlik tomonidan Malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi olinganidan boshlab besh kun ichida rasmiylashtiriladi va Kadastr muhandislari reyestriga imzo qo‘yilgan holda talabgorga beriladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Agar talabgor malaka shahodatnomasini u rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch oy ichida olishga kelmasa yoki uni olishdan yozma ravishda bosh tortsa, Agentlik mazkur shahodatnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Malaka shahodatnomasini qayta rasmiylashtirish
(5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Kadastr muhandisining familiyasi yoki ismi yohud otasining ismi o‘zgargan taqdirda, u tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar berilgan sanadan boshlab bir oy ichida Agentlikka mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
(48-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan malaka shahodatnomasining asl nusxasi bilan birga tegishli o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Malaka shahodatnomasining qayta rasmiylashtirilishi kadastr muhandisi tomonidan ariza berilgan paytdan boshlab besh kun ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Yangi blankada qayta rasmiylashtirilayotgan malaka shahodatnomasining raqami qayd qilinadi. Ilgari berilgan malaka shahodatnomasi blankasi Agentlikda qoldiriladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish va uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Malaka shahodatnomasining amal qilishini tugatish va uni bekor qilish Agentlikning tegishli qaroriga asosan amalga oshiriladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Quyidagilar malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr muhandisining arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr muhandisi faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablarini qastdan buzish;
(55-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish (birlamchi kadastr hujjatlari bundan mustasno), ularning qavatma-qavat rejalarini tuzish, texnik rejalarni rasmiylashtirish, shuningdek ularni texnik hisobga qo‘yish ishlarini amalga oshirishda qastdan noto‘g‘ri xulosa (ma’lumot) berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb e’tirof etish to‘g‘risidagi sud qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Malaka shahodatnomasining amal qilishi uni tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Malaka shahodatnomasi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning malaka shahodatnomasini berish to‘g‘risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
(57-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka shahodatnomasi soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Malaka shahodatnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror malaka shahodatnomasi berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Qonunchilik hujjatlari talablarini buzgani uchun malaka shahodatnomasi bekor qilingan yoki malaka shahodatnomasining amal qilishi tugatilgan kadastr muhandisiga, u bekor qilingan yoki amal qilishi tugatilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida takroran malaka shahodatnomasi berilmaydi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish yoki malaka shahodatnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish yoki malaka shahodatnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kunning o‘zida tegishli kadastr muhandisi va rieltorlik tashkilotiga uning nusxasi yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini bekor qilish yoki uning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan boshlab o‘n kun ichida o‘zining shahodatnomasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun Agentlikka qaytarishi lozim.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Malaka shahodatnomasini bekor qilish yoki uning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Kadastr muhandislari reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Agentlik tomonidan Kadastr muhandislari reyestri yuritiladi va unda kadastr muhandislarining quyidagi ma’lumotlari qayd etiladi:
(64-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr muhandisining familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka shahodatnomasi raqami, berilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka shahodatnomasi olingan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonida qayd etilgan natija;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka shahodatnomasini bekor qilish yoki amal qilishini tugatish, qayta rasmiylashtirish haqidagi ma’lumotlar.
(64-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Kadastr muhandislari reyestri elektron shaklda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr muhandislari reyestrining shakli Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(65-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Kadastr muhandislari reyestriga kiritilgan ma’lumotlardan ochiq foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr muhandislari reyestri Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(66-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Mazkur Nizomni bajarish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.Bekenov

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 13-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikramov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-dekabr,

Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga
_________________________________________________________________________da yashovchi

(yashash manzili)

______________________________________________________________________________dan

(ariza beruvchi F.I.O)

_________________________________________________________________________________

(aloqa telefoni)

_________________________________________________________________________________

(elektron manzili)

ARIZA

Menga ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olish uchun malaka imtihonini topshirishga/qayta rasmiylashtirishga* ruxsat berishingizni so‘rayman.

20 __ yil “____” _______________
Shaxsiy imzo __________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh: arizaning turidan kelib chiqib kerakli so‘zlarning tagiga chizing.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

KADASTR MUHANDISINING MALAKA ShAHODATNOMASI

______________-son

Rasm
‎uchun joy

20 __ yil “___” ____________

Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan

_________________________________________________________________________________ga

(kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olgan shaxsning F.I.O)

__________________________________________________________________________________

(jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami)

Malaka imtihon komissiyasining 20__ yil “__”_______dagi qaroriga asosan kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi berildi.

____________________________________

(vakolatli shaxsning F.I.O)

‏QR-kod

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3211-1, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 10/20/3211/0065-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)