Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTON SSRNING DAVLAT TILI HAQIDA”GI QONUNNI AMALGA OShIRISh DAVLAT DASTURIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oliy Majlisning “Davlat tili toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini yangi tahrirda amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 19-fevraldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston SSRning davlat tili haqida”gi Qonunni amalga oshirish Davlat dasturiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin, uning yangi tahriri ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar Davlat dasturini amalga oshirish tadbirlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi 153-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 10-sentabr,
311-son