Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PQ-4328-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”2019-yil 21-maydagi PQ-4328-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-yanvar,
24-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-martdagi 70-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matni 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Za rassmotreniye zayavleniya na vidachu razresheniya vzimayetsya sbor v sleduyushix razmerax:
10 % ot bazovoy raschetnoy velichini — dlya goroda Nukusa i oblastnix sentrov;
20 % ot bazovoy raschetnoy velichini — dlya goroda Tashkenta;
30 % ot bazovoy raschetnoy velichini — dlya territoriy rayonov i gorodov oblastnogo podchineniya.
Pri obrashenii za polucheniyem gosudarstvennix uslug cherez Yediniy portal interaktivnix gosudarstvennix uslug Respubliki Uzbekistan sbor, ukazanniy v nastoyashem punkte, uplachivayetsya v razmere 90 protsentov.
Summa sbora raspredelyayetsya v sleduyushem poryadke:
a) v sluchaye obrasheniya v yavochnom poryadke v sentri sredstva zachislyayutsya:
20 protsentov summi sbora — na litsevoy schet vnebudjetnogo fonda Agentstva gosudarstvennix uslug pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan;
ostavshayasya chast — na bankovskiy schet ispolnitelya;
b) v sluchaye okazaniya gosudarstvennoy uslugi posredstvom Yedinogo portala interaktivnix gosudarstvennix uslug sredstva zachislyayutsya:
11,25 protsenta summi sbora — na spetsialniy schet GUP “Sentr upravleniya proyektami elektronnogo pravitelstva i sifrovoy ekonomiki pri Natsionalnom agentstve proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan” v upolnomochennom banke;
10 protsentov summi sbora — na litsevoy schet vnebudjetnogo fonda Agentstva gosudarstvennix uslug pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan;
ostavshayasya chast — na bankovskiy schet ispolnitelya.
Informatsiya o razmere sbora i rekvizitax ispolnitelya podlejit razmesheniyu v sentre, na Yedinom portale interaktivnix gosudarstvennix uslug i ofitsialnom sayte Gosarxitektstroya Respubliki Uzbekistan v seti Internet, s postoyannim obnovleniyem”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-maydagi 284-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 71-modda):
a) 1-ilovada:
birinchi xatboshi quyidagi mazmundagi birinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Litsenziya berish haqidagi ariza talabgor tomonidan Yagona portal orqali berilgan taqdirda arizani koʻrib chiqish yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi litsenziya beruvchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Litsenziat tomonidan litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza Yagona portal orqali taqdim etilganda arizani koʻrib chiqish yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi litsenziya beruvchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
beshinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
40-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“40. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza Yagona portal orqali taqdim etilganda arizani koʻrib chiqish yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi litsenziya beruvchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Markazga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan yigʻimning 20 foizi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
birinchi xatboshi quyidagi mazmundagi birinchi — uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“61. Litsenziyaga talabgori tomonidan ariza Yagona portal orqali taqdim etilgan taqdirda davlat boji summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga qolgan qismi esa Respublika budjetiga yoʻnaltiriladi”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 4-ilovada:
14-bandning beshinchi xatboshisidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
23-bandning yettinchi xatboshisidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
26-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
30-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
44-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“44. Toʻlangan davlat bojlari summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Yagona portal orqali murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi;
22,5 foizi — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi;
b) Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
20 foizi — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
qolgan qismi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 17-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi mazmundagi birinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“17. Litsenziya berish haqidagi ariza talabgor tomonidan Yagona portal orqali berilgan taqdirda arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi litsenziya beruvchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 30-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi mazmundagi beshinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza elektron shaklda Yagona portal orqali berilgan taqdirda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi litsenziya beruvchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 32-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Ariza elektron shaklda Yagona portal orqali berilgan taqdirda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi litsenziya beruvchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) 41-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“41. Toʻlanadigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Yagona portal orqali elektron shaklda murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — litsenziya beruvchi organ hisobi raqamiga oʻtkaziladi;
22,5 foizi — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi;
b) Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
20 foizi — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
qolgan qismi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 777-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 221-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 24-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“a) Yagona portal orqali elektron shaklda murojaat qilingan taqdirda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
b) Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda yigʻimning 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 46-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“46. Litsenziya berish uchun toʻlanadigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Yagona portal orqali elektron shaklda murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamigaoʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
b) Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Oʻzbekiston Respulikasi davlat budjetiga oʻtkaziladi”;
v) 67-bandda:
oltinchi va yettinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“a) Yagona portal orqali murojaat qilingan taqdirda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi ishchi organning hisobiga oʻtkaziladi va keyinchalik tushadigan mablagʻlar ishchi organni saqlash, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi;
b) Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda yigʻim summasining 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
sakkizinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. Ruxsatnoma berish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) arizachi ruxsatnoma olish haqidagi arizani Yagona portal orqali berganda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasini rivojlantirish Jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga kelish tartibida murojaat qilinganda toʻlanadigan yigʻim summasining 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Arizachi ruxsatnoma berish haqidagi arizasidan voz kechganda – yigʻim summasi qaytarilmaydi”;
b) 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“38. Arizachi tomonidan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish yoki dublikatini berish haqidagi ariza berilgan taqdirda, qayta rasmiylashtirish yoki dublikat berish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi:
a) Yagona portal orqali murojaat qilinganda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilinganda yigʻim summasining:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi ikkinchi — oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Yagona portal orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Litsenziya berish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda yigʻim sumasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qilingan taqdirda yigʻim summasining:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
toʻrtinchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin.
b) 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda qayta rasmiylashtiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya daʼvogarining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilgani uchun toʻlanadigan yigʻimning 50 foizi undiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda yigʻim sumasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi;
b) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilganda yigʻim sumasining:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
v) 31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. Toʻlanadigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Yagona portal orqali elektron shaklda murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
22,5 foizi — axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun litsenziyalovchi organning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi;
b) davlat xizmatlari markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
20 foizi — axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun litsenziyalovchi organning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 255-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 72-modda):
a) 1-ilovaning 10-bandi “b” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 2-ilovaning 11-bandi “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
v) 3-ilovaning 11-bandi “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 73-modda):
a) 1-ilovada:
11-bandning birinchi xatboshisidagi “ eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “ bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 2-ilovada:
11-bandning birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada:

g) 4-ilovada:
11-bandning birinchi xatboshisidagi “ eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “ bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
9. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 18-maydagi 370-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 115-modda):
a) 1-ilovaning 12-bandi “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25”raqami bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 14-bandi “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10”raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 12-bandi “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning 16-bandi “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
d) 6-ilovaning 16-bandi “b” kichik bandi uchinchi xatboshida “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
e) 7-ilovaning 11-bandi “b” kichik bandi uchinchi xatboshida “10”raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 128-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash uchun roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 22-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Davlat xizmati koʻrsatish uchun YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan summaning 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Toʻlov Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida “SMS-axborotlash” xizmati ulangan bank kartasi bilan naqd pulsiz hisob-kitob qilish orqali, Oʻzbekiston Respublikasi banklari kassalarida hisob raqamidan bank oʻtkazmalari yordamida naqd pulsiz hisob-kitob qilish orqali amalga oshirilishi mumkin”;
b) 23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanayotgan yigʻimning, shuningdek, zargarlik buyumlari bilan savdo qilish uchun roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish toʻgʻrisidagi arizani tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqish uchun toʻlangan qoʻshimcha toʻlovning summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Yagona portal orqali murojaat qilinganda yigʻimning/qoʻshimcha toʻlovning:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Asillik palatasining hisob raqamiga oʻtkaziladi va tushadigan mablagʻlar uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, mehnatga haq toʻlashga va uning xodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qilinganda yigʻimning/qoʻshimcha toʻlovning:
20 foizi — Agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Asillik palatasining hisob raqamiga oʻtkaziladi va tushadigan mablagʻlar uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, mehnatga haq toʻlashga va uning xodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Tezlashtirilgan tartib boʻyicha zargarlik buyumlari bilan savdo qilish uchun roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish haqidagi ariza oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan taqdirda, qoʻshimcha toʻlov summasi ariza beruvchiga qaytarilishi shart”;
v) 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Yagona portal orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi”;
g) 31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berilganligi uchun toʻlanayotgan yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Yagona portal orqali murojaat qilingan taqdirda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Asillik palatasining hisob raqamiga oʻtkaziladi va tushadigan mablagʻlar uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, mehnatga haq toʻlashga va uning xodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda murojaat qilingan holatlarda yigʻim summasining:
20 foizi — Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Asillik palatasining hisob raqamiga oʻtkaziladi va tushadigan mablagʻlar uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, mehnatga haq toʻlashga va uning xodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi”;
d) 46-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi ikkinchi — oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Yagona portal orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi umumiy tartibda qayta rasmiylashtirilganligi uchun toʻlanadigan yigʻimning, shuningdek, zargarlik buyumlari bilan savdo qilish uchun roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqish uchun toʻlangan qoʻshimcha toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Yagona portal orqali murojaat qilingan taqdirda yigʻimning/qoʻshimcha toʻlovning:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Asillik palatasining hisob raqamiga oʻtkaziladi va tushadigan mablagʻlar uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, mehnatga haq toʻlashga va uning xodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga oʻzi borib murojaat etilgan hollarda yigʻimning/qoʻshimcha toʻlovning:
20 foizi — Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Asillik palatasining hisob raqamiga oʻtkaziladi va tushadigan mablagʻlar uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, mehnatga haq toʻlashga va uning xodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
e) 56-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi ikkinchi — oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Yagona portal orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun toʻlanayotgan yigʻimning, shuningdek, zargarlik buyumlari bilan savdo qilish uchun roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqish uchun toʻlangan qoʻshimcha toʻlovning summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Yagona portal orqali murojaat qilingan taqdirda yigʻimning/qoʻshimcha toʻlovning:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Asillik palatasining hisob raqamiga oʻtkaziladi va tushadigan mablagʻlar uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, mehnatga haq toʻlashga va uning xodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qilingan holatlarda yigʻimning/qoʻshimcha toʻlovning:
20 foizi — Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Asillik palatasining hisob raqamiga oʻtkaziladi va tushadigan mablagʻlar uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, mehnatga haq toʻlashga va uning xodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 406-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 132-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 15-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“YIDXP orqali murojaat qilinganda, tegishliligi boʻyicha ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Toʻlov Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida bank kartalari va “SMS-xabardor qilish” xizmati yordamida, Oʻzbekiston Respublikasi banklarining kassalari orqali — naqd va naqdsiz toʻlanishi mumkin”;
b) 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. YIDXP orqali murojaat qilinganda, arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
yigʻimning summasining 11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
yigʻimning summasining 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi litsenziya buruvchi organning bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Talabgor taqdim etgan arizasidan voz kechgan taqdirda, toʻlangan yigʻim miqdori qaytarib berilmaydi”;
v) 26-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziatdan litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi litsenziya beruvchi organning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
beshinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 133-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
b) 30-bandning “b” kichik bandda:
uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin.
toʻrtinchi xatboshidagi “25” raqami “28,125” raqami bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 507-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 7-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari pasportini rasmiylashtirish va berish uchun arizani koʻrib chiqish boʻyicha yigʻim miqdorining izohi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda belgilangan summaning 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda yigʻimning 11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi, yigʻimning 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yigʻimning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
14. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qarorida:
a) 1-ilovaning 10-bandi “b” kichik bandida:
uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “25” raqami “28,125” raqami bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 11-bandi “b” kichik bandida:
uchinchi xatboshisidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “25” raqami “28,125” raqami bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 3-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Ariza koʻrib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) YIDXP orqali murojaat qilinganda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yigʻim summasining:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmaning shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
b) 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Ariza koʻrib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) YIDXP orqali murojaat qilinganda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yigʻim summasining:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
v) 47-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“YIDXP orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi”;
g) 48-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“48. Qayta rasmiylashtirilgan ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnomani berish, shuningdek, ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnoma dublikatini berish uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) YIDXP orqali murojaat qilinganda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.
b) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yigʻim summasining:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
16. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-maydagi 381-son qarorida:
a) 1-ilovada:
12-bandning “ b” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” soʻzlari “11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” soʻzlari “11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 2-ilovada:
11-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” soʻzlari “11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” soʻzlari “11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi nizomning 6-bandi “b” kichik bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
50,625 foizi — Davlat inspeksiyasining hisob raqamiga oʻtkaziladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)