13.01.2020 yildagi 20-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahridagi Elchixonasi binolar kompleksini qurish va jihozlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-apreldagi PQ-4256-son hamda “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 21-iyundagi PQ-4361-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida 2019-yil 25-martda Abu-Dabi shahrida imzolangan, Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Elchixonasini joylashtirish uchun yer uchastkasini taqdim etish toʻgʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda Bitim deb ataladi) amalga oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasiga Abu-Dabi shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi binolari kompleksini qurish va jihozlash uchun Abu-Dabi shahri, dilomatik tumani, Gʻarbiy Havzada (W59/2) joylashgan umumiy maydoni 5575 kv.m boʻlgan 9-sonli yer uchastkasi ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Elchixonasining elchixona binosi, konsullik masalalari boʻyicha fuqarolarni qabul qilish uchun alohida bino, elchi uchun qarorgoh, nazorat-oʻtkazish punktlari, muhandislik-texnik blok, sport inshootlari, 6 ta mashina uchun yopiq garaj, elchixona xodimlari va tashrif buyuruvchilar uchun ochiq avtoturar joy kabi obyektlardan iborat binolari kompleksini (keyingi oʻrinlarda kompleks deb ataladi) qurish va jihozlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompleksni qurish va jihozlash doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — buyurtmachi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzshaharsozlikLITI” DUK — bosh loyihachi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Trest-12” AJ — bosh pudratchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-dekabr — foydalanishga topshirish muddati etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkiloti bilan kompleksni qurish va jihozlashga jalb etiladigan shaxslar Birlashgan Arab Amirliklari hududida boʻlish davrida ularning hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash shartnomasi hamda kompleksni qurish va jihozlash davrida qurilish xavflarini sugʻurtalash shartnomalari tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlarga kompleksni qurish hamda jihozlash davomida safarbarlik ishlarini tashkil etishga koʻmaklashishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleksni qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqilishi va vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bosh pudratchi tashkilotga Abu-Dabi banklarida hisobvaraqlar ochish va ajratilgan mablagʻlar doirasida xorijiy valyutani belgilangan tartibda xarid qilish hamda tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda, valyuta mablagʻlarini kompleksni qurish va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash (Birlashgan Arab Amirliklari hududida undiriladigan yigʻimlar, soliqlar va toʻlovlar, shuningdek, tovarlar va xizmatlar) uchun keyinchalik ushbu hisobvaraqlarga oʻtkazishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi va bosh pudratchi tashkilotga valyuta mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanish boʻyicha masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, kompleksni qurish va jihozlash ishlari yakunlangach, shuningdek, Abu-Dabi banklaridagi hisobvaraqlar yopilgandan soʻngbosh pudratchi tashkilot foydalanilmay qolgan valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga qaytarish uchun buyurtmachiga qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilot bilan birgalikda ikki oy muddatda Birlashgan Arab Amirliklarining qurilish meʼyorlari va standartlariga muvofiq tegishli loyiha va qurilish-montaj hujjatlarini ishlab chiqish uchun Amirlikning muhandislik kompaniyasi belgilangan tartibda jalb qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasikompleksni qurish va jihozlash ishlari uchun olib chiqiladigan zarur qurilish texnikasi, mashinalar va mexanizmlar, qurilish materiallari, uskuna hamda boshqa tovarlarning belgilangan tartibda tezkor bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida kompleksni qurish va jihozlash uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarining tegishli limitlarini belgilangan tartibda nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yilda ushbu qarorning 6-bandida nazarda tutilgan ishlarga 2020 — 2022-yillarda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kompleksni qurish va jihozlash uchun mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ buyurtmachi, bosh pudratchi va bosh loyihachi tashkilotlarning buyurtmanomalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleksni qurish va jihozlash uchun qurilish texnikasi, mashinalar va mexanizmlar, qurilish materiallari, uskunalar va boshqa tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab va tranzit mamlakatlar orqali Abu-Dabi shahriga tashib borish va qaytarib olib kelishni taʼminlasin. Zaruratga koʻra, charter havo yuk tashuvini tashkil etishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleksni loyihalashtirish, qurish va jihozlash ishlarini bajarishga jalb etiladigan shaxslar uchun harakatlanish hujjatlari bron qilinishi va sotib olinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi buyurtmachi, bosh pudratchi va bosh loyihachi tashkilotlarning buyurtmanomalari boʻyicha kompleksni qurish hamda jihozlash ishlarini bajarishda ishtirok etadigan shaxslarga chiqish hujjatlari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 13-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2020-y., 09/20/20/0048-son)