Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga maʼlumotnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser va Narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligining fuqarolarning Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani Davlat xizmatlari markazlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali taqdim etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Belgilansinki, 2020-yil 1-apreldan boshlab:
Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning hisobda turishi yoki turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani toʻgʻridan-toʻgʻri berish amaliyoti bekor qilinadi;
fuqarolarga Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali taqdim etiladi;
narkologiya va ruhiy kasalliklarga chalingan fuqarolar hisobi faqat elektron shaklda yuritiladi.
3. Quyidagilar:
Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimini ishlab chiqsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2020-yil 1-aprelga qadar avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimiga Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser va Narkologiya dispanseri hisobida turgan fuqarolar haqida tegishli maʼlumotlarni kiritib, elektron baza shakllantirilishini taʼminlasin hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda tegishli maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini taqdim qilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
2020-yil 1-fevralga qadar davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi oʻrinlarda Davlat xizmatlari agentligi deb ataladi) bilan kelishilgan holda tasdiqlanishini;
2020-yil 1-martga qadar Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda hududiy boʻlinmalarning YIDXPga ulanishini;
2020-yil 1-aprelga qadar Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarni amalda qoʻllashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
7. Davlat xizmatlari agentligi YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Belgilab qoʻyilsinki, davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.Q. Shadmanov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-yanvar,
18-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 18-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda davlat xizmati deb ataladi) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan koʻrsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
7. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
ERI kaliti boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 foizi miqdorida yigʻim undiriladi (nogironligi boʻlgan yoki toʻliq davlat taʼminotidagi fuqarolar bundan mustasno).
Davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat qilinganda, Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida yigʻim toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
9. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda:
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga oʻtkaziladi;
50 foizi — tegishli Ruhiy kasalliklar dispanseri budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga oʻtkaziladi;
90 foizi — tegishli Ruhiy kasalliklar dispanseri budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga oʻtkaziladi.
10. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng barcha hujjatlar real vaqt rejimida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
13. Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga maʼlumotnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda muhrini bosib, masʼul xodimning imzosini qoʻyib berishi shart.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
SXEMASI
Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
2-ILOVA
| |
_____________ (sana) |
| | | |
_____________ (raqam) |
| ||
|
Fuqarolarning ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun | |||||||||
| I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot: | |||||||||
| 1. Familiyasi (oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumot kiritiladi): | | ||||||||
| 2. Ismi (oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumot kiritiladi): | |||||||||
| 3. Otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumot kiritiladi): | |||||||||
| 4. Pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan): | |||||||||
| 5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda): | |||||||||
| 6. Tugʻilgan sanasi: | |||||||||
| 7. Tugʻilgan joyi: | |||||||||
| 8. Yashash manzili: | |||||||||
| 9. Elektron manzili va telefon raqami: | |||||||||
| II. Ilova qilinadigan hujjat (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa): | |||||||||
| notarial tasdiqlangan ishonchnoma: | |||||||||
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 18-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda davlat xizmati deb ataladi) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan koʻrsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
7. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
ERI kaliti boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 foizi miqdorida yigʻim undiriladi (nogironligi boʻlgan yoki toʻliq davlat taʼminotidagi fuqarolar bundan mustasno).
Davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat qilinganda, Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida yigʻim toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
9. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda:
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga oʻtkaziladi;
50 foizi — tegishli Narkologiya dispanseri budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga oʻtkaziladi;
90 foizi — tegishli Narkologiya dispanseri budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga oʻtkaziladi.
10. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng barcha hujjatlar real vaqt rejimida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
13. Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga maʼlumotnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda muhrini bosib, masʼul xodimning imzosini qoʻyib berishi shart.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
SXEMASI
Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
2-ILOVA
| |
_____________(sana) |
| | | |
_____________(raqam) |
| ||
|
Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun | |||||||||
| | |||||||||
| I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot: | |||||||||
| 1. Familiyasi (oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumot kiritiladi): | | ||||||||
| 2. Ismi (oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumot kiritiladi): | | ||||||||
| 3. Otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumot kiritiladi): | | ||||||||
| 4. Pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan): | | ||||||||
| 5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda): | | ||||||||
| 6. Tugʻilgan sanasi: | | ||||||||
| 7. Tugʻilgan joyi: | | ||||||||
| 8. Yashash manzili: | | ||||||||
| 9. Elektron manzili va telefon raqami: | | ||||||||
| II. Ilova qilinadigan hujjat (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa): | |||||||||
| notarial tasdiqlangan ishonchnoma: | | ||||||||
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2020-y., 09/20/18/0042-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)