09.01.2020 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Nukus mintaqaviy filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va Qoraqalpogʻiston Respublikasida imkoniyati cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatar guruhlariga kiradigan bolalarga va ularning oilalariga, shuningdek, iqtidorli bolalarga koʻrsatilayotgan ijtimoiy-pedagogik, huquqiy, tibbiy-reabilitatsiya va axborot-taʼlim yordamini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Nukus shahrida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi mintaqaviy filialini (keyingi oʻrinlarda Filial deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 6-martdagi 68-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz mintaqaviy filiallari xodimlarining umumiy cheklangan soni 43 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari soni 9 nafar boʻlgan namunaviy tuzilmasi tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning mintaqaviy filiallari faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, bitta xizmat yengil avtotransport vositasi bilan taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarining tegishliyilga “Taʼlim” sohasida nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz bir oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida koʻrsatilgan namunaviy tuzilma asosida Filialning tuzilmasini tasdiqlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yilda Filialni saqlash xarajatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻlar ajratsin hamda har yili zarur boʻladigan budjet mablagʻlarini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Filialni zamonaviy fikrlovchi, yuqori malakali va masʼuliyat tuygʻusi yuqori boʻlgan, imkoniyati cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatar guruhlaridan boʻlgan bolalar va ularning oilalariga, shuningdek, iqtidorli bolalarga ijtimoiy-pedagogik, huquqiy, tibbiy-reabilitatsiya va axborot-taʼlim yordami koʻrsatish sohasida tegishli amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan xodimlar bilan taʼminlash yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialni joylashtirish uchun mos bino ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Filialni zarur jihozlar bilan taʼminlash uchun takliflarni ishlab chiqib, xorijiy va mahalliy tashkilotlarning grantlarini jalb etish yuzasidan tegishli choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-yil, 26-27-son, 295-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 9-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-yanvardagi 11-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan soni — 109 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni — 50 nafar”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 09/20/11/0032-son)