07.01.2020 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning voyaga yetmagan bolalari (keyingi o‘rinlarda xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan qaytariladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tashkil etiladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar hududida ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan taqdirda, ularning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini tasdiqlash, shuningdek, bola shaxsini tasdiqlovchi hamda unga O‘zbekiston Respublikasiga kirish (qaytib kelish) huquqini beruvchi vaqtinchalik hujjatni rasmiylashtirish va berish O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya, Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari, ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari, ta’lim muassasalari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari, sog‘liqni saqlash muassasalari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni O‘zbekistonga qaytarishda ishtirok etuvchilar hisoblanadi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy va tarkibiy tuzilmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bo‘yicha ichki ishlar organlarining so‘rovnomalarini o‘rganib chiqib, tegishli ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bildirishnomalarni mazkur shartnomalar depozitariylariga yuborilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.Q. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 7-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning voyaga yetmagan bolalarini O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish (keyingi o‘rinlarda xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish deb ataladi) ishlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish borasidagi faoliyat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Tashqi ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb ataladi) xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish bo‘yicha vakolatli organlar hisoblanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish borasidagi faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi deb ataladi) tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish borasidagi tadbirlar mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish borasida o‘zaro axborot almashish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bo‘yicha ma’lumotlar ushbu davlatlarning vakolatli organlaridan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga kelib tushganda yoxud ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylik va homiylik organlari yoki boshqa yaqin qarindoshlarining murojaatlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan kuni zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga (keyingi o‘rinlarda Konsullik-huquqiy departamenti deb ataladi) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vakolatli organlar xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bo‘yicha ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda o‘zaro axborot almashish yo‘li bilan ham olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalaridan xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bo‘yicha olgan ma’lumotlarni bir ish kuni mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)ga yuboradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Boshqa davlatlardagi vakolatli organlar tomonidan xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish to‘g‘risida yuborilgan ma’lumot Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasiga kelib tushgan vaqtdan boshlab, Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda bolaga oid barcha ma’lumotlar o‘n besh kun ichida jamlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari Agentlikning hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda qaytarilishi lozim bo‘lgan bola to‘g‘risida fuqarolar yig‘inidan, doimiy yoki vaqtincha yashaganligi, yaqin qarindoshlari, ota-onasi to‘g‘risida, FHDY organlaridan tug‘ilganlik guvohnomasi, xalq ta’limi bo‘limidan o‘qigan ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinishini ta’minlaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi yoki uning hududiy bo‘linmalari zarurat tug‘ilganda, olib kelinishi lozim bo‘lgan bola to‘g‘risida davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan hamda fuqarolardan ma’lumotlar, boshqa zarur hujjatlar hamda materiallarni so‘rash va olish huquqiga ega bo‘lib, buning uchun ularga so‘rov xati bilan murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Barcha ma’lumotlar to‘plangandan so‘ng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 yoshdan katta bolalarni olib kelish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va Agentlik rahbariyatining tegishli ko‘rsatmasiga asosan ichki ishlar organlari va Agentlik hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 yoshga to‘lmagan bolalarni olib kelish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi, Agentlik hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatining tegishli ko‘rsatmasiga asosan ichki ishlar, Agentlik hududiy bo‘linmalari va sog‘liqni saqlash organlari mas’ul xodimlariga shu kunning o‘zida xizmat safari guvohnomasi rasmiylashtiriladi hamda bolalarni qaytarish uchun ushbu bolalar ushlab turilgan davlatga xizmat safariga yuboriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 3 yoshga to‘lmagan bolalarni qaytarish borasidagi tadbirlar huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari va Agentlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan sog‘liqni saqlash organlari (bolalar uylari)ning tibbiyot xodimlari kuzatuvida amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarishda ichki ishlar, Agentlik va sog‘liqni saqlash organlarining mas’ul xodimlari quyidagicha ajratiladi:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-2 nafar voyaga yetmaganni olib kelish uchun 1 nafardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-4 nafar voyaga yetmaganni olib kelish uchun 2 nafardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 nafar va undan ko‘p voyaga yetmaganni olib kelish uchun 3 nafardan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarishda ikki yoki undan ortiq xodim ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli organlar rahbariyati tomonidan guruh rahbari tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli organlar rahbariyati xizmat safariga yuborilayotgan xodimlar bilan bolalarni qaytarish yuzasidan belgilangan tartibda yo‘riqnoma o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. O‘zbekistonga qaytarib olib kelingan bolalar bilan profilaktik tadbirlarni tashkil etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar olib kelingandan so‘ng doimiy yashash joyi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Agentlik hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda ularni ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, muqobil joylashtirish shakllariga yoxud Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga (keyingi o‘rinlarda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi deb ataladi) qonunchilik hujjatlariga muvofiq joylashtirish choralarini ko‘radi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 3 yoshdan katta bolalar bilan ushbu markazning psixologi hamda ijtimoiy xodimi tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq profilaktik tadbirlar amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 3 yoshga to‘lmagan bolalar olib kelingandan so‘ng shu kunning o‘zida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bolalar uylariga joylashtiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qaytarilgan bolalarning ota-onasi (ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslar) yoxud ulardan biri O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan hollarda, olib kelingan bolalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq shu kunning o‘zida ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga topshiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Nizom bandlari va O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalarning bandlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelganda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bolalarni qaytarish borasidagi sarf-xarajatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli organlarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyekt

Bajarish mexanizmi

Bajarish muddatlari

1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari

Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bolalarning ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar. vasiylik va homiylik organlari yoki boshqa yaqin qarindoshi

1. Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bolalari bo‘yicha olingan ma’lumotlarni Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yuboradi.

Ma’lumot olingan kulga

2. Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tashqi ishlar vazirligiga (Konsullik-huquqiy departamentiga) taqdim etadi.

2-bosqich

Tashqi ishlar vazirligining

Konsullik-huquqiy departamenti

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalaridan xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bo‘yicha olingan ma’lumotlarni Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)ga yuboradi.

1 ish kunida

3-bosqich

Ichki ishlar vazirligining

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari

Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish to‘g‘risidagi ma’lumot kelib tushgan vaqtdan boshlab bolaga oid barcha ma’lumotlarni jamlaydi.

15 kun ichida

4-bosqich

Ichki ishlar vazirligi, Agentlik,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

1. Barcha ma’lumotlar to‘plangandan so‘ng Ichki ishlar vazirligi, Agentlik hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati tegishli ko‘rsatmasiga asosan xizmat safari guvohnomasi rasmiylashtiradi.

Shu kunning o‘zida

2. Bolalarni qaytarish uchun mas’ul xodimlar ushbu bolalar ushlab turilgan davlatga xizmat safariga yuboriladi.

Belgilangan muddatda

5-bosqich

Ichki ishlar organlari, Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari

Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar olib kelingandan so‘ng doimiy yashash joyi bo‘yicha ularni ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, muqobil joylashtirish shakllariga yoxud Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq joylashtirish choralarini ko‘radi.

Shu kunning o‘zida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 09/20/6/0026-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)