25.12.2019 yildagi 1032-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-sentabrdagi PF-5837-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
a) 1-ilovaning 12 va 121-bandlaridagi “20/120” raqamlari “15/115” raqamlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son)