14.12.2019 yildagi СҚ-556-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabr kuni qabul qilingan “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy eʼlon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-556-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistan Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019-yil 14-dekabrdagi SQ-556-III-sonli Qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish boʻyicha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TADBIRLAR REJASI

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochi

Vazirlik va idoralardan

Vazirlar Mahkamasidan

I. Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish

1.

Qonun qabul qilinganligi munosabati bilan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish yuzasidan qayta koʻrib chiqish.

1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

1.2. Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish.

1.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati

2.

Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish.

2.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish.

2.2. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati

II. Qonunni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar oʻtkazish

3.

Maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlari, mudir oʻrinbosarlari va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqish.

3.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

3.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati

4.

Maktabgacha taʼlim muassasalari pedagoglarining kasbiy standartlarini tasdiqlash hakidagi karor loyixasini ishlab chiqish.

4.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

4.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

4.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng toʻrt oy muddatda

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati

5.

Koʻrish, eshitish qobiliyatini, tayanch-harakat apparatini tuzatishga muhtoj boʻlgan bolalarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan harakatlanish, protezlash, axborotni idrok etish va qabul qilish vositalari, shuningdek boshqa individual tuzatish vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqish.

5.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

5.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

5.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng toʻrt oy muddatda

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati

III. Qonunni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish

6.

Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish.

6.1. Reja-grafik ishlab chiqish
va tasdiqlash.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda

Maktabgacha taʼlim vazirligi, OʻzA, MTRK, Adliya vazirligi

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati

6.2. Reja-grafikni amalga oshirish.

Reja-grafik asosida

7.

OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga qaratilgan turkum maqola, koʻrsatuv, eshittirishlar berib borish.

7.1. Reja-grafik ishlab chiqish
va tasdiqlash.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda

Maktabgacha taʼlim vazirligi, OʻzA, MTRK, Adliya vazirligi

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati

7.2. Reja-grafikni amalga oshirish.

Reja-grafik asosida