Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pillachilik tarmogʻida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4411-son qarori ijrosini taʼminlash hamda pillachilik sohasini rivojlantirish uchun zarur tut koʻchatlarini ekish harajatlarini moliyalashtirish, Toshkent viloyatidagi boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-dekabr,
1044-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-dekabrdagi 1044-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-yanvardagi 43-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 46-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“46. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnomalar berish va noqonuniy kesishdan tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Ekologiya, atrofmuhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga tushadi va uning 26 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
Tut daraxtlarini gʻayriqonuniy ravishda kesganlik, shikastlantirganlik yoki yoʻq qilganlik uchun undirilgan jarimalar Ekologiya, atrofmuhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Bunda, undirilgan jarimalarning 50 foizi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining hisobvaragʻiga, 26 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻlar, qonunbuzarlik sodir etilgan hududda maqsadli ravishda yangi tut koʻchatlarini ekishga yoʻnaltiriladi. Ushbu mablagʻlarni boshqa maqsadlarga, shu jumladan, qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltirish taqiqlanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 3-oktabrdagi 840-son qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Oʻrtaovul QFY, Amir Temur koʻchasida joylashgan Zangiota tumani agroservis kasb-hunar kollejining bino va inshootlarinitegishli hududi (asosiy vositalari) bilan birgalikda Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2019-y., 09/19/1044/4240-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/464/0761-son)