1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.01 Umumiy qoidalar. Daraxt va butazorlarni kesish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2022-yil 23-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tizimlashtirish va ulardan foydalanish uchun ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2019-yil 1-martgacha davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha metodik qo‘llanmani ishlab chiqsin va amalga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vazirliklar va idoralar, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyungacha davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlar xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 17-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-yanvardagi 43-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, butash, kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning tomorqa yer uchastkalarida o‘sadigan daraxtlar va butalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pitomnik va plantatsiyalarda yetishtiriladigan daraxtlar, nihollar va butalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan va ular tomonidan qurilish materiali hamda hosil olish maqsadida ekilgan daraxtlar va butalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxtlarni ekish — nihollar yoki qalamchalarni ekish yoki ko‘p yillik daraxtlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butalarni ekish — sun’iy (madaniy) sharoitda yetishtirilgan butasimon o‘simliklar ko‘chatlarini ekish yoki ularni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parvarish qilish — daraxtlar va butalarni sug‘orish, oziqlantirish, butash, oqlash, shuningdek, turli zararkunanda va kasalliklar ta’sirida zararlangan yoki kasalliklarga chalingan daraxtlar va butalarga yoxud bunday holatlarning oldini olish maqsadida agrotexnika qoidalariga rioya etgan holda kimyoviy ishlov berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butash — daraxtlar va butalarning o‘sish darajasiga shikast yetkazmasdan, agrotexnika qoidalariga rioya etgan holda shakl berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxtlar va butalarni kesish — binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda qurilish maydonidagi yoki texnika va moslamalarning ishlashiga, infratuzilmalarni joylashtirishga xalaqit beradigan daraxtlar va butalarni tag qismidan kesib olib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya maqsadida kesish — tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan hamda insonning hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan, shoxlari betartib o‘sishi natijasida qo‘shilib ketgan yoki singan, avariya holatidagi daraxtlar va butalarni tag qismidan, tanasining bir qismini (asosiy tanadan ajralib chiqqan qismi) yoki ularning shoxlarini kesib olib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish — daraxtlarni muhofaza qilish maqsadida ularning soni, turi, yoshi, tanasining diametri, geografik joylashuvi va boshqa parametrlari bo‘yicha hisobga olish hamda reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiyaviy ekish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kesilgan (yo‘q qilingan) daraxtlar o‘rniga majburiy ravishda manzarali va boshqa daraxtlar ko‘chatlarini ekish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Daraxtlar va butalarning quyidagi toifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtlar va butazorlar, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘llar va avtomobil yo‘llarining, tabiiy va sun’iy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtlar va butazorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa yer uchastkalaridagi va bog‘ uchastkalaridagi daraxtlar va butazorlar o‘rmon fondiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik shaxslar tomonidan o‘zlariga tegishli yoki biriktirilgan hududlardagi daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, butash, kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish va daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish ishlari olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish va daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi organlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish va daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish ustidan jamoat nazorati fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish va parvarish qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Daraxtlar va butalarni ekish ularning turlari, iqlim sharoitiga moslanuvchanligiga, yer osti suvlarining yaqinligi, erning sho‘rlanish darajasi, sug‘orish tizimi mavjudligi hamda ularning funksional vazifalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ekish uchun joy tanlashda daraxtlar va butalarning bioekologik xususiyatlari, tuproqning unumdorligi, qurg‘oqchilikka chidamliligi, shuningdek, quyoshli va soya joylarga moslashuvchanligi e’tiborga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish va parvarish qilish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Daraxtlar va butalarni ekish uchun joy tanlash va ularni ekish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va boshqa aholi punktlarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlariga biriktirilgan yo‘l va ko‘chalar bo‘ylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarga tegishli hududlarda — ushbu tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘llar va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy va sun’iy suv oqimlari, suv havzalari hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda suv xo‘jaligi organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaligi yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari;

zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

10. Ekish ishlari bahor va kuz oylarida ob-havo sharoiti, daraxtlar va butalarning tutuvchanligi, shuningdek, har bir daraxt va butaning turlariga mos keladigan ekishning agrotexnika qoidalariga rioya etgan holda olib boriladi. Yilning boshqa fasllarida ham ehtiyojdan kelib chiqib, daraxtlar va butalarni ekish mumkin, ularni ko‘chirish ishlari yil davomida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Daraxtlar va butalarni sug‘orish va oziqlantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko‘chalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqda tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki ko‘chalar, mahallalar hududlari hamda ko‘p qavatli uylar oralig‘i va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqda tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkilotlari;

temir yo‘llar bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkilotlari;

daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar bo‘ylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xo‘jaligi organlari;

fermer xo‘jaliklari yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — mazkur yer egalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Daraxtlar va butalarni butash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko‘chalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa aholi punktlarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘llar bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar bo‘ylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xo‘jaligi organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaligi yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira yerlarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butashdan hosil bo‘ladigan shox-shabbalarni olib chiqib ketish ushbu ishlarni bajargan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Turli zararkunanda va kasalliklar ta’sirida zararlangan yoki kasalliklarga chalingan daraxtlar va butalarga kimyoviy ishlov berish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va boshqa aholi punktlarida hamda zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan hududlarda esa ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish statistik hisobotlarni tuzishda foydalanish uchun ma’lumotlar olish, ko‘kalamzorlashtirishni rivojlantirish, yangi obyektlarni qurish va mavjud obyektlarda rekonstruksiya ishlarini rejalashtirish, shaharlar va boshqa aholi punktlarida landshaft-arxitektura obyektlarini qayta tiklash, rekonstruksiya qilish va foydalanish, ularning saqlanishi va holati uchun javobgar shaxslarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xatlov natijasida daraxtlarning soni, turi, holati, yoshi, tanasining diametri, geografik joylashuvi va boshqa parametrlari hisobga olinib, ularning reyestrlari shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xatlov har besh yilda bir marta, bahor oylarida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxema asosida o‘tkaziladi. Uni o‘tkazish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatli organlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xatlovni o‘tkazish uchun har bir hududda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qabul qilinadi. Ushbu qarorlarda xatlovni o‘tkazish bo‘yicha Ishchi guruh tarkibi, xatlovlarni o‘tkazish vaqti va natijalarini taqdim etish muddatlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tarkibi mahalliy davlat hokimiyati, Davlat ekologiya qo‘mitasi, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri, uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish organlari vakillari hamda o‘zlariga tegishli yoki biriktirilgan hududlarda xatlov o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar vakillaridan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishchi guruh tomonidan shaharlar, tumanlar va boshqa aholi punktlari, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari hamda tabiiy va sun’iy suv havzalarining xaritalari yoki sxemalari asosida xatlov o‘tkaziladigan uchastkalar va ularga mas’ullar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh faoliyati Davlat ekologiya qo‘mitasi organlari tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xatlov ishlari aholi yashash punktlarida, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, tabiiy va sun’iy suv havzalari bo‘ylarida, fermer xo‘jaliklari yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda, zaxira yerlarda hamda tashkilotlar hududlarida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xatlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov o‘tkazishga mas’ul shaxslar tomonidan joyiga chiqqan holda daraxtlarni hisobga olish va ularni jurnalda qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayd etilgan ma’lumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish, ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan Daraxtlar xatlovini ro‘yxatga olish daftariga (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxatga olish daftari deb ataladi) kiritish hamda elektron bazani shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xatlov ishlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha metodik qo‘llanma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yangi (joriy yilda) ekilgan daraxtlar esa ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan subyektlar tomonidan Ro‘yxatga olish kitobiga kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xatlov o‘tkazishda yuz yoshdan oshgan daraxtlar aniqlanganda, ularni tabiat yodgorliklari sifatida muhofazaga olish uchun Ro‘yxatga olish daftari bo‘yicha alohida reyestr yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu daraxtlarni tabiat yodgorligi deb e’lon qilish O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tabiat yodgorligi deb e’lon qilingan daraxtlarni tashqi ta’sirlardan himoya qilish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari yer egalari bilan birgalikda ushbu daraxtlarning atrofi tanasidan bir metrdan kam bo‘lmagan masofada va balandligi bir metr yigirma santimetr bo‘lgan metall panjara bilan o‘ralishini ta’minlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ushbu daraxtlarni ko‘rishga kelgan tashrif buyuruvchilar uchun ma’lumot sifatida davlat tilida, rus va ingliz tillarida daraxtning nomi, uning yoshi, xatlov raqami, joylashgan manzili yozilgan yorliq daraxtga osib qo‘yilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko‘chalarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalar hududlari hamda ko‘p qavatli uylar oralig‘i va atrofi, shu jumladan, ko‘chalarda, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarga tegishli bo‘lgan hududlarda — yer egalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘llar bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar bo‘ylarida — biriktirilganligi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati hamda suv xo‘jaligi organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari yerlarida va boshqa qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda — yer egalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan subyektlar tomonidan taqdim etilgan xatlov natijalari tegishli Ishchi guruh tomonidan umumlashtiriladi va uning elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ma’lumotlar Ishchi guruh tomonidan 20 kundan kechiktirmasdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha bazani shakllantirish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi organlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘z navbatida taqdim etilgan ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tomonidan respublikada yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologiya qo‘mitasi respublika bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va o‘zining veb-saytida joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yagona elektron ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirishlar faqat keyingi xatlov natijalari, Davlat ekologiya qo‘mitasi organlari xulosasiga binoan sanitariya maqsadida yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatnomasiga muvofiq qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilishi bilan bog‘liq holda, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan daraxtlarni noqonuniy kesish hamda yangi ekilgan daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yagona elektron ma’lumotlar bazasidan kelajakda qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun daraxtzorlar mavjud uchastkalarda loyihalashtirish, davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish va boshqa ishlarni olib borish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bepul foydalanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlar va butalarni kesish yoki sanitariya maqsadida kesish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Daraxtlar va butalarni sanitariya maqsadida kesish ular tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan, shoxlari betartib o‘sishi natijasida qo‘shilib ketgan yoki singan, shuningdek, avariya holatida bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sanitariya maqsadida daraxtlar va butalarning shoxlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quriyotgan yoki qurib qolgan;

betartib o‘sishi natijasida hovli, ko‘cha va boshqa jamoat joylarining ko‘rinishini buzib turgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli infratuzilmalar faoliyatiga xalaqit berayotgan;

shuningdek shamol, qor yoki boshqa tabiiy jarayonlar ta’sirida sinishi natijasida odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan holatlarda kesiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sanitariya maqsadida daraxtlar va butalar tanasining bir qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quriyotgan yoki qurib qolgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakli xunuk o‘sishi natijasida hovli, ko‘cha va boshqa jamoat joylarining ko‘rinishini buzib turgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallikka chalingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli infratuzilmalar faoliyatiga xalaqit berayotgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoxlari kasallik tarqatuvchi hayvonlar va hasharotlarning manbaiga aylangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek shamol, qor yoki boshqa tabiiy jarayonlar ta’sirida sinishi yoki sinish ehtimoli natijasida odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan holatlarda kesiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Sanitariya maqsadida daraxtlar va butalarni tag qismidan kesish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quriyotgan yoki qurib qolgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dekorativ xususiyatini yo‘qotish natijasida hovli, ko‘cha va boshqa jamoat joylarining ko‘rinishini buzib turgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallikka chalingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli infratuzilmalarga xalaqit berayotgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallik tarqatuvchi hayvonlar va hasharotlarning manbaiga aylangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi yashash joylari, jamoat binolari va bolalar o‘yin maydonchalari uchun insolatsiya (quyosh nuri tushishi) bo‘yicha ko‘rsatilgan sanitariya talablariga mos kelmaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zidan turli allergiya chaqiruvchilarni tarqatadigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish normalari va qoidalari talablariga to‘g‘ri kelmaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan holatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sanitariya maqsadida daraxtlar va butalarning shoxlari, tanasining bir qismini va tag qismidan kesish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va tumanlar markazidagi ko‘chalarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalar hududlari hamda ko‘p qavatli uylar oralig‘i va atrofi, shu jumladan, ko‘chalar va boshqa aholi punktlarida — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, shuningdek, fuqarolarning murojaatiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘llar bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar bo‘ylarida — tegishliligi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati va suv xo‘jaligi organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Daraxtlar va butalarni sanitariya maqsadida tanasining bir qismini va (yoki) tag qismidan (qurigan va kasallangan daraxtlarni) kesish Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarining xulosasi asosida to‘lovlarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daraxtlar va butalarning shoxlarini sanitariya maqsadida kesish yoki butashga xulosa talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Daraxtlar va butalarni kesishga binolar, inshootlar, kommunakatsiyalar va boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga, shuningdek, muhandislik tadqiqot ishlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan holatlarda yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kesilishi ko‘rsatilgan daraxtlar va butalarni Davlat ekologiya qo‘mitasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari boshqa joyga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqadi. Agar ko‘chirishning imkoni bo‘lmasa Davlat ekologiya qo‘mitasi organlari xulosasi asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Daraxtlar va butalarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish uchun xulosa va ruxsatnomalar olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan va ular tomonidan yog‘och-taxta va hosil olish uchun ekilgan daraxtlar va butalarni, shu jumladan, ipak qurtini boqish maqsadida tut daraxti shoxlarini kesishga Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarining xulosasi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Daraxtlar va butalarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish ishlari mahalliy davlat hokimiyati organlarining Obodonlashtirish boshqarmalari yoki ushbu turdagi xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan to‘lov evaziga amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim hamda kasb-hunar ta’limi muassasalarida daraxtlar va butalarni kesish yoki sanitariya maqsadida kesish ishlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Daraxtlar va butalarni kesish yoki sanitariya maqsadida tagidan kesish ishlari ularning erdan unib chiqqan tanalarini yer bilan bir tekis qilib kesish yo‘li bilan amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Daraxtlar va butalarni yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan kesish ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan to‘lovlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesishdan hosil bo‘lgan shox-shabba va boshqa hosilalarni tashish va olib chiqib ketish ushbu ishlarni amalga oshirgan mas’ullar tomonidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Davlat budjeti, xorijiy va xalqaro tashkilotlar kreditlari va grantlari yoki xalqaro moliya institutlarining investitsiyalari hisobiga moliyalashtirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, farmoyishlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun kesiladigan daraxtlar va butalar istisno tariqasida, belgilangan to‘lovlardan ozod etilgan holda Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarining xulosalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida kesiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Daraxtlarni kesishdan manfaatdor bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari daraxtlarni kuzgi yoki bahorgi ekish davrida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tavsiya etilgan hududlarda har bir kesilgan daraxt o‘rniga o‘n tup daraxt ekib berish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daraxtlarning amalda ekilganligi Davlat ekologiya qo‘mitasi, daraxtlarni kesishdan manfaatdor bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari, shuningdek biriktirilgan hududlar bo‘yicha ushbu Nizomning 11-bandida keltirilgan subyektlar tomonidan imzolangan dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekilgan daraxtlarning hisobini yuritish Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Daraxtlar va butalarni Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarining xulosalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari ruxsatnomalarisiz kesish noqonuniy kesish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnomalar berish va noqonuniy kesishdan tushadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Ekologiya, atrofmuhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasining hisobvarag‘iga tushadi va uning 26 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tut daraxtlarini g‘ayriqonuniy ravishda kesganlik, shikastlantirganlik yoki yo‘q qilganlik uchun undirilgan jarimalar Ekologiya, atrofmuhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Bunda, undirilgan jarimalarning 50 foizi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining hisobvarag‘iga, 26 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli mahalliy budjetlariga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar, qonunbuzarlik sodir etilgan hududda maqsadli ravishda yangi tut ko‘chatlarini ekishga yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘larni boshqa maqsadlarga, shu jumladan, qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirish taqiqlanadi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-dekabrdagi 1044-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2019-y., 09/19/1044/4240-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish, tagi bilan qo‘porib olish yoki ularni qurib qolish darajasigacha shikastlantirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularni noqonuniy kesish yoki tagi bilan qo‘porib olish holatlari sodir etilganda, kesilgan yoki qo‘porib olingan daraxtlar va butalar tanasi qonunbuzarlardan olib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Etkazilgan zararni undirish ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan bitta daraxt va butani kesish uchun berilgan ruxsatnoma qiymati miqdorining bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsentlari:
(49-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam qimmatli daraxtlar turi uchun 5 baravarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli yog‘ochbop daraxtlar uchun 10 baravarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 yoshdan oshgan daraxtlar uchun esa 20 baravarga ko‘paytirish bilan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish va parvarish qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Xatlov har 5 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daraxtlarni xatlovdan o‘tkazishni ro‘yxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daftari (titul varag‘i)

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlarni xatlovdan o‘tkazishni ro‘yxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jadvali (ro‘yxatga olish daftari uchun)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlov o‘tkazilgan joy (viloyat, tuman, massiv, mahalla, qishloq fuqarolar yig‘ini, trassa, razyezd, xo‘jalik, kontur va boshqalar)
Xatlov o‘tkazilgan uy-joy shirkati, guzar, ko‘chalar, trassalar va razyezdlar oraliqlari, konturlar qismi va boshqalar
Xatlovga olingan daraxtlar biriktirilgan obyektlar (chorraha, bekat, uy, bino, piketajlar oralig‘i va boshqalar)
Daraxtning turi (nomlanishi)
Daraxtning xatlovda ro‘yxatga olingan raqami
Daraxt tanasining diametri (1,3 metr balandlikdagi), sm
Daraxtning taxminan yoshi, yil
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni kesganlik uchun to‘lov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
miqdorlari

Kesishga ruxsat berilgan daraxtlarning 1,3 m balandlikdagi tanasining diametri, sm (daraxtlarni noqonuniy kesishda daraxt tanasining yer bilan tutashgan joyidagi diametri olinadi)*
Bitta daraxtni kesish uchun berilgan ruxsatnoma qiymati miqdori
(belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)
kam qimmatli daraxtlar turi uchun: aylanta, akatsiya, yapon soforasi, terak va boshqalar**
qimmatli (yog‘ochbop) daraxtlar: yong‘oq, pista, bodom, qarag‘ay, barcha turdagi archalar, sharq biotasi, eman, chinor, shumtol, oqqayin, kashtan, lola daraxti, magnoli, forzitsiya va tut va boshqalar**
4 sm gacha
0,2
0,4
4,1 — 8
0,3
0,6
8,1 — 12
0,4
1,0
12,1 — 16
0,6
1,3
16,1 — 20
1,0
1,8
20,1 — 24
1,5
2,5
24,1 — 28
1,8
3,5
28,1 — 32
2,3
4,5
32,1 — 36
3,3
5,5
36,1 — 40
4,4
6,5
40,1 — 44
5,2
8,0
44,1 — 48
6,2
9,5
48,1 — 52
7,2
10,5
52,1 — 56
8,2
11,5
56,1 — 60
9,2
13,5
60,1 — 64
10,5
14,5
64 santimetrdan ortiq diametrning har bir santimetri uchun to‘lov 0,5 koeffitsiyent miqdorida oshadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.

1. Butalarning diametri ildiz bo‘g‘zidan o‘lchanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kam qimmatli va qimmatli yog‘ochbop daraxtlarning umumiy ro‘yxati Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 09/19/43/2498-son, 28.12.2019-y., 09/19/1044/4240-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)