Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Bugungi kunda vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning formali kiyim-boshi davlat tuzilmalari vakilining uslub boʻyicha yagona koʻrinishini yaratishga moʻljallangan.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari) bir qator boʻlinmalarida ular tomonidan bajariladigan vazifalarning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olinmagan formali kiyim-bosh kiyish tartibi amalda boʻlib, bu holat noqulayliklarga va formali kiyim-boshga nisbatan eʼtiborsiz munosabatda boʻlishga olib kelmoqda.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlari xodimlari uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish, shuningdek ularga yuklatilgan xizmat vazifalarining oʻziga xosligini inobatga olib, kiyim-bosh kiyib yurish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yilning 1-yanvariga qadar bosqichma-bosqich tartibda boʻysunuvidagi boʻlinmalarning quyidagi vazifalarni bajarishda harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqini nazarda tutuvchi takliflari rozilik berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
tantanali formali kiyim-bosh — rasmiy, bayram, tantanali va xalqaro tadbirlarda, sud majlislarida, ommaviy axborot vositalari bilan uchrashuvlar va intervyularda, shuningdek, oʻquv mashgʻulotlarida;
dala (kamuflyajli) formali kiyim-bosh — oʻquv-amaliy mashgʻulotlar davrida, favqulodda vaziyatlarda, harbiy (alohida) holatda, shuningdek, maxsus operatsiyalarni oʻtkazish vaqtida faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Harbiy prokuraturasining xodimlari (harbiy xizmatchilari) tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
maxsus (mahkama) formali kiyim-bosh — xizmat vazifalarini bevosita xizmat xonalarida (bino, transport vositasi, harbiy qism) amalga oshirish vaqtida ichki ishlar organlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining kinologiya boʻlinmalari xodimlari (harbiy xizmatchilari) tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
2. Belgilansinki, davlat organlarida kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi faqatgina quyidagilar uchun saqlanib qoladi:
kundalik xizmat faoliyatida bevosita aholi bilan ishlaydigan ichki ishlar organlari boʻlinmalari xodimlari (tezkor va tergov boʻlinmalardan tashqari);
faoliyatini bevosita bojxona postlarida amalga oshiradigan bojxona xizmati boʻlinmalari xodimlari (tezkor, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kinologiya xizmatlaridan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
xizmat majburiyatlarini bajarayotgan davlat ijrochisi maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari xodimlari;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
boʻlinmalarning sohasidan qatʼi nazar ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va bojxona xizmatlarining rahbarlar tarkibi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ommaviy va qishloq xoʻjaligi tadbirlarni bevosita oʻtkazish vaqtida jamoat tartibini saqlashni taʼminlash, shuningdek, yoʻl-patrul xizmatining muntazam postlarida xizmatni oʻtash vaqtida maxsus (mahkama) formali kiyim-bosh kiyib yurishga ruxsat etilsin.
4. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy taʼlim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga taʼlim muassasasi hududida har kuni dala (kamuflyajli) formali kiyim-bosh kiyib yurishga ruxsat etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xodimlari uchun soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, soliq nazoratini amalga oshirish va soliq qarzdorligini undirish vaqtida identifikatsiya raqamli metall jetonni taqib yurish qoidalari joriy qilinadi xamda tantanali va kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish tartibi bekor qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
formali kiyim-bosh sirasiga kirmaydigan kiyimning garderobi tarkibi va kundalik kiyib yurish tartibi xizmatni oʻtashning oʻziga xosligini, iqlim sharoitlarini hamda davlat xizmatchilarining umumeʼtirof etilgan odob-axloq normalarini inobatga olgan holda davlat organlarining rahbarlari tomonidan belgilanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
bir oy muddatda mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda formali kiyim-boshning yangilangan roʻyxatini (garderobi tarkibini), uni kiyib yurish qoidalari, kiyim-kechak taʼminoti meʼyorlari va ulardan foydalanish muddatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tugilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar davlat organlarining asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, davlat organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* ilova rus tilidagi matnda berilgan.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-iyul,
PQ-4394-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 07/19/4394/4220-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son; 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)