Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-dekabr,
PQ-4552-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-dekabrdagi PQ-4552-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2800-son qarorining rus tili matni 1-ilovasining 8-bandidagi “i Spetsialnoye avariyno-vosstanovitelnoye upravleniye” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3549-son qarorida:
2-ilovadagi “Maxsus avariyaviy-qayta tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)” bloki chiqarib tashlansin;
3-ilovadagi “Maxsus avariyaviy-qayta tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)” bloki chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus avariya-tiklash boshqarmasida (keyingi oʻrinlarda — 15361-harbiy qism)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-banddagi “15361-harbiy qismda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 5-bandning uchinchi xatboshidagi “15361-harbiy qism” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 9-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Milliy gvardiya va FVVga harbiy xizmatga kelayotgan fuqarolarni, shuningdek, Milliy gvardiya va FVVning shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchilarini va ularning oila aʼzolarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Mudofaa vazirligi tasarrufidagi HTK tomonidan amalga oshiriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 07/19/4552/4201-son)