Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4699/0520-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-avgustdagi PQ-5234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 07/21/5234/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Elektron hukumat tizimini yanada takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumatni yanada rivojlantirish strategiyasini nazarda tutuvchi 2018 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida Elektron hukumatni yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, mazkur strategiyani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2018-yil
15-martgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
LBMA,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Elektron raqamli imzo sohasida quyidagilar orqali davlat siyosatini yanada takomillashtirish:

ishonchli uchinchi tomon xizmatini joriy etish, elektron raqamli imzo kalitlarini qayd etishning bo‘ysunuvchi markazlarini yaratish;

yuridik shaxslar tomonidan elektron raqamli imzo kalitlarini olish imkoniyatini joriy etish;

mobil qurilmalarda elektron raqamli imzodan foydalanish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-avgustgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Moliya vazirligi,
DSQ,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Davlat organlari va tashkilotlarining tarkibiy bo‘linmalari zimmasiga loyiha boshqaruvi va mazkur sohani strategik rivojlantirish funksiyalari yuklanishini hisobga olgan holda, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun javobgar bo‘lgan ana shu bo‘linmalar faoliyatini takomillashtirishga oid takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-sentabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
LBMA, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

4.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlardagi mavjud axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari hamda boshqa dasturiy mahsulotlarning o‘z funksional vazifalariga, axborot xavfsizligi talablariga va boshqa texnik parametrlarga mosligini aniqlash yuzasidan ularni xatlovdan o‘tkazish.

Xatlov yakunlariga ko‘ra amaldagi axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarni integratsiyalash hamda ulardan birgalikda foydalanish choralarini ko‘rish.

Xatlovni o‘tkazish reja-jadvali

2018-yil
1-aprelgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Hisob palatasi,
Bosh prokuratura huzuridagi Departament,
vazirlik va idoralar

II. Iqtisodiyot tarmoqlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish

5.

2018 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash, bunda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

elektron tijorat ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar tizimini yaratish;

Internet tarmog‘i orqali sotiladigan tovarlarni eksport qilish tartib-taomillarini soddalashtirish;

elektron tijorat obyektlari va tranzaksiyalar hajmini hisobga olish mexanizmini yaratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
SSP, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, DSQ

6.

2018 2020-yillarda hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturini hamda ustuvor loyihalarning manzilli ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash, ularda quyidagilarni nazarda tutish:

telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholini sifatli mobil aloqa, keng polosali Internet tarmog‘idan foydalanishini ta’minlash;

sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ta’lim, kommunal xizmat ko‘rsatish, turizm sohalarida zamonaviy axborot tizimlarini, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish, shuningdek, “aqlli” va “xavfsiz” shaharlar hamda hududlarni tashkil etish;

davlat-xususiy sherikligi asosida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, eksportga mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash;

joylarda, ayniqsa olis hududlarda elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada kengaytirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil
1-sentabrgacha

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Moliya vazirligi

7.

“Blokcheyn” texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish uchun sharoit yaratish, kadrlar salohiyatini oshirish va mazkur texnologiyani o‘zlashtirish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsion markazi huzurida taqsimlangan reyestr (blokcheyn) texnologiyalari bo‘yicha kompetensiya markazini tashkil etish.

Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

8.

2019-2020-yillarda iqtisodiyotning real sektori korxonalarida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni yanada joriy etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2018-yil
1-oktabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
LBMA,
Iqtisodiyot vazirligi,
xo‘jalik boshqaruvi organlari

9.

Zamonaviy infratuzilmani shakllantirishni hisobga olgan holda dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchi mahalliy kompaniyalar uchun texnoparklar tashkil qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2019-yil
1-noyabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

10.

Hamma joyda kontaktsiz to‘lovlar, shu jumladan xalqaro to‘lov tizimlari (Visa, Mastercard, PayPal, Alipay va boshqa)dan foydalangan holda shunday to‘lovlar texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirish va rag‘batlantirish, mazkur sohadagi normativ bazani takomillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-iyungacha

Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

11.

O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni huquqiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Qonun

2018-yil
1-sentabrgacha

Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

12.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish maqsadida, jumladan, bank va moliyaviy tartib-taomillarni yanada soddalashtirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil
1-oktabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Moliya vazirligi,
Markaziy bank, DSQ,
Tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

13.

Elektron to‘lov tizimlari vositasida kommunal xizmatlar haqini to‘lash uchun vositachilik to‘lovlarining yagona miqdorlarini belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2018-yil
1-iyungacha

Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zMAA, kommunal xizmat ko‘rsatuvchilar, davriy nashrlar tahririyatlari

14.

Qisqa muddatli va o‘rta muddatli maxsus kurslarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni taklif etgan holda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkillashtirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

III. Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish

15.

Telekommunikatsiyalar ko‘rsatayotgan xizmatlarning turini kengaytirish va sifatini oshirish, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini to‘liq miqyosda modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, shuningdek, korporativ va loyiha boshqaruvining zamonaviy tizimlarini joriy etish maqsadida “O‘zbektelekom” AK faoliyatini yanada takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2018-yil
1-iyulgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
LBMA, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Raqobat davlat qo‘mitasi

16.

Telekommunikatsiya tarmoqlarining operatorlari hamda provaydyerlarining aktiv va passiv infratuzilmasidan birgalikda foydalanish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-sentabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

17.

Binolar qurilishi normativlariga muvofiq ko‘p qavatli uylar va qishloq joylardagi uylarni loyihalashtirishda telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi vositalari joylashtirilishi to‘g‘risida majburiy talablar o‘rnatish.

Normat hujjat

2018-yil
1-maygacha

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va radioelektron vositalardan foydalanishni boshqarish tartibini takomillashtirish, bunda, jumladan telekommunikatsiyalar tarmoqlarining yangi obyektlarini foydalanishga qabul qilish muddatlarini qisqartirish va tartib-taomillarini optimallashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Adliya vazirligi

19.

O‘zbekiston Respublikasida ovozli radio eshittirish tarmog‘ini rivojlantirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil
1-maygacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

20.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan:

ma’lumotlarni uzatishning magistral i multiservis tarmog‘ini kengaytirish;

tolali-optik aloqa liniyalarini qurish;

IMS (IP Multimedia Subsystem) texnologiyasi bo‘yicha kommutatsiya markazlarini modernizatsiya qilish;

mobil aloqa tarmoqlari va Internet tarmog‘idan keng polosali foydalanishni rivojlantirish;

Paket kommutatsiyasi xalqaro markazini kengaytirish.

Investitsiya loyihalari

2018-2019-yillar davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
LBMA, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK, mobil aloqa operatorlari

IV. Pochta aloqasi va logistikani rivojlantirish, unga yangi texnologiyalarni joriy etish

21.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ faoliyatini quyidagi yo‘llar orqali yanada takomillashtirish:

chet ellik maslahatchilarni jalb etish va jamiyatni boshqarishning ilg‘or xalqaro tajribasini o‘rganish;

pochta aloqasining operator va kuryerlar tarmog‘ini rivojlantirish, chet ellarga pochta jo‘natmalarining xalqaro ayirboshlash punktlarini tashkil qilish;

pochta aloqasi infratuzilmasini, ushbu sohadagi texnologik jarayonlar va logistikani modernizatsiya qilish, pochta xizmatlari sifatini oshirish;

transchegara Internet-savdosini rivojlantirish va mahalliy ishlab chiquvchilarning mahsulotlari pochta aloqasi orqali eksport qilinishini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
Tashqi savdo vazirligi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ

22.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasining milliy operatoriga bank va sug‘urta agenti, shu jumladan to‘lovlarni qabul qilish va o‘tkazish, bank kartalariga xizmat ko‘rsatish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb etish, ixtiyoriy va majburiy sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar hamda autsorsing shartlari asosida boshqa xizmatlar ko‘rsatish agenti huquqlarini berish masalasini ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflarni kiritish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

2018-yil
20-aprelgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Markaziy bank,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

23.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasi obyektlarini va “Matbuot tarqatuvchi” AKning tarqatish punktlarini ularning mulkini tasarruf etish samaradorligi va asosliligini o‘rganish maqsadida yoppasiga xatlovdan o‘tkazish.

Xatlov yakunlari bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish.

Idoralararo komissiya tuzish

2018-yil
1-avgustgacha

Davlat raqobat qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

V. Axborot xavfsizligini ta’minlash choralarini takomillashtirish

24.

Elektron hukumat ma’lumotlarini Idoralararo tarmoq bo‘yicha o‘tkazishda elektron hamkorlikni amalga oshirish chog‘ida axborot xavfsizligini va ma’lumotlar himoyasini ta’minlash choralarini quyidagi yo‘llar orqali yanada takomillashtirish:

ma’lumotlarni uzatish Idoralararo tarmoqning axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish;

axborot tizimlari komplekslari va elektron hukumat ma’lumotlar bazalarining monitoring tizimini axborot xavfsizligi talablari nuqtai nazaridan modernizatsiya qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-maygacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

25.

Axborot xavfsizligiga tahdidlarni monitoring qilish samaradorligi oshirilishini nazarda tutuvchi Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi faoliyatini yanada takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil
1-sentabrgacha

O‘zMAA,
MXX,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
vazirliklar va idoralar

26.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

milliy standartlarni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar fondini tashkil etish, undan ochiq foydalanishni ta’minlash;

telekommunikatsiyalarning texnik vositalarini sertifikatlashtirish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi

VI. Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish

27.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida kadrlar tayyorlashni quyidagilar orqali takomillashtirish:

umumta’lim maktablarida informatika bo‘yicha mashg‘ulotlarni ko‘paytirish;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi sakkizta kasb-hunar kollejlarini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tuzilmasiga o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018-yil
1-sentabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

28.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini quyidagilar orqali tubdan takomillashtirish:

jumladan uning filiallarida ham ta’limning kredit tizimini joriy etish;

universitetning infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish;

zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ilm-fandagi katta yutuqlarni tadqiq etish uchun yangi o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkillashtirish;

universitetning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish;

universitetga va uning filiallariga biriktirilgan akademik litseylarda ta’lim sifatini oshirish;

SCOPUS tizimiga kiruvchi xalqaro ilmiy jurnallarda iqtibos keltiriladigan ilmiy maqolalar sonini oshirish uchun universitetning professor-o‘qituvchilarini rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

29.

Davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirish tizimini quyidagilar orqali takomillashtirish:

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tatbiq etilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlari bo‘linmalari rahbarlarining chet ellarda malaka oshirishini tizimli asosda tashkillashtirish;

xalqaro standartlarga muvofiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari joriy etilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlari bo‘linmalari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini takomillashtirish;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlari bo‘linmalarining rahbarlari va xodimlari tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalarida stajirovkadan o‘tish tizimini joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil
1-iyulgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, vazirliklar va idoralar

30.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida tashkilotlarning kadrlar salohiyatini kuchaytirish, shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni hisobga olishni takomillashti�ish maqsadida:

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar reyestrini;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida ishlar va xizmatlarning yagona klassifikatorini shakllantirish.

Dasturiy mahsulot





umumiy qabul qilingan klassifikator

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
vazirliklar va idoralar

VII. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga oid boshqa chora-tadbirlar

31.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlarining ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari rahbarlarini axborot tizimlarini joriy etish, elektron davlat xizmatlari hamda organ va tashkilot faoliyatini axborotlashtirish sohasida erishgan alohida yutuqlari uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan eng kam ish haqining 100 barobari miqdorida mukofotlash orqali moddiy rag‘batlantirish tartibini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
15-maygacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

32.

Ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarining yuqori sifatini ta’minlash maqsadida, shuningdek, fonogrammalar, audiovizual asarlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlariga rioya etilishi ustidan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya faoliyatini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
vazirliklar va idoralar

33.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari hamda boshqa budjet tashkilotlari bo‘linmalarining rahbarlari va xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-aprelgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi

34.

Davlat organlarida elektron hujjat aylanishini takomillashtirish, shu jumladan barcha davlat xizmatchilari uchun himoyalangan pochta manzillarini yaratish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-maygacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

35.

O‘zbekistonda kompyuter sportini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida kompyuter sportini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-iyulgacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi ,
vazirliklar va idoralar

 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4699/0520-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4699/0520-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4699/0520-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi