O‘zbekiston Respublikasi va Tatariston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish hamda o‘zaro manfaatli mintaqalararo aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) Bosh konsulxonasining (keyingi o‘rinlarda — Bosh konsulxona) shtat jadvaliga mehnatga haq to‘lash fondini tegishli ravishda o‘zgartirgan holda birinchi kotib qo‘shimcha lavozimi kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) Bosh konsulxonasining shtat jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bosh konsulxona ta’minotining 2019-yildagi xarajatlar smetasiga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bosh konsulxona shtat jadvalidagi o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda uning faoliyatini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining so‘roviga asosan qo‘shimcha budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktabrdagi “Qozon shahrida (Rossiya Federatsiyasi) O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasini ochish to‘g‘risida” PQ-3960-son qarorining 2-bandi hamda 1 va 2-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
(AQSh dollarida)
T/r | Lavozim | Shtatlar birligi soni | Elchi maoshiga nisbatan xodimning maoshi foiz hisobida (2800,00) | Oylik maosh | Yillik ish haqi fondi |
Diplomatik tarkib | |||||
1. | Bosh konsul | 1 | 85 % | 2380,00 | 28560,00 |
2. | Birinchi kotib | 1 | 75 % | 2100,00 | 25200,00 |
3. | Savdo-iqtisodiy masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi kotib | 1 | 75 % | 2100,00 | 25200,00 |
4. | Mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashe | 1 | 60 % | 1680,00 | 20160,00 |
Jami: | 4 | 8260,00 | 99 120,00 | ||
Ma’muriy-texnik tarkib | |||||
5. | Katta buxgalter | 1 | 65% | 1820,00 | 21840,00 |
6. | Mahalliy aholi yoki xodimlarning oila a’zolari orasidan ishga yollanadigan xodimlar (ish yurituvchi kotib, qorovul, farrosh, haydovchi va boshqalar) | 2000,00 | 24000,00 | ||
Jami: | 1 | 3820,00 | 45 840,00 | ||
Hammasi: | 5 | 12080,00 | 144960,00 |