04.10.2019 yildagi PQ-4479-son
2019-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganiga o‘ttiz yil to‘ladi. Mazkur tarixiy hujjatga binoan o‘tgan yillar davomida ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi. Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida — davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida faol qo‘llanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi 1-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan ommaviy ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari daromadlarining orttirib bajarilgan qismidan, shuningdek, homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.

A. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi

A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maslahatchisi

X. Sultonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maslahatchisi — Spichrayteri

B. Sayfullayev

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri

M. Madjidov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

Sh. Shermatov

Xalq ta’limi vaziri

B. Qurbonov

Mudofaa vaziri

P. Bobojonov

Ichki ishlar vaziri

A. Shadmanov

Sog‘liqni saqlash vaziri

Sh. Sadikov

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

S. Saidov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

S. Hakimov

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi

M. Hojimatov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

A. Xadjayev

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi

F. Abduxoliqov

“O‘zbekkino” Milliy agentligi direktori

A. Ko‘chimov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi raisi

R. Qurbanov

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi

K. Allamjanov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi

A. Jumaboyev

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

Sh. Javlonov

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

N. Mahmudov

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori

Sh. Sirojiddinov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Mas’ullar

1.

Toshkent shahridagi Milliy bog‘da, shuningdek, viloyatlarda buyuk mutafakkir va shoir, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimlarini tashkil qilish.

1. Alisher Navoiy haykallari o‘rnatilgan hududlarni obodonlashtirish.

2. Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimini o‘tkazish.

21-oktabr

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi

2.

Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlar markazidagi san’at saroylarida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirini tashkil etish.

1. Bayram tadbiri ssenariysini ishlab chiqish va tadbirni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

2. Bayram tadbiriga madaniyat va san’at namoyandalari, ijodkorlar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillarini jalb etish.

3. Tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish.

21-oktabr

Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

3.

O‘zbekis�on Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida “O‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari” mavzusida respublika konferensiyasini o‘tkazish.

1. Tashkiliy qo‘mita tuzish, xarajatlar smetasini tasdiqlash.

2. Konferensiya materiallarini chop etish.

3. Konferensiyani o‘tkazish va uning rezolyutsiyasini qabul qilish.

18-oktabrga qadar
18-oktabr

O‘zFA, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi

4.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida AQSh, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Hindiston kabi davlatlardan keladigan taniqli olimlar ishtirokida “O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish.

1. Tashkiliy qo‘mita tuzilib, xarajatlar smetasini tasdiqlash.

2. Xorijlik mehmonlarga taklifnomalar yuborish.

3. Konferensiya materiallarini chop etish.

4. Konferensiyani o‘tkazish va uning rezolyutsiyasini qabul qilish.

29-oktabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zFA, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Tashqi ishlar vazirligi

5.

Taniqli olimlar, ijodkorlar, huquqshunoslar va jamoatchilik vakillari ishtirokida mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan “Harakatlar strategiyasi va milliy til rivoji” mavzusida ilmiy-ma’rifiy seminarni tashkil qilish.

1. Ishchi guruhini tashkil etish va seminar rejasini ishlab chiqish.

2. Seminarni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3. Seminarni yuqori saviyada o‘tkazish.

19-oktabr

“Yuksalish” umummilliy harakati, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zFA

6.

Yozuvchilar uyushmasida til bayramiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy kecha hamda yangi kitoblar taqdimotini o‘tkazish.

1. Tadbir dasturini ishlab chiqish va anjumanni yuqori saviyada o‘tkazish.

2. Uyushma zali foyesida yangi nashr etilgan kitoblar ko‘rgazmasini tashkil etish.

3. Tadbirni ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

25-oktabr

Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

7.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘zbek tili mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish, tanlovning tuman, shahar bosqichlari 1-o‘rin sohiblarini kompyuter jamlanmasi, 2-o‘rin sohiblarini noutbuk, 3-o‘rin sohiblarini planshet yoki mobil telefon bilan mukofotlash.

1. Tanlovlarni o‘tkazish rejasi va nizomini ishlab chiqish.

2. Tanlovlarning maktab, tuman (shahar) bosqichlarini o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosqichlari g‘oliblarini til bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbirlarida keng jamoatchilik ishtirokida tantanali taqdirlash.

5 — 10-oktabr

10 — 20-oktabr

21-oktabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi

8.

Respublika teatrlari va kinoteatrlarida buyuk allomalarimiz siymolari aks ettirilgan spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar namoyishlarini tashkil qilish.

1. Spektakllar va filmlar namoyishlari rejasini ishlab chiqish.

2. Spektakllar va filmlar namoyishlarini yuqori saviyada o‘tkazish va ularga o‘quvchi-talabalar, jamoatchilik vakillarini keng jalb qilish.

3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

15 — 21-oktabr

Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkino” MA, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

O‘zA, MTRK, EOAVMA

9.

“Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining o‘ttiz yilligi munosabati bilan barcha mobil kompaniyalar abonentlariga “21oktyabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz yil to‘ldi” tabrik matnlari bitilgan SMS xabarnomalar yuborishni tashkil qilish.

1. SMS xabarlar matnlarini tayyorlash va tasdiqlash.

2. Reja asosida barcha mobil kompaniyalar abonentlariga SMS xabarlar matnini yuborish.

21-oktabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

10.

“Til bor ekan, millat barhayot” mavzusida ona tilimizni ulug‘lovchi tasviriy targ‘ibot materiallari, ixcham videoroliklar tayyorlab, ularni respublikamizning barcha markaziy ko‘chalaridagi pannolarga joylashtirish hamda LED ekranlar orqali namoyish qilish.

1. Turli yo‘nalishlarda bannyerlar hamda videoroliklar tayyorlash.

2. Banner va videoroliklarni hududlar markazlaridagi LED ekranlarga, pannolarga joylashtirish.

15 — 21-oktabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, MTRK

11.

Mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida o‘zbek tiliga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini o‘tkazish va ular qoshida “O‘zbek tili do‘stlari” klublarini tashkil etish.

1. Bayramni tashkil etish va unga xorijda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz, xorijlik mehmonlarni taklif qilish.

2. “O‘zbek tili do‘stlari” klublarini tashkil etish choralarini ko‘rish.

21-oktabr

Tashqi ishlar vazirligi

12.

Ta’lim boshqa tilda olib boriladigan davlat ta’lim muassa?alarida “O‘zbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning tillarini rivojlantirish bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarni keng targ‘ib etuvchi madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Tadbirlarni reja asosida amalga oshirish.

3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish.

15 — 21-oktabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Mahalla” jamoat fondi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi

13.

Mamlakatimizdagi barcha oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, o‘rta maktablar, mahallalar va harbiy qismlarda taniqli olimlar, ijodkorlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari hamda san’atkorlar ishtirokida ommaviy tadbirlar, davra suhbatlari va adabiy kechalar tashkil etish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash.

2. Tadbirlarda ishtirok etadigan olimlar, ijodkorlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari va san’atkorlar ro‘yxatlarini tuzish.

3. Joylarda tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

5-oktabr

7-oktabr

15 — 21-oktabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

“Tilini asragan — elini asraydi” mavzusida harbiy qismlarda, harbiy bilim yurtlarida, huquq-tartibot idoralarida ona tiliga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tadbirlarni reja asosida amalga oshirish.

3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish.

15 — 21-oktabr

Mudofaa,Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari,Milliy gvardiya, Davlat xavfsizligi xizmati, Bosh prokuratura, Davlat bojxona qo‘mitasi

15.

Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda Temurbeklar maktablarida Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Birinchi kitobim” loyihasida chop etilgan kitoblar taqdimotini o‘tkazish va ushbu maktablar kutubxonalariga 100 donadan kitoblar sovg‘a qilish.

1. Tadbirlar dasturini ishlab chiqish va o‘tkazish.

2. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

15 — 21-oktabr

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Yozuvchilar uyushmasi

16.

Tele va radiokanallar, say�larda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijlik mutaxassislar, talabalar, fuqarolar, sayyohlarning o‘zbek tilidagi bayram tabriklarini berib borish.

1. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan, yashayotgan xorijlik mutaxassislar, talabalar, fuqarolar, sayyohlarning o‘zbek tilidagi bayram tabriklarini yozib olish.

2. Tele va radiokanallar orqali tabriklarni berib borish.

15 — 21-oktabr

MTRK, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,O‘zA, EOAVMA, “Dunyo” AA, “UzReport” AA, Tashqi ishlar vazirligi

17.

Xorijda istiqomat qilayotgan o‘zbek tili mutaxassislari, tarjimonlar, o‘zbek tili va adabiyoti ixlosmandlari bilan ona tilimizning xalqaro nufuzi, jozibadorligi va imkoniyatlari haqida suhbatlar tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida yoritish.

1. Xorijlik mutaxassislar, tarjimonlar, o‘zbek tili va adabiyoti ixlosmandlari bilan suhbatlar tashkil etish.

2. Suhbatlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

15 — 21-oktabr

MTRK, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zA, EOAVMA, “Dunyo” AA, “UzReport” AA, Tashqi ishlar vazirligi, gazetalar va jurnallar

18.

“Davlat ?ili haqida”gi qonun qabul qilinganining o‘ttiz yilligi munosabati bilan hududlarda o‘tkazilayotgan ommaviy bayram tadbirlarini keng yoritish maqsadida telemarafonlar tashkil etish.

1. Ishchi guruhini shakllantirish hamda telemarafonlarni o‘tkazish tartibini ishlab chiqish.

2. Ishtirokchilar va obyektlar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Telemarafonni yuqori saviyada tashkil etish.

21-oktabr

MTRK, EOAVMA, “UzReport”AA, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zFA, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Yozuvchilar uyushmasi

19.

Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda #-ona_tilim_faxrim xeshtegi ostida milliy tilni ulug‘lovchi hikmatli so‘zlar, fikrlar, mulohazalar, she’rlar, maqollar, matallar, qisqa hikoyalar kabi matnlarning ommaviy tarzda joylashtirilishini tashkil etish.

1. Matnlarni tayyorlash.

2. Matnlarni internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish.

15 — 21-oktabr

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zFA

20.

Shahar va tumanlar markazlari, aholi gavjum maskanlarda o‘zbek tilini ulug‘lovchi hikmatli so‘zlar, she’riy satrlar aks ettirilgan tasviriy targ‘ibot vositalarini joylashtirish.

O‘zbek tilini ulug‘lovchi hikmatli so‘zlar, she’riy satrlar aks ettirilgan tasviriy targ‘ibot vositalarini tayyorlash va belgilangan maskanlarga joylashtirish.

15 — 21-oktabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

21.

“Davlat tili haqida”gi qonunning mazmun-mohiyatini o‘zida aks ettirgan videoroliklar yaratish va ularni barcha ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, aeroport va vokzallardagi monitorlar orqali keng targ‘ib etish.

Videoroliklarni barcha telekanallar, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda poyezd, samolyot, metro bekatlaridagi ekranlar orqali namoyishini tashkil etish.

15 — 30-oktabr

MTRK, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, EOAVMA,O‘zA, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zFA, Transport vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

22.

Ommaviy axborot vositalarida, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilikning davlat tiliga bo‘lgan e’tibori va muhabbatini yanada kuchaytirish, davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini oshirishga bag‘ishlangan turkum ko‘rsatuvlar, eshittirishlar, maqola va she’rlar berib borish.

1. Til bayramiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv va eshittirishlar, maqolalar tayyorlash rejalarini ishlab chiqish.

2. Mavzuga bag‘ishlangan ko‘rsatuv va eshittirishlar, maqolalar, she’rlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

Doimiy

MTRK, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zA, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, EOAVMA, Yozuvchilar uyushmasi