Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 25.12.2019 yildagi 1033-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4380-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoyalashga doir choralar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga ilgari belgilangan limitga qoʻshimcha ravishda 2 ta biriktirilgan xizmat avtotransporti saqlash uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-iyuldagi 609-son qaroriga 1-ilovaning 42-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“42. Agentlik xodimlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida direktor tomonidan Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xodimning lavozim maoshining 200 foizigacha miqdorda har oylik shahsiy ustamalar qoʻllanilishi mumkin. Bunda, har oylik shaxsiy ustamalarning yillik miqdori Agentlikning budjet mablagʻlari boʻyicha yillik mehnatga haq toʻlash fondining 1,4 baravaridan oshmasligi lozim”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1033-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi 1033-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik quyidagi hisob raqamlarini ochadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) banklarda xorijiy valyutadagi hisob raqamlari, shu jumladan blok-hisob raqamlari (xorijiy valyutaning har bir turi boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) gʻaznachilik boʻlinmalarida milliy valyutadagi tegishli gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlikning milliy va xorijiy valyutadagi mablagʻlarini hisobga olish alohida-alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan Agentlikning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yigʻiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari — jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan patent bojlari va toʻlovlarning 20 foizi miqdoridagi mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari — jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan patent bojlari va toʻlovlarning 80 foizi miqdoridagi mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun amalga oshirilgan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllaniladigan maʼmuriy jarima summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik hayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hisob raqamlaridagi, shu jumladan blok-hisob raqamlaridagi (har bir xorijiy valyuta boʻyicha) Agentlikning tasarrufida qolgan xorijiy valyutadagi mablagʻlar soʻm ekvivalentiga (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining sotish kunidagi kursi boʻyicha) hisoblagan holda Agentlikning gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda milliy valyutaga konvertatsiya qilingan mablagʻlar Agentlikning milliy valyutadagi gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik Jamgʻarmaga mablagʻlar kelib tushishining toʻliqligini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Patent bojlarini, yigʻimlarni va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni toʻlash boʻyicha milliy valyutada tushgan mablagʻlar umumiy hajmining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli hisob raqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80 foizi — Agentlikning gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hisobot davrida yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshirganlik uchun tushgan valyuta mablagʻlari hisobot davridan keyingi oyning 10-kuniga qadar valyuta blok-hisob raqamlaridan (xorijiy valyutaning har bir turi boʻyicha) xorijiy valyutada tushgan mablagʻlar umumiy hajmining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78 foizi — Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisob raqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 foizi — belgilangan tartibda konvertatsiya qilingandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli hisob raqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Agentlikning xorijiy valyutaning har bir turi boʻyicha ochilgan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikni moddiy-texnik taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning bino va inshootlarini qurish, kapital va joriy taʼmirlash hamda ularni inventarlar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish (xodimlar uchun mukofotlar toʻlash, ularning maoshlariga ustamalar va qoʻshimchalar belgilash, moddiy yordam koʻrsatish, xodimlar uchun uy-joy qurish, sanatoriy-kurortda davolash va tibbiy xizmat koʻrsatish va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik rahbarlari va boshqa xodimlarining xizmat safarlari, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim maoshlarini aniqlashda Yagona tarif setkasi boʻyicha bir yarim barobar miqdorida koeffitsiyent qoʻllanilgan xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega boʻlgan Agentlikning xodimlariga martaba darajalari uchun qoʻshimchalar hamda koʻp yillik xizmati uchun ustamalar toʻlash;

Agentlikning xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlovlarni kompensatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini oʻqitish, malakasini oshirish hamda stajirovka oʻtashi, shu jumladan ularning xorijiy mamlakatlarga tashriflarini, xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning kommunal-foydalanish hamda boshqa joriy xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning qoʻshimcha shtat birliklarini saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda qatnashishi bilan bogʻliq xarajatlarni, shu jumladan aʼzolik badallarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning arxiv ishlarini yuritish va kutubxona fondini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida jalb etilgan mahalliy va xorijiy mutaxassislar xizmatiga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk sohasida faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va ularda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklatilgan barcha vazifalarni va funksiyalarni, huquq va majburiyatlarni bajarish hamda Agentlik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash Agentlik direktori (keyingi oʻrinlarda direktor deb ataladi) tomonidan tasdiqlangan hamda oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq tegishli gʻazna hisob raqamlaridan amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PQ-4965-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2021-y., 07/21/4965/0074-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish va taqsimlash direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoyalashga yoʻnaltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha va bayram kunlari bilan bogʻliq mukofotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddatli xizmati uchun ustamalar toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega boʻlgan Agentlikning xodimlariga martaba darajalari uchun qoʻshimchalar hamda koʻp yillik xizmati uchun ustamalar toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovqat puli uchun toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlkira xarajatlari uchun toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy yordam koʻrsatish va kompensatsiyalar toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlovlarini kompensatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlikning xodimlarini moddiy jihatdan koʻllab-quvvatlash maqsadida direktor tomonidan Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xodimning lavozim maoshining 200 foizigacha miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar qoʻllanilishi mumkin. Bunda, har oylik shaxsiy ustamalarning yillik miqdori Agentlikning budjet mablagʻlari boʻyicha yillik mehnatga haq toʻlash fondining 1,4 baravaridan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha mukofotlar topshiriqlar oshirib bajarilganda, Agentlik xodimlariga yuklangan lavozim vazifalari zarur darajada bajarilganda, amalda ishlangan vaqt (qonun hujjatlariga muvofiq uning uchun ish haqi yoziladigan vaqt) uchun toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha va bayram kunlari munosabati bilan har bir xodim mukofotining aniq miqdori bir yilda xodim lavozim maoshining sakkiz baravari miqdoridan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha xodimlarga ragʻbatlantirish toʻlovlari va mukofotlarni belgilash va toʻlash toʻgʻrisidagi qaror direktor tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega boʻlmagan Agentlik xodimlariga uzoq muddatli xizmati (Agentlik tizimi hamda adliya organlari va muassasalarida ishlagan davri) uchun har oyda ustama toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli xizmati (Agentlik tizimi hamda adliya organlari va muassasalarida ishlagan davri) uchun har oylik ustama faqat asosiy ish joyi boʻyicha har oyda va xodimning ish haqi fondiga nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ish staji boʻyicha guruh

Uzoq muddatli xizmati uchun ustama miqdori

1 yildan 5 yilgacha

10%

5 yildan 10 yilgacha

20%

10 yildan 15 yilgacha

30%

15 yil va undan ortiq

40%

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlar Mahkamasinig “Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarini, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 1993-yil 9-iyuldagi 343-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2011-yil 29-martdagi 93-son qarorlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega boʻlgan Agentlik xodimlariga martaba darajalari hamda koʻp yillik xizmati uchun qoʻshimchalar va ustamalar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agentlik xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida, ularga har oyda har bir shtat birligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida ovqat puli hamda yoʻlkira xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorda yoʻlkira puli beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agentlik xodimlariga moliya yilida bir marta (sogʻligʻini tiklash maqsadida mehnat taʼtiliga chiqish vaqtida yoki mehnat taʼtiliga chiqmagan xodimlarga yilning dekabr oyida) bir lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xodim vafot etgan hollarda, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha boʻlgan miqdorda moddiy yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy yordam xodimning turmush oʻrtogʻiga, turmush oʻrtogʻi yoʻqligida — u bilan birga yashovchi voyaga yetgan farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylar va homiylarga) yoxud voyaga yetmagan bolalarni (bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxs — yoshidan qatʼi nazar) farzandlikka olganlarga, shuningdek agar xodimlar nikohda turmagan va farzandlari boʻlmagan hollarda, xodimning qaramogʻidagi shaxslarga yoki ota-onalariga teng ulushda toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xodim oila qurganda va farzand tugʻilganda unga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha boʻlgan miqdorda moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Istisno tariqasida, xodimning asoslantirilgan arizasiga asosan mehnatga haq toʻlash fondiga ajratilgan mablagʻlar doirasida, quyidagi hollarda qoʻshimcha tarzda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha boʻlgan miqdorda moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qarindoshlari vafot etganda — oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasiga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida ehtiyoj tugʻilganda (baxtsiz hodisa, avariya, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sogʻliqni qayta tiklashga, shuningdek oiladagi ogʻir moddiy ahvol va boshqa holatlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilishning aniq miqdorlari va ular tadbiq etiladigan xodimlar mazkur Nizomda belgilangan doirada, Jamgʻarma tushumlari hajmidan kelib chiqib, direktor tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini xodimlarning uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlovlarini kompensatsiya qilishga yoʻnaltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlovlar boʻyicha kompensatsiya (keyingi oʻrinlarda kompensatsiya deb ataladi) uy-joylar bilan taʼminlanmagan Agentlik xodimlariga uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun qilingan sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno), lekin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila aʼzolari uch kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda (xodimning oʻzini hisoblamagan holda) ushbu kompensatsiya miqdori 50 foizga oshiriladi. Bunda xodimning ishga tayinlangan joyiga kelgan oila aʼzolari — xotini (eri), ularning bolalari va ota-onalari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga oluvchining oila aʼzolari deb eʼtirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xodimga kompensatsiya toʻlash uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab, uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimga xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, u boshqa joyga ishga tayinlanganda, uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasi muddati tugaganda yoxud u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda kompensatsiyani toʻlash toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xodimga xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda yoxud uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasi muddati tugaganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda Agentlik buxgalteriyasiga kompensatsiya toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ota-onalari yoki eri (xotini)ning ota-onalari oʻz uy-joylarida birga yashayotgan xodimlarga kompensatsiya toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xodim kompensatsiyani olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun amaldagi xarajatlar summasini (kommunal xizmatlar qiymatisiz) koʻrsatgan holda Agentlik rahbariga kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimni lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi (oilali xodimlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq oila aʼzolari deb eʼtirof etilgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Direktor taqdim etilgan hujjatlar asosida uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) uchun kompensatsiya miqdorini koʻrsatgan holda kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarning ijaraga olingan uy-joyda yashashlarini va ularning yashash joylari oʻzgarishini doimiy nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xodimga bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun taʼtil berilgan taqdirda, kompensatsiya taʼtilning butun davriga, biroq xodimning ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kompensatsiya Agentlik buxgalteriyasi tomonidan, ushbu Nizomning 30-bandiga muvofiq chiqarilgan buyruq asosida, ish haqi toʻlash bilan birgalikda oʻtgan oy uchun toʻlov vedomosti boʻyicha toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kompensatsiyani olish uchun hujjatlar tegishlicha Agentlikda qonun hujjatlarida belgilangan muddat tamom boʻlgunga qadar saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kompensatsiya miqdorini aniqlashda hisobga olinadigan oila tarkibi oʻzgargan taqdirda xodimning oila tarkibi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilingan kompensatsiya miqdorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizasi asosida yangi miqdorlardagi kompensatsiya belgilangan tartibda ushbu oʻzgarishlar boshlangan kundan boshlab toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xodimga ortiqcha toʻlangan kompensatsiya summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish haqidan ushlab qolish yoʻli bilan toʻliq miqdorda undan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kompensatsiya toʻlash uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori mazkur Nizomda belgilangan doirada, Jamgʻarma tushumlari hajmidan kelib chiqib, direktor tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1033/4223-son; 29.01.2021-y., 07/21/4965/0074-son)