23.12.2019 yildagi 1027-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatida meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni jadal rivojlantirish, yuqori sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, kelgusida ularni yirik xorijiy bozorlarga yoʻnaltirish, shuningdek, yangi ish oʻrinlari yaratishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “BMB Trade Group” (Oʻzbekiston) va “Natsionalnaya rezervnaya korporatsiya” (Rossiya Federatsiyasi) kompaniyalarining Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida zamonaviy agrologistika kompleksini barpo etish maqsadida masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “BMB-NRC Agrologistics” Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasini (keyingi oʻrinlarda agrologistika kompleksi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar mablagʻlarini jalb qilish hisobiga 10 ming tonna sigʻimga ega boʻlgan muzlatkichli kameralar va omborlar tashkil etish hamda shok usulda muzlatish, qayta ishlash, kalibrlash, saralash, qadoqlash va meva-sabzavotlarni quritish uskunalarini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, shuningdek, bojxona, bank, logistika, ekspress-laboratoriya, fitosanitar, veterinar, sanitar-epidemiologik, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili boʻyicha koʻrsatish, Rossiya Federatsiyasi va boshqa xorijiy davlatlar bozorlariga xoʻl va qayta ishlangan tayyor mahsulotlarning eksportini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish va boshqa manbalar hisobiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birlamchi va chuqur qayta ishlash hamda jamgʻarishni tashkil etish, shuningdek, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jizzax viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda agrologistika kompleksi hududigacha transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini jadal rivojlantirish dasturini bir oy muddatda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bojxona rasmiylashtiruvi tartib-taomillarini tezkor amalga oshirish hamda agrologistika kompleksi hududida barcha turdagi xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida bir oy muddatda agrologistika kompleksi hududida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi — bojxona hujjatlarini rasmiylashtish va berish punktini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi — oʻsimliklar karantini sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish va berish punktini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va “Oʻzstandart” agentligi — xalqaro standartlarga muvofiq oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini toʻlaqonli sinovdan oʻtkazish hamda tegishli sertifikat va sanitariya-epidemiologiya ekspertizasi xulosalarini berishni taʼminlovchi zamonaviy sinov laboratoriyasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekekspertiza” AJ — tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlari boʻyicha tovarlarni tasniflash boʻyicha xizmat koʻrsatish, roʻyxatdan oʻtkazish va tovarning kelib chiqish sertifikatlarini berish punktini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2023-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va agrologistika kompleksi tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha olib kelinadigan xomashyo, uskunalar, maxsus transport vositalari va texnikalar uchun bojxona toʻlovlari (qoʻshilgan qiymati soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrologistika kompleksiga chet eldan jalb qilinadigan mutaxassislar — jismoniy shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev va Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1027-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-dekabrdagi 1027-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“YOʻL XARITASI”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Bajarish muddati

Masʼullar

Vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasidan

I. Loyihani boshlash uchun tashkiliy tadbirlar

1.

Agrologistika kompleksi chegarasigacha boʻladigan transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish (tashqi yoʻllar, temir yoʻl liniyalarini qurish, elektr, gaz, suv va issiqlik taʼminoti kommunikatsiyalarini ichki aloqasigacha yetkazish).

2020-yil yanvar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),
Moliya vazirligi (Ishmetov),
Transport vazirligi (Mahkamov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodikov),
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Uy-joy kommunal
xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev),

Jizzax viloyati hokimligi (Saliyev)

A. Ravshanov,

Sh. Abidov,
A.
Ortiqov,
Sh.
Samatov

2.

Budjet mablagʻlari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan zarur tashqi, ishlab chiqarish maydonchasidan tashqari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar ishlab chiqish va taqdim yetish.

2020-yil yanvar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(Xodjayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Transport vazirligi (Mahkamov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodikov),
Energetika vazirligi (Sultanov),
Jizzax viloyati hokimligi (Saliyev)

A. Ravshanov,
A.
Ortiqov,
Sh.
Abidov,
S.
Abdullayev,
Sh.
Samatov

3.

Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obektlarini va suv taʼminoti, kanalizatsiya, elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, issiqlik taʼminoti, telekommunikatsiyalar, shuningdek, agrologistika kompleksi chegarasigacha boʻlgan avtomobil yoʻlini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2020-yil yanvar

Jizzax viloyati hokimligi Saliyev),
“BMB-NRC Agrologictics” MChJ,
Moliya vazirligi (Ishmetov),

Transport vazirligi (Mahkamov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodikov),
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Uy-joy kommunal xizmat
koʻrsatish vazirligi (Saliyev)

Sh. Abidov,
A.
Ravshanov,
A.
Ortiqov,
S.
Abdullayev,
Sh.
Samatov

4.

Agrologistika kompleksi hududida bojxona punktinitashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlash va kiritish.

Bojxona rasmiylashtiruvi, deklaratsiyalash, sertifikatlash, sanitariya-epidemiologiya nazorati va tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlarning faoliyatini bir vaqtning oʻzida amalga oshirishni taʼminlaydigan “yagona darcha” tamoyili boʻyicha eksport taʼminoti bilan bogʻliq tartib-taomillarni amalga oshirish mexanizmini joriy etish.

2020-yil yanvar

Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov),

“Oʻzstandart” agentligi (Sattarov),

Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (Ergashev),

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi (Almatov),

“Oʻzbekekspertiza” AJ (Zokirjonov),
Moliya vazirligi (Ishmetov)

J. Turgunov,
A.
Ravshanov,
Sh.
Samatov,
A.
Ortiqov,
K.
Rizayev

5.

Agrologistika kompleksi hududida oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini toʻlaqonli tahlil qilish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha zamonaviy laboratoriya tashkil etish.

2020-yil
IV chorak

“BMB-NRC Agrologictics” MChJ,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi (Almatov),

“Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK (Jalilov)

A. Ravshanov,
K.
Rizayev,
Sh.
Samatov

6.

Rossiya Federatsiyasiga yangi va qayta ishlangan tayyor mahsulotlar eksportini tezkor va toʻsiqsiz amalga oshirish uchun Agrologistika kompleksi hududida Rosselxoznadzor punktini joylashtirish.

2020-yil
IV chorak

“BMB-NRC Agrologictics” MChJ,

Oʻsimliklar karantini
boʻyicha davlat inspeksiyasi (Ergashev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev)

A. Ravshanov

II. Agrologistika kompleksini qurish

7.

Agrologistika kompleksi loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish (ustav kapitalini, ish haqi fondini shakllantirish).

2020-yil yanvar

“BMB-NRC Agrologictics” MChJ

A. Ravshanov

8.

Pudratchi tashkilotdan tashqi muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari obyektlari “BMB-NRC Agrologictics” MChJ boshqaruviga oʻtkazish.

2020-yil
IV chorak

Jizzax viloyati hokimligi Saliyev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

Transport vazirligi (Mahkamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodikov),

Energetika vazirligi
(Mirzamaxmudov),
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev)

Sh. Abidov,
A.
Ravshanov,
S.
Abdullayev,
Sh.
Samatov

9.

Agrologistika kompleksining qurilish ishlarini amalga oshirish va uskunalarni oʻrnatish.

Agrologistika kompleksini ishga tushirish.

2020-2021-yillar

“BMB-NRC Agrologictics” MChJ

A. Ravshanov

III. Loyihani amalga oshirilishini ommaviy axborot vositalarida yoritish

10.

Loyihaning eng muhim bosqichlari: bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, Internet jahon axborot tarmogʻida, ommaviy axborot vositalarida qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish rejasini tayyorlash; tayyorgarlik ishlari va agrologika kompleksning ishga tushirilishi.

Tadbirlar rejasiga muvofiq

OʻzA (Kuchimov),

MTRK (Xodjayev),

“Dunyo” axborot agentligi,

“BMB-NRK Agrologistics” MChJ

B. Axmedov,
Sh.
Sulaymonov,
S.
Abdullayev

11.

“BMB-NRC Agrologictics” MChJ boshqaruv rahbariyat boʻgʻinini taklif qilgan holda Rossiya-Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorligi, faoliyati va Rossiya-Oʻzbekiston ishbilarmonlik Kengashi faoliyatini yoritish boʻyicha tadbirlar dasturiga kiritish.

Tadbirlar rejasiga muvofiq

Tashqi ishlar vazirligi (Neʼmatov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov),

Rossiya-Uzbekston Biznes Kengashi,
“BMB-NRS Agrologistics” MChJ

Sh. Sulaymonov,
J.
Turgunov,
A.
Ravshanov

IV. Agrotexnika kompleksini ishga tushirish boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish

12.

Loyihani amalga oshirish jarayoni toʻgʻrisida maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Har chorak yakuni boʻyicha

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),
“BMB-NRSAgrologistics” MChJ

A. Ravshanov

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2019-y., 09/19/1027/4187-son)