Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-dekabr,
1024-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1024-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 146-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 40-modda):
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
b) 2-ilovada:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”;
1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va Fuqarolik kodeksiga muvofiq yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari, shuningdek, oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va ularning oʻrnini qoplash tartibini belgilaydi”;
2-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining zararlarini, shu jumladan boy berilgan foydani, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari, shuningdek, oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash yer uchastkasi beriladigan (ajratiladigan) yoki faoliyati yer uchastkasiga huquqlar cheklanishiga va erning sifati yomonlashishiga yoxud oʻzboshimchalik bilan erning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga olib keladigan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi”;
4-bandga “shuningdek” soʻzidan keyin “, oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar yetkazilgan zarar miqdorlariga” degan soʻzlari qoʻshilsin;
6-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Qishloq xoʻjaligi oborotiga kiritilgan va oʻzlashtirilgan yer maydonlariga sarf etilgan mablagʻlarning bozor qiymati va olib qoʻyish sababli yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq qoplanadi”;
21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Yer uchastkalari berilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha mablagʻlar toʻlab beriladi va quyidagicha taqsimlanadi:
sugʻoriladigan yerlar uchun kompensatsiya toʻlovining (hisoblangan mablagʻning) 90 foizi, lalmi yerlar, sugʻoriladigan va lalmi boʻz yerlar, pichanzorlar va yaylovlar uchun kompensatsiya toʻlovining (hisoblangan mablagʻning) 95 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
sugʻoriladigan yerlar uchun kompensatsiya toʻlovining (hisoblangan mablagʻning) 10 foizi, lalmi yerlar, sugʻoriladigan va lalmi boʻz yerlar, pichanzorlar va yaylovlar uchun kompensatsiya toʻlovining (hisoblangan mablagʻning) 5 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi”;
22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davyergeodezkadastr qoʻmitasi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda ularning hududiy boshqarmalari ushbu mablagʻlarning oʻz vaqtida tushishini va hisobga olinishini, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻnaltirilishini taʼminlaydi”;
29-banddan “, joylashgan joyi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nq/xm = {[(Csugʻ. x Bb x Ssugʻ. x 10) + (Clal. x Slal. x 20) + (Csugʻ. x Bb x Sb.sugʻ. x 10 x 0,1) + (Clal. x Sb.lal. x 20 x 0,1) + (Cp.ya. x Sp.ya. x 20)] x Ki} + SF”;
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“10 — olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari va sugʻoriladigan boʻz yerlar kompensatsiya toʻlovini 10 barobarga oshirish koeffitsiyenti;
20 — olib qoʻyiladigan lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtlar, lalmi boʻz yerlar, pichanzor va yaylov yerlar kompensatsiya toʻlovini 20 barobarga oshirish koeffitsiyenti;”;
oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 301-band bilan toʻldirilsin:
“301. Olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari va sugʻoriladigan boʻz yerlar kompensatsiya toʻlovini 10 barobarga, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtlar, lalmi boʻz yerlar, pichanzor va yaylov yerlar kompensatsiya toʻlovini 20 barobarga oshirish koeffitsiyenti faqat qishloq xoʻjaligi yerlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi miqdorini hisoblashda qoʻllaniladi. Ushbu oshirish koeffitsiyentlari oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdorini hisoblashda qoʻllanilmaydi”;
31-bandning ikkinchi xatboshisiga “sugʻorish va oʻzlashtirish” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi natijasida yetkazilgan zarar” soʻzlari qoʻshilsin;
32-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun olib qoʻyiladigan lalmi yerlar va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar egallagan yerlar, pichanzorlar va yerlar uchun kompensatsiya toʻlovi, olib qoʻyilayotgan yer maydonlari joylashgan joylarni hisobga oluvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilmagan holda, xuddi shunday yangi yerlarni oʻzlashtirish uchun talab etiladigan mablagʻning lalmi yerlar, pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash bilan bogʻliq xarajatlarning 20 barobari miqdorida hisoblanadi.”;
quyidagi mazmundagi IV-bob qoʻshilsin:
“IV. Oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar miqdorini qoplash
50. Yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid ravishda tegishli ruxsat olmasdan oʻzboshimchalik bilan yerlarni qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishga sabab boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yetkazilgan zarar qoplanadi.
51. Oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman (shahar) boʻlimlari hamda tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari tomonidan mazkur Nizomning 55-bandiga muvofiq aniqlanadi.
52. Mazkur Nizomning 55-bandiga asosan hisoblangan zarar sud tartibida undiriladi va undirilgan mablagʻlarning 95 foizi Respublika budjetiga hamda 5 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalarining rivojlantirish jamgʻarmasiga undiriladi.
53. Oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi holatlari aniqlangan yerlarda qoʻshimcha ravishda tuproq sifatini oʻrganish (ball bonitetini aniqlash) ishlari oʻtkazilishi mumkin.
54. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi ushbu Nizomning 55-bandida koʻrsatilgan mablagʻlarning hisobga olinishini hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻnaltirilishini taʼminlaydi.
55. Oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi.
Ez/m = {[(Csugʻ. x Bb x Ssugʻ. x 10) + (Clal. x Slal. x 20) + (Csugʻ. x Bb x Sb.sugʻ. x 10 x 0,1) + (Clal. x Sb.lal. x 20 x 0,1) + (Cp.ya. x Sp.ya. x 20)] x Ki},
bunda:
Ez/m — oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi boʻyicha yetkazilgan zarar, ming soʻm;
Csugʻ. — sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining (sugʻoriladigan boʻz yerlar bundan mustasno) qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi boʻyicha yetkazilgan zararning bir bonitet balli uchun qiymati ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;
Clal. — 1 ga lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtlarni qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi boʻyicha yetkazilgan zarar qiymati ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;
Cp.ya. — 1 ga pichanzor va yaylovlarni qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi boʻyicha yetkazilgan zarar qiymati ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;
Bb — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan sugʻoriladigan yerlar tuproqlarining oʻrtacha bonitet balli koʻrsatkichi, ball;
Ssugʻ. — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari maydoni (sugʻoriladigan boʻz yerlar bundan mustasno), ga;
Slal. — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtlar maydoni, ga;
Sb.sugʻ. — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan sugʻoriladigan boʻz yerlar maydoni, ga;
Sb.lal. — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan lalmi boʻz yerlar maydoni, ga;
Sp.ya. — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan pichanzorlar va yaylovlar maydoni, ga;
10 — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari va sugʻoriladigan boʻz yerlar boʻyicha yetkazilgan zarar qiymatini 10 barobarga oshirish koeffitsiyenti;
20 — qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtlar, lalmi boʻz yerlar, pichanzor va yaylov yerlar boʻyicha yetkazilgan zarar qiymatini 20 barobarga oshirish koeffitsiyenti;
Ki — ushbu Nizomning 48-bandiga muvofiq qabul qilinadigan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari summasini indeksatsiya qilish koeffitsiyenti”;
quyidagi mazmundagi V-bob qoʻshilsin:
“V. Yakunlovchi qoida
56. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zararlarni aniqlash tartibini buzgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi”;
nizomga 1-ilovada:
ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilova”;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Olib qoʻyiladigan sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari oʻrniga beriladigan ular bilan bir xil yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi boʻyicha yetkazilgan zarar qiymati”;
nizomga 2-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilova”;
3-ilova chiqarib tashlansin;
nizomga 4-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ilova”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi mazmundagi 121-band qoʻshilsin:
“121. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida yer maydonlarini foydalanishga kiritishda mazkur yer maydonlari maqbullashtirilmaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2019-y., 09/19/1024/4183-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)