19.12.2019 yildagi 1019-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish to‘g‘risida” 2018-yil 26-avgustdagi PQ-3920-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, muzeylarni rivojlantirishning innovatsion va amaliy mexanizmini ishlab chiqish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, infratuzilmani yaxshilash, san’at va badiiy ijodni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jahon madaniyati maydonida mamlakatning nufuzini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I.O‘zbekiston muzeylarining renovatsiyasi

Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun muzeylarning ma’muriy tuzilmasini takomillashtirish

1.

I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi, Oybek uy-muzeyi, O‘zbekiston amaliy san’ati muzeyining (keyingi o‘rinlarda muzeylar deb ataladi) rahbarlik lavozimlariga xalqaro mutaxassislarni jalb etgan holda ochiq tanlovlar o‘tkazish.

Ishchi guruh bayonnomasi

2020-2021-yillar

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Muzeylarda quyidagilarni nazarda tutuvchi Dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash:

muzeylarga ishga qabul qilishda nomzodlarni tanlovdan o‘tkazish tartibi;

asosiy sifat ko‘rsatkichlari asosida har chorakda muzeylar xodimlari faoliyatni baholash;

tashrif buyuruvchilarga yo‘naltirilgan biznes-jarayonlar;

aktivlar va xodimlarni boshqarishning samarali modeli.

Ishchi guruh bayonnomasi

2020-yil
I chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Muzeylarning joriy holatini tahlil qilish

3.

Etakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda muzeylar kolleksiyalari va muzeylar infratuzilmasini tahlil qilish, shu jumladan, xatlovdan o‘tkazish va moliyaviy auditni amalga oshirish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
I chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi

4.

Muzeylar infratuzilmasi sifati darajasini oshirish, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarning muzeylarga kirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hisobot tuzish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
I chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi

5.

Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda muzeylarni rivojlantirish bo‘yicha yillik marketing rejasini tasdiqlash.

Ishchi guruh bayonnomasi

2020-yil
II chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlarini muntazamlik asosida tahlil qilish jarayonlarini joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

Doimo

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi

Kolleksiyalarni boshqarish, eksponatlarni saqlash va konservatsiya qilish tizimini takomillashtirish

7.

Muzeylar kolleksiyalarining elektron katalogini yuritish tizimini joriy qilish (tegishli shartnomalar tuzish).

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
I chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi

8.

Muzeylar kolleksiyalarini boshqarish siyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ishchi guruh bayonnomasi

2020-yil
II chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Muzeylar kolleksiyalarini saqlash va konservatsiya qilish siyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ishchi guruh bayonnomasi

2020-yil
II chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Muzeylar restavratsiyasi ishlarining reja-jadvalini tasdiqlash.

Ishchi guruh bayonnomasi

2020-yil
II chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi

Infratuzilmani takomillashtirish orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar interaktivligini oshirish

11.

“Google Arts & Culture” axborot portaliga muzeylar kolleksiyalarining raqamlashtirilgan tasvirlarini kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
II chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

12.

Ko‘p tilli audio-gidlar o‘rnatish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
III chorak

Madaniyat vazirligi

13.

Xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni jalb etgan holda smart-texnologiyalarni joriy etish asosida ekspozitsiyalarni ishlab chiqish (tegishli shartnomalar tuzish).

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy asosda

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va moddiy-texnik jihozlash

14.

Rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari, zarur uskunalarni xarid qilish bo‘yicha reja-jadvalni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ishchi guruh bayonnomasi

2020-yil
II chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi

Aholining muzey eksponatlari bilan tanishishi uchun infratuzilmani yaratish

15.

Imkoniyati cheklangan shaxslar, keksa yoshdagi tashrif buyuruvchilar, maktab yoshidagi bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslarning muzeylarga kirishi va ularga xizmat ko‘rsatishning inklyuziv usullari dasturini ishlab chiq�sh va tasdiqlash.

Ishchi guruh bayonnomasi

2020-yil
I chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Muzeylarda inklyuzivlik dasturini amalga oshirish.

Ishchi guruh bayonnomasi

2021-yil
I chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi

O‘zini o‘zi ta’minlash tamoyiliga asoslangan muzeylarni moliyalashtirish modelini joriy qilish

17.

Doimiylik asosida muzey ishiga tadbirkorlik faoliyatini joriy etish, shu jumladan, muzeylarda mavzuga oid va umumiy esdalik buyumlari, ish yuritish va bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotuvini tashkil etish, ma’ruzalar, mahorat darslari ko‘rinishida ta’lim-axborot tadbirlarini o‘tkazish, ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish qilish bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqlash.

Ishchi guruh bayonnomasi

2020-yil
I chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi

Muzeylar huzurida akademik tadqiqotlarni rivojlantirish

18.

Akademik tadqiqotlarning yo‘nalishi va mavzularini tasdiqlash.

Ishchi guruh bayonnomasi

2020-yil
I chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Muzeylarda akademik tadqiqotlar bo‘yicha, shu jumladan mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarni jalb qilgan holda grant dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ishchi guruh bayonnomasi

2020-yil
II chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi

20.

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Restavratsiya ilmiy-tadqiqot markazida restavratsiya faoliyati bo‘yicha kurslarni joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasiningqarori

2020-yil
IVchorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi faoliyatini takomillashtirish

21.

O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi binosining rekonstruksiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur xarajatlarni 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil dekabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Moliya vazirligi

22.

Smitson institutining (AQSh) tavsiyalari asosida xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi kolleksiyalarini, ma’muriy-xo‘jalik boshqaruvini, texnik sharoitlarni va infratuzilmani tahlil qilish.

Xorijiy mutaxassislar bilan shartnomalar tuzish, yakuniy xulosani va tavsiyalarni taqdim qilgan holda tadqiqot ishlarini o‘tkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
I chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

23.

Jahonga mashhur arxitektor Tadao Andoning “Tadao Ando Architect & Associates” arxitektorlik byurosini (Yaponiya) jalb qilgan holda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi binosining arxitektura dizaynini ishlab chiqish.

Shartnomalar tuzish, homiylik xayriyalarini va grantlarni jalb qilish, dizayn konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
II chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

24.

O‘zbekiston Davlat san’at muzeyini rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishning boshqa manbalarini aniqlash.

Binoni rekonstruksiya qilishning umumiy qiymatini ko‘rib chiqish uchun Moliya vazirligiga kiritish, homiylik xayriyalarini jalb qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
II chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi

25.

O‘zbek�ston Davlat san’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha shartnomalar tuzish, binoni rekonstruksiya qilish maqsadida ilmiy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha shartnomalarni tuzish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
II chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi

26.

Rekonstruksiya qilish davrida O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi madaniy aktivlarini ko‘chirish va saqlanishini ta’minlash. Aktivlarni xatlovdan o‘tkazish, ularni saqlash joylarini aniqlash va aktivlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha texnik talablarga muvofiqlashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
III chorak

Madaniyat vazirligi

27.

O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi madaniy aktivlarini restavratsiya qilish. Madaniy aktivlarni restavratsiya qilish uchun yetakchi xorijiy restavratorlar bilan shartnomalar tuzish masalasini o‘rganish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
IVchorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

28.

O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish.

Maslahat va boshqa xizmatlarni xarid qilish, binoni rekonstruksiya qilish uchun pudratchilar bilan shartnomalar tuzish, rekonstruksiya davrida muzey kolleksiyalarini maxsus tanlangan bino/xonaga joylashtirish, bino rekonstruksiyasini amalga oshirish, muzey uchun zarur uskuna va texnik vositalarni sotib olish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-2021-yillar

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

29.

O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi faoliyatini takomillashtirish.

Ishchi guruh bayoni

2020-2021-yillar mobaynida

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi

30.

Xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi kolleksiyalarini reekspozitsiya qilish bo‘yicha tegishli ishlarni bajarish. Muzeyning doimiy ekspozitsiyasini yaratish uchun yetakchi xorijiy muzey mutaxassislarini jalb qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-2021-yillar mobaynida

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat vazirligi

III. Sobiq knyaz Romanov qarorgohini rekonstruksiya qilish va faoliyatini ta’minlash

31.

Obyekt binosini ta’mirlashning reja-konsepsiyasini ishlab chiqish.

Obyekt binosi dizayni va uni restavratsiya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni bajarishga qurilish sohasidagi yetakchi xorijiy kontraktlar tuzuvchilar bilan shartnomani imzolash.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
I chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

32.

Obyekt binosini restavratsiya qilishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga shartnoma tuzish, loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
I-II chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi

33.

Xorijiy ekspertlarni, shu jumladan, YUNESKO mutaxassislarini jalb qilgan holda Toshkent shahar, Sayilgoh ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan knyaz Romanov qarorgohi (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) binosini (texnik shartlari va infratuzilmasini) o‘rganish va obyektni ma’muriy-xo‘jalik boshqarish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish.

Obyekt kolleksiyasini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi fondlarini o‘rganish.

Xorijiy mutaxassislar bilan shartnomalar tuzish, yakuniy xulosa va tavsiyalar taqdim etgan holda tadqiqot ishlari olib borish, O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi fondlaridan obyekt binosida ekspozitsiya zallarini tashkil etish uchun tadqiqotlar o‘tkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
II chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

34.

Obyekt negizida O‘zbekiston davlat san’at muzeyi filialini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
III chorak

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

35.

Moddiy madaniy meros obyektl�rini saqlashni ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlari talablariga muvofiq obyekt binosini restavratsiya qilish ishlarini bajarish.

Binoni restavratsiya qilish ishlarini bajarishga kontrakt tuzuvchilar bilan shartnomalar tuzish, kolleksiyalarni obyektda joylashtirish, binoni rekonstruksiya qilish ishlarini amalda bajarish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-2021-yillar mobaynida

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

36.

Obyektni moddiy-texnik jihozlash.

Obyektni, shuningdek, ekspozitsiya zallarini jihozlash uchun texnik aktivlarni xarid qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-2021-yillar mobaynida

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

37.

Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi fondlaridan kolleksiyalarni obyekt binosida ekspozitsiyaga qo‘yish ishlarni bajarish.

Obyektning doimiy ekspozitsiyasini tashkil qilish uchun yetakchi xorijiy muzey mutaxassislarini jalb etish.

Ishchi guruh bayonnomasi

2020-2021-yillar mobaynida

Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi