1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish uchun moʻljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli obyektlar qurilishida sifatli va xavfsiz metall prokatini qoʻllash, qurilish obyektlari qulashining oldini olish, shuningdek, ularning qurilayotgan bino va inshootlarning mustahkamligi koʻrsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat sanoat xavfsizligi qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligining avval foydalanilgan, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilgani uch yildan oshgan induksion pechlar va kameralarning (TIF TN kodi 8514 20 1000) 2020-yil 1-martdan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishini taqiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kiriladigan induksion pechlar va kameralarning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlash uchun bojxona rasmiylashtiruvida ishlab chiqaruvchi zavodning uskuna ishlab chiqarilgan sana toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotni oʻz ichiga olgan texnik pasporti taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlardagi mavjud maʼlumotlarning ishonchliligi, shuningdek, tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan noqonuniy olib oʻtilishi uchun import qiluvchilar javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kiriladigan texnologik jihozlar boʻyicha qonunchilikda nazarda tutilgan bojxona toʻlovlari imtiyozlarining 2020-yil 1-yanvardan boshlab qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan induksion pechlar va kameralarga nisbatan amal qilishi bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyatini hududlar kesimida oʻrganish boʻyicha tashkilotlarning biriktirilgan masʼul mansabdor shaxslari rahbarligidagi idoralararo ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda idoralararo ishchi guruhlar deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyatini oʻrganish boʻyicha idoralararo ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Idoralararo ishchi guruhlar 2020-yil 15-yanvarga qadar joylarga chiqqan holda, qurilish uchun moʻljallangan metall prokatini (keyingi oʻrinlarda metall prokati deb ataladi) ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyatini ular tomonidan metall prokatining sifati va xavfsizligiga oid belgilangan standartlarga amal qilish holatini oʻrgansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi metall prokatini ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyatini oʻrganish natijalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metall prokatining sifati va xavfsizligiga oid belgilangan standartlarga amal qilmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, ular tomonidan metall prokatini ishlab chiqarish, sotish va qoʻllashga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo ishchi guruhlar, manfaatdor boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-fevralga qadar metall prokatini ishlab chiqarish, sotish, uning sifati va xavfsizligini nazorat qilish sohasini yanada tartibga solish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tegishliligi boʻyicha metall prokatini majburiy sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga qatʼiy amal qilinishi, metall mahsulotlariga oid texnik reglamentlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanmasdan metall prokati erkin muomalaga chiqarilishining oldini olish va yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalaniladigan metall prokatining sifati toʻgʻrisida hujjatlarning mavjudligi va ishonchliligini hamda metall mahsulotlariga oid texnik reglamentlar talablari, shuningdek, qurilish normalari va qoidalariga muvofiqligini majburiy tekshirish tartibotlariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsin va joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda qurilishda metall prokatining qoʻllanilishi yuzasidan tegishli nazoratni taʼminlasin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzstandart” agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ bilan birgalikda 2020-yil 1-fevralga qadar texnik jihatdan tartibga solish sohasida amaldagi normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqsin, shuningdek, qurilish materiallari, metall prokatining metall mahsulotlariga oid texnik reglamentlarga muvofiqligini baholashda sertifikatlashtirish organlari tomonidan qonunchilikning barcha talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin va tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda “Oʻzbekiston” ilmiy sinovlar va metall prokati, shuningdek, ruhlangan va polimer qoplamali sovutib yoyilgan listning sifati va xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha markazi” davlat korxonasining sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini koʻrsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/89/0179-son — 2020-yil 1-iyundan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon va Qashqadaryo viloyatlaridagi “Oʻzbekiston” ilmiy sinovlar va sifat nazorati” davlat korxonasining sinov laboratoriyalarini modernizatsiyalash, shuningdek, Toshkent shahrida sinov laboratoriyasining yangi korpusi qurilishi va uni zamonaviy jihozlar va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash tadbirlari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” va “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatlarining mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/89/0179-son — 2020-yil 1-iyundan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi ikki hafta muddatda ishlab chiqarish quvvati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning nomenklaturasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan va yillik asosda yangilanib boriladigan metall prokatini ishlab chiqaradigan korxonalarning roʻyxatini shakllantirsin va Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
999-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-dekabrdagi 999-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyatini hududlar kesimida oʻrganish boʻyicha idoralararo ishchi guruhlarning biriktirilgan rahbarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Idoralararo ishchi guruhlarnin biriktirilgan rahbarlari F.I.O. va lavozimi
Hududlar
1.
E.B. Iskandarov — Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri oʻrinbosari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
2.
Sh.S. Xidoyatov — Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari
Andijon viloyati
3.
B.A. Urakov — Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri oʻrinbosari
Buxoro viloyati
4.
I.E. Tashkentbayev — Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
Jizzax viloyati
5.
B.V. Gulyamov — Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Qashqadaryo viloyati
6.
B.X. Ummatov — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
Navoiy viloyati
7.
J.Y. Kattaxodjayev — “Oʻzstandart” agentligi Bosh direktorining birinchi oʻrinbosari
Namangan viloyati
8.
N.Sh. Sharipov — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi qoʻmitasi raisi
Samarqand viloyati
9.
D.N. Sattarov — “Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori
Sirdaryo viloyati
10.
U.D. Karimov — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari
Surxondaryo viloyati
11.
M.O. Saliyev — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
Toshkent viloyati
12.
J.N. Shukurov — “Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori oʻrinbosari
Fargʻona viloyati
13.
Sh.R. Xashimov — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri oʻrinbosari
Xorazm viloyati
14.
D.F. Raximov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi
Toshkent shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-dekabrdagi 999-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyatini oʻrganish boʻyicha idoralararo ishchi guruhlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va komunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qurilish sohasida nazorat hududiy inspeksiyalari boshliqlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari boshliqlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi inspektorlari.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi hududiy boʻlimlari rahbarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari boshliqlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatining hududlarda faoliyat olib boruvchi xodimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 09/19/999/4157-son; 18.02.2020-y., 09/20/89/0179-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)