1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 31-oktabrdagi PQ-4502-son qarori ijrosini taʼminlash hamda mehnat munosabatlari va kadrlar bilan ish yuritishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “UZINFOCOM” davlat axborot xizmatlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ bilan birgalikda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (keyingi oʻrinlarda “YAMMT” IDAK deb ataladi), joylashtirish va uning ishlashi uchun mavjud resurslar server va kommutatsion qurilmalari bilan toʻldirilishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi bilan birgalikda “YAMMT” IDAKning server va kommutatsion qurilmalar va dasturiy taʼminotini axborot xavfsizligi standartlariga muvofiqlik va ruxsatsiz foydalanishdan himoyalanganlik boʻyicha ekspertizadan oʻtkazsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” “YAMMT” IDAK belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini hamda Davlat axborot resurslari va davlat organlarining axborot tizimlari reyestriga kiritilishini taʼminlasin, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi esa fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlaridan ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida muntazam ravishda axborot xavfsizligi boʻyicha audit oʻtkazilishini taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, AT Xalq banki “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini inobatga olgan holda, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi vositasida “YAMMT” IDAK bilan idoralararo maʼlumot almashish boʻyicha texnologik yoʻriqnomalarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “YAMMT” IDAKni boshqarish direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyani saqlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YAMMT” IDAKni tumanlarda (shaxarlarda) ishlatish boʻyicha maslahatchi mutaxassislarning funksiyalari tumanlar (shaharlar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlaridagi hududiy bandlik dasturlarini shakllantirish va monitoring olib borish boʻyicha sektor mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bir oy muddatda Direksiya negizida vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning masʼul xodimlari uchun “YAMMT” IDAKdan foydalanish koʻnikmalarini oʻrgatish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Direksiya Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ya. Gʻulomov koʻchasi, 38-uy manzilida joylashgan Mirzo Ulugʻbek tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi binosiga joylashtirilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
971-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom xodimlar bilan ish beruvchilar oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomalarini roʻyxatga olish, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi oʻrinlarda “YAMMT” IDAK deb ataladi) — axborot resurslari, texnologiyalar va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan majmui boʻlib, u orqali roʻyxatga olingan mehnat shartnomalari va xodimlarning mehnat stajiga oid maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va qayta ishlash amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YAMMT” IDAK operatori (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) — axborot tizimining ishlashini, undan foydalanishni, shuningdek, “YAMMT” IDAK ishlashining tashkiliy va texnik jihatlari bilan bogʻliq muntazam tartibga solish vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlaydigan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi — tashkilot, shu jumladan, uning alohida tarkibiy boʻlinmalari nomidan ularning rahbarlari, mulkdori ayni vaqtda uning rahbari hisoblanadigan xususiy korxonalar, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda oʻn sakkiz yoshga toʻlgan alohida shaxslar;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish — mehnat haqidagi qonunlar talablariga muvofiq ish beruvchi bilan xodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “YAMMT” IDAKga kiritish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning elektron mehnat daftarchasi — jismoniy shaxsning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron hujjat, u mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilganligi, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtganlik, oʻzini oʻzi band qilganligi, ishsiz va band boʻlmagan shaxslarning jamoat ishlariga jalb qilinganligi, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketayotgan fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida “YAMMT” IDAKda shakllantiriladi, shuningdek, unda xodim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, maʼlumoti, kasbi, mutaxassisligi), ishga joylashish davrlari (ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish), hisoblangan ish haqi, shuningdek, jismoniy shaxsning mehnatiga haq toʻlash tarzidagi daromadlardan toʻlangan soliqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻladi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo oʻzaro axborot hamkorligi ishtirokchilari — “YAMMT” IDAK bilan maʼlumotlar ayirboshlanishiga jalb etilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchining shaxsiy kabineti — roʻyxatdan oʻtgan ish beruvchilarga xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzish, ularni bekor qilish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, ish oʻrinlari, boʻsh ish oʻrinlari va xodimlar haqidagi maʼlumotlarni kiritish imkonini beruvchi “YAMMT” IDAKning yopiq boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti — roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslarga oʻzlarining elektron mehnat daftarchalariga kirish imkonini beruvchi “YAMMT” IDAKning yopiq boʻlimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlanadigan maʼlumotlar — “YAMMT” IDAKka ish beruvchining “Tashkilot kabineti” orqali kiritiladigan barcha maʼlumotlarning toʻgʻriligi va shaffofligiga ish beruvchi tomonidan elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) yordamida qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan elektron maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning avvalgi mehnat staji — faoliyat yuritayotgan ish beruvchida ishlayotgan xodimning avvalgi ish joyi toʻgʻrisidagi mehnat daftarchasidagi yozuvlar;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehnat munosabatlarini roʻyxatdan oʻtkazishda “YAMMT” IDAKdan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir, Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi, shuningdek, shtat jadvali maxfiy boʻlgan ish beruvchilar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, faoliyat yuritayotgan barcha ish beruvchilar (Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi, shuningdek, shtat jadvali maxfiy boʻlgan ish beruvchilar bundan mustasno) oʻzlarida ishlayotgan xodimlarining avvalgi ish joyi toʻgʻrisida mehnat daftarchasidagi barcha yozuvlarni “YAMMT” IDAKka kiritishga va 2005-yil 1-yanvargacha mehnat staji toʻgʻrisida kiritilgan ushbu maʼlumotlarni mehnat daftarchasidagi yozuvlar asosida ERI bilan tasdiqlab berishga, 2005-yildan keyingi davr uchun mazkur maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlash uchun xodim avval ishlagan ish beruvchilarning “Tashkilot kabineti”ga elektron shaklda soʻrov yuborilishiga masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilar “YAMMT” IDAKdan kelib tushgan elektron soʻrovga koʻra ularda ilgari ishlagan sobiq xodimlarning barcha davrlar boʻyicha mehnat staji davri haqidagi maʼlumotlarni soʻrov kelib tushgandan soʻng oʻn kun muddatda ERI bilan tasdiqlaydilar hamda sobiq xodimlarining ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu muddat davomida belgilangan tartibda arxivlarga taqdim etilmagan hamda oʻzlarining idoraviy arxividagi mavjud hujjatlari asosida “YAMMT” IDAKka kiritadilar va ERI bilan tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan maʼlumotlarning haqqoniyligiga ish beruvchilar masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopilgan, tugatilgan yoki boshqa sabablarga koʻra faoliyat koʻrsatmayotgan (arxivlar yoki idoraviy arxivlarda maʼlumotlari mavjud boʻlmagan) ish beruvchilarda muqaddam ishlagan sobiq xodimlarning qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchalariga kiritilgan ish staji toʻgʻrisidagi yozuvlar xodimning oxirgi ish beruvchisi tomonidan “YAMMT” IDAKka kiritiladi va ERI bilan tasdiqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “YAMMT” IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi “YAMMT” IDAK operatori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “YAMMT” IDAKni ishlab chiqish, yuritish, saqlab turish va takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xususiy tashkilotlarga “YAMMT” IDAKga maʼlumotlarni kiritish boʻyicha shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ish beruvchining shaxsiy kabinetiga kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ish beruvchi yozma shaklda tegishli qarorni rasmiylashtirish yoʻli bilan “YAMMT” IDAKga kirish huquqiga ega boʻlgan masʼul shaxs va yoki bir nechta masʼul shaxslarni belgilashi shart, yakka tartibdagi tadbirkor bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “YAMMT” IDAKda mehnat shartnomalarini roʻyxatga olish funksiyasi rahbar yoki u tomonidan belgilangan boshqa shaxsga yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xodim va ish beruvchi oʻrtasida mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni roʻyxatga olish tartibi ijrosini, shuningdek, “YAMMT” IDAKda elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritishni taʼminlash, boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) mavjudligini koʻrsatish maqsadida ish beruvchi masʼul shaxsni (shaxslarni) belgilab, unga (ularga) ish beruvchining ERI kalitini taqdim etish orqali “YAMMT” IDAKka kirish imkonini berishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtish uchun ish beruvchi my.mehnat.uz elektron manziliga oʻtishi va “Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi orqali identifikatsiyadan oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Identifikatsiyadan oʻtgandan soʻng “YAMMT” IDAK avtomatik ravishda taqdim etilgan maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimining yuridik shaxslar maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlar bilan taqqoslaydi va xatolar aniqlanmagan taqdirda, idoralararo elektron hamkorlik tizimi yordamida ish beruvchi “YAMMT” IDAKda roʻyxatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Roʻyxatga olingandan soʻng avtomatik ravishda ish beruvchining shaxsiy kabineti shakllantiriladi. Ish beruvchining shaxsiy kabinetiga ish beruvchining ERI kaliti yordamida kiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ish beruvchiga tegishli soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda STIR deb ataladi) “YAMMT” IDAKda ish beruvchining identifikatori hisoblanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ish beruvchida dasturiy yoki apparat vositalari boʻlmasa yoxud “YAMMT” IDAKda mustaqil ravishda roʻyxatdan oʻtishga toʻsqinlik qiladigan boshqa sabablar mavjud boʻlsa, roʻyxatdan oʻtish mehnat organlarida bepul amalga oshirilishi mumkin. Bunda maʼlumotlarni tasdiqlash ish beruvchining ERIdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Istisno tariqasida, xodimlarning soni koʻpligi yoki boshqa sabablarga koʻra ish beruvchi tomonidan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish vakolati uning tarkibiy boʻlimlariga oʻtkazilgan hollarda ish beruvchining “YAMMT” IDAK operatoriga yoʻllagan soʻroviga koʻra, mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni roʻyxatdan oʻtkazish, ish oʻrinlari, boʻsh ish oʻrinlari va tarkibiy boʻlinmalar xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish uchun alohida shtat tuzilmasi (jadvali) bazasi shakllantirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ish beruvchi tugatilganda uning shaxsiy kabinetiga kiritilgan maʼlumotlar “YAMMT” IDAK maʼlumotlar arxiviga yuboriladi va u yerda cheklanmagan muddat davomida saqlanadi. Ish beruvchi tugatilgandan soʻng operator manfaatdor shaxslarning davlat pensiyasini tayinlash bilan bogʻliq boʻlgan asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha ish beruvchining shaxsiy kabinetiga kirish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tashkilot mulkdori oʻzgarganda, qayta tashkil etilganda (birlashtirish, qoʻshib yuborish, boʻlinish, ajratish, oʻzgartirish) shaxsiy kabinet uning huquqiy vorisida saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tashkilotning tuzilmasini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “YAMMT” IDAKda tashkilot tuzilmasini shakllantirish tashkilot shtat jadvaliga muvofiq (agar mavjud boʻlsa) boʻlinmalar va ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda har bir lavozim alohida yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tashkilotning tuzilmasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning barcha boʻlinmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yuridik shaxsning alohida STIRga ega boʻlgan va alohida yuridik shaxs boʻlganlaridan tashqari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchining (budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning) tasdiqlangan shtat jadvali, maxfiy shtat jadvali bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta qilinganligi boʻyicha sugʻurta polisi sanasi va raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy, ishlab chiqarish va texnik xodimlar bilan birgalikda tashkilotdagi barcha ish oʻrinlari, shu jumladan, boʻsh ish oʻrinlari, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun belgilangan zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlarining toifalari va soni (agar qonunchilik talablari tatbiq etilsa) haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Boʻlinmalar haqidagi maʼlumotlarni kiritish boʻlinma nomi yozilgan maxsus shaklni toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ish joyi haqidagi maʼlumotlarni kiritish Xizmatchilar asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga muvofiq lavozim nomi yozilgan maxsus shaklni toʻldirish yoʻli bilan va xodimlarning maoshi, stavka hajmi va ish oʻrniga qoʻyilgan talablar, shu jumladan, mehnat sharoitlari va lavozim vazifalarini koʻrsatgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilar tomonidan “YAMMT” IDAKdagi “Tashkilot kabineti”da yaratilgan ish oʻrniga noqulay va zararli mehnat sharoitlari boʻyicha lavozim va kasblar belgilanadi hamda ushbu lavozim va kasblarda ishlayotgan va ishlagan xodimlarning maʼlumotlari kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilar tomonidan “Tashkilot kabineti”da imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi lavozim va kasblarda ishlayotgan hamda ishlagan sobiq xodimlarning ishlagan davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi. Bunda imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlari boʻyicha 2-roʻyxatning 1-qismi va 3-roʻyxatning 1-qismida koʻzda tutilgan ishlar, kasblar va lavozimlar imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqidan, agar ularning mehnat sharoitlari Roʻyxatlarda koʻrsatilgan shartlarga (koʻrsatkichlarga) mos boʻlsa foydalanadi. Ushbu moslik tashkilotlarda ish oʻrinlarining attestatsiyasi natijalari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi “Tashkilot kabineti”da “Baxtsiz hodisalarni hisobga olish” boʻlimida baxtsiz hodisa turi, oqibatlari va sanasi, jabrlanuvchilar soni boʻyicha tuzilgan N-1 shakldagi dalolatnomaga asosan mehnatda mayib boʻlgan va kasb kasalligini olgan, shuningdek, mehnatga layoqatliligini qisman yoʻqotgan va tibbiy xulosaga koʻra oʻzining asosiy ishidan boshqasiga bir va undan ortiq ish kuniga oʻtkazilgan xodimlarning maʼlumotlarini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilar ushbu maʼlumotlarni ERI bilan tasdiqlaydilar va ularning haqqoniyligi uchun masʼul hisoblanadilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mehnat shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilgunigacha yangidan kiritilgan ish oʻrnining maqomi avtomatik ravishda boʻsh ish oʻrni deb belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ish beruvchi va xodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha “YAMMT” IDAKka mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shartnoma tuzilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida kiritish orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ish beruvchi mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi va kiritilgan maʼlumotlarni ERI yordamida tasdiqlaydi. Mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi kiritilgan maʼlumotlar ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmagan taqdirda, mehnat shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilmagan deb hisoblanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mehnat shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish paytida notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan taqdirda ish beruvchi besh ish kuni mobaynida mehnat shartnomasining notoʻgʻri kiritilgan maʼlumotlarini tahrir qilishi mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan muddat oʻtib ketgan taqdirda ish beruvchi oʻrnatilgan “YAMMT” IDAK aloqa kanallari orqali ERI identifikatsiyasi bilan operatorga murojaat qiladi. Barcha murojaatlar operator tomonidan besh ish kuni davomida ketma-ketlik tartibida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tuzilgan mehnat shartnomasiga qoʻshimcha bitimni roʻyxatdan oʻtkazish “YAMMT” IDAKga mehnat shartnomasidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar haqidagi maʼlumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mehnat shartnomasiga qoʻshimcha bitim boʻyicha kiritilgan maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan ERI yordamida tasdiqlanadi. Qoʻshimcha bitim ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmasdan roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda, qoʻshimcha kelishuv roʻyxatdan oʻtkazilmagan hisoblanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qoʻshimcha kelishuv maʼlumotlari notoʻgʻri kiritilgan hollarda ish beruvchi notoʻgʻri kiritilgan maʼlumotlarni besh ish kuni mobaynida tahrir qilishi mumkin. Belgilangan muddat oʻtib ketgan taqdirda, ish beruvchi operatorga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Har bir roʻyxatdan oʻtkazilgan mehnat shartnomasiga qoʻshimcha bitimga keyinchalik xizmatda foydalanish uchun noyob raqam beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Xodimning ijtimoiy taʼtilga chiqishini roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xodimning ijtimoiy taʼtilga chiqishini roʻyxatdan oʻtkazish “YAMMT” IDAKga ijtimoiy taʼtil davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Xodimning ijtimoiy taʼtilini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi kiritilgan maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan ERI yordamida tasdiqlanadi. Xodimning ijtimoiy taʼtilga chiqishi ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmasdan roʻyxatga olingan taqdirda kiritilgan maʼlumotlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xodimning ijtimoiy taʼtilga chiqishi boʻyicha notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan taqdirda ish beruvchi besh ish kuni mobaynida notoʻgʻri kiritilgan maʼlumotlarni tahrir qilishi mumkin. Belgilangan muddatdan oshgan taqdirda ish beruvchi operatorga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Mehnat shartnomasining bekor qilinishini roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mehnat shartnomasining bekor qilinishi “YAMMT” IDAKka ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnat shartnomasining bekor qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uch ish kuni mobaynida kiritish orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat shartnomasi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilgani munosabati bilan bekor qilinganda, ushbu holat ish beruvchi tomonidan “YAMMT” IDAKda alohida qayd etiladi. Lekin elektron mehnat daftarchasida ushbu holat mehnat shartnomasining bekor qilinishi sababi sifatida koʻrsatilmaydi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mehnat shartnomasining bekor qilinishini roʻyxatga olish toʻgʻrisida kiritilgan maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan ERI yordamida tasdiqlanadi. Mehnat shartnomasining bekor qilinishi ish beruvchining ERIsi bilan tasdiqlanmasdan roʻyxatga olingan taqdirda, kiritilgan maʼlumotlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mehnat shartnomasining bekor qilinishi boʻyicha notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan taqdirda ish beruvchi besh ish kuni mobaynida notoʻgʻri kiritilgan maʼlumotlarni tahrir qilishi mumkin. Belgilangan muddat oʻtib ketgan taqdirda, ish beruvchi operatorga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mehnat shartnomasining bekor qilinishi roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi barcha yozuvlar avtomatik ravishda tashkilotning elektron arxiviga tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tashkilotning elektron arxivi tashkilotning butun faoliyati davrida xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzilishi, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi, bekor qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi va ish beruvchining shaxsiy kabineti orqali ular bilan tanishish mumkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Boʻsh ish oʻrinlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tashkilot tarkibida yaratilgan ish oʻrni agar ushbu ish oʻrniga mehnat shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa, boʻsh hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar tashkilotning umumiy tuzilmasida, shuningdek, ish beruvchi shaxsiy kabinetining alohida boʻlimida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotning tasdiqlangan shtatlar jadvaliga nisbatan boʻsh ish oʻrinlarini ortiqcha va asossiz yaratish qonunchilikda belgilangan tartibda ish beruvchining (budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning) masʼuliyatiga qaratiladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Boʻsh ish oʻrni tashkil etilganidan yoki mehnat shartnomasining bekor qilinishi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab besh kalendar kun mobaynida boʻsh ish oʻrniga mehnat shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa, bu boʻsh ish oʻrni haqidagi maʼlumot avtomatik ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining boʻsh ish oʻrinlari milliy bazasiga uzatiladi va barcha uchun ochiq boʻladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ish beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining boʻsh ish oʻrinlari milliy maʼlumotlar bazasiga bu haqida maʼlumot berishda boʻsh ish oʻrni haqidagi maʼlumotda lavozim maoshi koʻrsatilishini oʻchirib qoʻyish imkoniga ega.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ish oʻrni mehnat shartnomasi tuzilganligi roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng boʻsh hisoblanmaydi, bunda boʻsh ish oʻrni haqidagi maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining boʻsh ish oʻrinlari milliy bazasida nofaol boʻladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtish uchun jismoniy shaxs my.mehnat.uz elektron manziliga oʻtishi va “Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi orqali jismoniy shaxsning ERI yordamida yoki kadrlar boʻyicha ish yurituvchi masʼul xodim yoki mehnat organining masʼul xodimi tomonidan verifikatsiya qilingan telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodi yordamida identifikatsiyadan oʻtishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Identifikatsiyadan oʻtgach “YAMMT” IDAK avtomatik ravishda taqdim yetilgan maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi jismoniy shaxslar maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlar bilan solishtiradi va xatolik aniqlanmagan hollarda idoralararo elektron hamkorlik tizimi yordamida jismoniy shaxsni “YAMMT” IDAKda roʻyxatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng avtomatik ravishda jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. “YAMMT” IDAKda jismoniy shaxsga tegishli jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda JSHSHIR deb ataladi) jismoniy shaxsning identifikatori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Tashkilotda kadrlar bilan ish yurituvchi masʼul xodim yoki mehnat organining masʼul xodimi jismoniy shaxslarning yozma murojaati asosida ular bilan bogʻlanish maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashash uchun ketgan taqdirda yoki vafot etgan taqdirda shaxsiy kabinetdagi maʼlumotlar “YAMMT” IDAKda saqlanishda davom etadi va ishonchli shaxslarga yoki qonuniy vorislarga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Elektron mehnat daftarchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. “YAMMT” IDAKdagi elektron mehnat daftarchasiga kirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ravishda, jismoniy shaxsning ERIdan yoki kadrlar bilan ish yurituvchi masʼul xodim yoki mehnat organining masʼul xodimi tomonidan verifikatsiya qilingan telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodidan foydalanib — xodim tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng — ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Jismoniy shaxslar oʻz tashabbusi bilan oʻzlarining oʻtgan davrlardagi ishga joylashish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “YAMMT” IDAKga mustaqil kiritishlari mumkin. Shu bilan birga kiritilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi organlari tomonidan yozuv kiritilgandan soʻng oʻn besh kun mobaynida verifikatsiya qilinishi (tasdiqlanishi) lozim.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlamaydigan fuqarolar oʻzlarining mehnat daftarchasidagi mehnat staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini “YAMMT” IDAKka kiritish uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga murojaat qilishlari mumkin. Bunda maʼlumotlar jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami orqali kiritiladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/106/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Jismoniy shaxslarga oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini berishda mehnat organlari guvohnoma berilgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “YAMMT” IDAKga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. “YAMMT” IDAKga oʻzini oʻzi band qilgan holda vaqtinchalik mehnat guvohnomasida koʻrsatilgan mehnat faoliyati olib borilgan davr kiritiladi. Bunda davrning birinchi kuni vaqtinchalik mehnat guvohnomasida koʻrsatilgan faoliyatning boshlanish sanasi va oxirgi kuni faoliyatning yakunlangan sanasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Oʻzini oʻzi band qilgan holda mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi “YAMMT” IDAKda saqlanadigan maʼlumotlar pensiya hisoblashda tegishli ish bilan bandlik davrini mehnat stajiga kiritish uchun asos boʻladi. Bunda vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini taqdim etish orqali tasdiqlash talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va unga idoraviy mansub tashkilotlar “YAMMT” IDAKning ishlashi, axborot xavfsizligining taʼminlanishi, axborot tizimi tarkibidagi shaxsga doir maʼlumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Mehnat shartnomalarini roʻyxatga olish, xodimlarning elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibining ijro etilishi boʻyicha javobgarlik ish beruvchilar va zimmasiga tegishli vazifalar yuklangan boshqa organlarga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi bilan xodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Harakatlar
Muddatlar
1-bosqich
Ish beruvchi
Oʻzbekiston Respublikasi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish yagona axborot tizimi orqali identifikatsiyadan oʻtish yoʻli bilan my.mehnat.uz manzili boʻyicha “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtish.
Qonunda belgilangan muddatda
2-bosqich
Ish beruvchi
Ish beruvchining shaxsiy kabinetini shakllantirish.
Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng avtomatik tarzda
3-bosqich
Ish beruvchi
Shtat jadvaliga muvofiq (agar mavjud boʻlsa) boʻlinmalar va ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan tashkilot tuzilmasini shakllantirish.
Ish beruvchining shaxsiy kabineti shakllantirilganidan soʻng
4-bosqich
Ish beruvchi
Mehnat shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish.
1. Xodim haqidagi maʼlumotlarni kiritish: pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR.
2. Mehnat shartnomasi rekvizitlarini kiritish: mehnat shartnomasi raqami; mehnat shartnomasi tuzilgan sana.
3. Mehnat shartnomasi shartlarini kiritish: ishni boshlash sanasi; mehnat shartnomasining tugashi sanasi*; ish joyi; sinov muddati; faoliyat turi; ish vaqti va dam olish vaqti; yillik haq toʻlanadigan taʼtil; qoʻshimcha haq toʻlanadigan taʼtil; mehnatga haq toʻlash.
Ish beruvchining shaxsiy kabinetidagi tashkilotning shakllantirilgan tuzilmasida ish oʻrni yaratilganidan soʻng
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqtiga tuzilgan taqdirda tegishli belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron mehnat daftarchalarida maʼlumotlarni shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Harakatlar
Muddatlar
1-bosqich
Jismoniy shaxs (xodim),
ish beruvchi
my.mehnat.uz elektron manzili boʻyicha “Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi orqali jismoniy shaxsning ERI yordamida yoki kadrlar boʻyicha ish yurituvchi masʼul xodim yoki mehnat organining masʼul xodimi tomonidan verifikatsiya qilingan telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodi yordamida roʻyxatdan oʻtish.
Mehnat shartnomasi tuzilganda
2-bosqich
Jismoniy shaxs (xodim)
Jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti shakllantirilishi.
Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng avtomatik tarzda
3-bosqich
Ish beruvchi
Elektron mehnat daftarchasida mehnat shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va tugatishni roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda shakllantirish.
Mehnat shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Jismoniy shaxslar oʻz tashabbusi bilan oʻzlarining mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisida “YAMMT” IDAKga maʼlumotlarni mustaqil kiritishlari mumkin. Shu bilan birga elektron mehnat daftarchasidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi organlari tomonidan belgilangan muddatda verifikatsiya qilinganidan (tasdiqlanganidan) soʻng shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш