O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-martdagi O‘RQ-530-son “Mahkumlarning hamda qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 175-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2456, 2013-yil 13-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 20-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
“8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi THga moneliksiz kirish huquqiga ega. Bunda TH ma’muriyati tomonidan ularning xavfsizligi ta’minlanadi.”.
“166. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil THlarga moneliksiz kirish, shuningdek THda saqlanayotgan shaxs bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish huquqiga ega.”.
“167. TH ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga THda saqlanayotgan shaxslar bilan moneliksiz va xoli uchrashuvi hamda suhbati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart.”.
“168. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning THda saqlanayotgan shaxs bilan uchrashuvlari va suhbatlari TH xodimlari ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli o‘tkaziladi.”.
“2051. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning javobi TH ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas va arizachiga darhol yetkazib beriladi.”.
“206. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining yoki tergovchining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay TH ma’muriyati tomonidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruv organiga, tergov organining boshlig‘iga yoxud prokurorga, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar esa yuqori turuvchi prokurorga yuboriladi yoki topshiriladi.”.
7. Mazkur qo‘shimcha va o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy sud bilan kelishilgan.