Andijon viloyati Andijon tumani hokimining
qarori
Ijtimoiy muhofazaga muxtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2019-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2021-yil 3-maydagi 116/24-6-sonli “Andijon viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 28-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi nogironlarni ijtimoiy ximoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muxtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan ijtimoiy ximoyaga muxtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tuman 2019-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, qaror qilaman:
1. Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj,ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga* muvofiq, 2019-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga* asosan tasdiqlansin.
* 1- va 2- ilovalar berilmaydi.
2. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj,ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam soni 2-ilovaga muvofiq xodimlarning roʻyxati boʻyicha oʻrtacha soni 1057 nafarni tashkil etadigan 10 foiz miqdorida, shu jumladan:
Nogironlar uchun 3.0 foiz (317 nafar, yuqorida koʻrsatilgan ish oʻrinlariga tumanda nogironlar ishga joylashish boʻyicha talab 50 ta boʻlganligi sababli, kelgusida 267 ta oʻrnini umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha talim olgan bitiruvchilari uchun band etib qoʻyilsin);
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha talim olgan bitiruvchilari uchun 4.0 foiz (428 kishi);
14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun 1.1 foiz(121 kishi);
Pensiya oldi yoshdagi shaxslar uchun .15 foiz (16 kishi);
Safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Quchlari saflaridan muddatli xarbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 1.1 foiz (118 kishi);
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun 0.2 foiz (23 kishi);
Ijtimoiy muhofazaga muxtoj shaxslarning boshqa toifalari, shu jumladan odam savdosi qurbonlari uchun 0.3 foiz (34 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
3. Ushbu toifadagi shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena meʼyorlariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini toʻsiqsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat qilish sharoitlariga, shu jumladan, quyidagilarga muvofiq boʻlishi kerak:
14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha talim olgan bitiruvchilari uchun – ularning kasbiy tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Quchlari saflaridan muddatli xarbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning professional tayyorgarligiga mos boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan va xodimga ularning sogʻligi holati va mehnat faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan belgilangan zidliklar xisobga olingan holda mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beradigan ish oʻrinlari;
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini xisobga olgan holda maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
Odam savdosi qurbonlari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini xisobga olgan holda maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari.
4. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar;
Muxandislar, iqtisodchilar, xisobchi, xisobchi-taftishchi, xuquqshunos, zootexnik, agronom, shifokor, xamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, oʻqituvchi, tarozibon, elektr va avtoaravacha haydovchisi, tashuvchi, farrosh, oʻt yoqar, obodonlashtirish ishchisi, omborchi, EXM operatori, yukchi, ishchi, bogʻbon, qorovul.
5. Tumandagi mavjud korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari:
Oʻzbekiston Respublikas Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muxtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ushbu qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasin;
Yil boshlanishidan 10 kundan kechikmay muxtojlarni ishga joylashtirish uchun muxtojlar uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi miqdorida ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyilishini va tayyorligini taʼminlasin, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar tuman Bandlikka koʻmaklashishi markazini xabardor qilsin;
Muxtojlar uchun ish oʻrinlarini qolgan qismini zaxiraga qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi maboynida taʼminlasin, bu haqda tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga birinchi chorak tamom boʻlshgandan keyin 10 kechikmay xabardor qilsin;
tashkilot har oyda xisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha Bandlikka koʻmaklashish markaziga “Ijtimoiy muhofazaga muxtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shalk boʻyicha muxtojlarni ishga joylashtirish toʻgʻrisida axborot taqdim etsin;
tashkilot tomonidan muxtojlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari tayyorligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilmasligi, teng darajada zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan soni xisobiga ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining amalda tayyor emasligituman Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan tuman hokimining qarori bajarilmasligi sifatida qaralishi lozimligi qayd etilsin.
6. Tuman hokimining muxtojlar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha ushbu qarori bajarilmaganida, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun xujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (R. Rasulov) mazkur qarorni besh kun muddatdaqarorni 1-bandida koʻrsatilgan tashkilotlar rahbarlarining eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qaror bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
8. Mazkur qaror “Andijonnoma” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb saytiga joylashtirilsin.
9. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab 3 oydan keyin kuchga kiradi.
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari D. Saidaxmedov zammasiga yuklatilsin.
Hokim U. ISAMIDINOV
Andijon t.,
2019-yil 23-sentabr,
6871-Q-son