Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021 04.10.2019 yildagi 4374-K-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Baliqchi tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy muxofazaga muhtoj va ish topishda qiynalyotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2021-yil 3-maydagi 116/24-6-sonli “Andijon viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 28-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1998-yil 5-6-son 97-modda) 17-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y, 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2017 y, 09/17/965/0393-son) asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2020-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, 2020-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam soni 2-ilovaga muvofiq tumandagi 103 ta tashkilotlarda jami xodimlarning roʻyxat boʻyicha soni 8759 nafarni tashkil etadigan quyidagi toifalar uchun 9,1 foiz (796 kishi) miqdorida, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari boʻlgan va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun 2,2 foiz (189 kishi); ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari 2,8 foiz (246 kishi); ‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 0,1 foiz (9 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun 3,5 foiz 306 kishi, yuqorida koʻrsatilgan ish oʻrinlariga tumanda nogironlar ishga joylashish boʻyicha kelgusida (306 nafar nogironlar uchun band qilingan ish oʻrinlarining ortgan qismi kelgusida ehtiyoji yuqori boʻlgan toifalar bilan toʻldiriladi) tuman xokimining 2019-yili 1-noyabrdagi 3348-q sonli qarorida band qilingan nogironlar uchun ish oʻrinlariga nogiron ishga qabul qilgan korxona va tashkilotlarda 3 foizdan kam etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun 0,2 foiz (21 kishi);‎‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎‎‎‎‎‎jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun 0,2 foiz 19 kishi);‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odam savdosi qurbonlari uchun 0,1 foiz (6 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zahirasi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena meʼyorlariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini toʻsiqsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat qilish sharoitlariga, shu jumladan, quyidagilarga muvofiq boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiriq zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning professional tayyorgarligiga mos boʻlgan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan va xodimga ularning sogʻligi holatini va mehnat faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan belgilangan zidliklar hisobga olingan holda mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beradigan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam savdosi qurbonlari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislar, iqtisodchilar, hisobchi, hisobchi-taftishchi, yuriskonsulʼt, zootexnik, agronom, shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, oʻqituvchi, tarozibon, elektr va avtoaravacha haydovchisi, tashuvchi, farrosh, oʻtyoqar, obodonlashtirish ishchisi, omborchi, EHM operatori, yukchi, ishchi, bogʻbon, qorovul.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tumandagi mavjud korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil boshlanishidan oldin 10 kundan kechikmay muhtojlarni ishga joylashtirish uchun muhtojlar uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi miqdorida ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyilishini va tayyorligini taʼminlasin, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar tuman Axoli bandlikka koʻmaklashish markazini xabardor qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhtojlar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini zaxiraga qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasin, bu haqda tuman Axoli bandlikka koʻmaklashish markaziga birinchi chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay xabardor qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman Axoli bandlikka koʻmaklashish markaziga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha muhtojlarni ishga joylashtirish toʻgʻrisida axborot taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot tomonidan muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari tayyorligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilmasligi, teng darajada zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining amalda tayyor emasligi tuman Axoli bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan tuman hokimining qarori bajarilmasligi sifatida qaralishi lozimligi qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimining muhtojlar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 19-2019-B sonli buyrugʻi (AV roʻyxat raqami № 3163, 31-may 2019-yil) ijrosini taʼminlash maqsadida ushbu qarorning 2 ilovasida keltirilgan toifalarga mansub boʻlgan shaxslarni ishga ortiqcha olgan xar bir fuqaro uchun eng kam ish xaqining 2,5 barobari miqdorida grantlar ajratilsin grand ajratishni nazorat qilish tuman axoli bandlikka koʻmaklashish markazi (X. Madatov) zimasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman axoli bandlikka koʻmaklashish markazi (X. Madatov) mazkur qarorni besh kun muddatda qarorning 1-bandida koʻrsatilgan tashkilotlar rahbarlarining eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qaror bajarilishi ijrosi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror “Gʻalaba” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror 2020-yil 1-yanvar kunidan kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman xokimining 2018-yil 1-noyabr kungi 3348-q sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb xisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Mamadaliyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimi J. ABDURAYIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliqchi t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4374-Q-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumani hokimining 2019-yil 4-oktabrdagi 4374-Q-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi ijtimoiy ximoyaga muxtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va band etilgan ish joylarini nazorat qilish boʻyicha tuman komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.Mamadaliyev.‎ —‎ Tuman xokimining birinchi oʻrinbosari ishchi gurux raxbari ‎
G. Dexqonova‎ —‎‎ Tuman xokimining, xotin qizlar qoʻmitasi raisi, ishchi gurux raxbari oʻrinbosari ‎
X. Madatov‎ —‎‎ Tuman bandlikka koʻmaklashish markazi direktori, ishchi gurux raxbari oʻrinbosari ‎
D. Xamdamov‎ —‎‎ Tuman xokimligi iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi‎
O. Nurdinov‎ —‎‎ Tuman Davlat soliq inspeksiya boshligʻi‎
N. Xamidova ‎ —‎‎ Tuman XTB boʻlimi mudiri‎
B. Yulchiyev ‎ —‎‎ Tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi‎
M. Ergasheva ‎ —‎‎ Tuman moliya boʻlimi mudiri
T. Qoʻziyev‎ —‎‎ Tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi boshligʻi‎‎
A. Ikromov‎ —‎‎ “Yoshlar ittifoqi” Baliqchi tuman kengashi raisi‎
Sh. Mamatqulov‎ —‎‎ Tuman axborot maslaxat markazi boshligʻi‎
A. Moʻminov‎ —‎‎ OATB “Agrobank” Baliqchi filiali boshligʻi‎
F. Boltaboyev‎ —‎‎ DT Xalq banki Baliqchi filiali boshligʻi‎
B. Uralov‎ —‎‎ “Xamkorbank” OATB Chinobod filiali boshligʻi‎
O. Boltaboyev‎ —‎‎ Agrosanoat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi raisi, kasb-xunur‎
Lavozimiga koʻra‎

—‎‎

Kollejlari direktorlari, korxona va tashkilot idooalari raxbarlari‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumani hokimining 2019-yil 4-oktabrdagi 4374-Q-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliqchi tumanida Ijtimoiy muxofazaga muxtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarida raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini yeng kam sonini belgilash va zaxiraga koʻyish maqsadida 2020-yil uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQSIMOTI

IZOX: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli nizomning 2-bob 6-qismida belgilab berilgan nogironlar uchun band qilingan ish oʻrinlari 2019-yil davomida quydagi korxonalarda nogironlarni ishga qabul qilganligi sababli 3% ( uch ) foizdan kam etib belgilanmoqda.