28.11.2019 yildagi 959-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvida ilgʻor davlat menejmenti va “aqlli” boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi), Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Koreya Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari va Rossiya Federatsiyasi davlat boshqaruvi sohasidagi ilgʻor tajribasi asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari uchun professional boshqaruvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida masofaviy taʼlim texnologiyalarini oʻz ichiga olgan davlat boshqaruvida menejment va “aqlli” boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari uchun professional boshqaruvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida masofaviy taʼlim texnologiyalarini joriy qilish orqali “Boshqaruv kadrlari portali”ni (keyingi oʻrinlarda Portal deb ataladi) yaratish va uni 2020-yil 1-martga qadar ishga tushirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Portalning texnik hujjatlarini “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKdan belgilangan tartibda kompleks ekspertizadan oʻtkazish taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Portalning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portal foydalanuvchilarining yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilab borish, shuningdek ularning kasbiy va shaxsiy oʻsishiga koʻmaklashuvchi masofaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari uchun professional boshqaruvchilarni masofaviy oʻqitish orqali ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portal foydalanuvchilari bilim, koʻnikma va kompetensiyalari, shuningdek ularning faoliyati natijalariga doimiy ravishda baho berib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portal foydalanuvchilariga zamonaviy bilimlarni, axborotlarni doimiy va tizimli ravishda yetkazib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Portalni ishlab chiqish va ishga tushirish bilan bogʻliq tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal va uning mobil ilovasini yaratish hamda xizmat koʻrsatilishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Akademiya Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-dekabrdan boshlab Toshkent viloyati Boʻka tumani va Angren shahrida tajriba-sinov tariqasida rahbar kadrlar faoliyati samaradorligiga doimiy ravishda baho berib borish tizimini joriy etsin va ushbu tizimni 2020-yil 1-avgustga kadar amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-sentabrga kadar tajriba-sinov yakunlari boʻyicha uni keyinchalik butun respublika hududida joriy etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2020-yil 1-fevralga qadar davlat organlarining “Xalqqa — koʻmakchi, tadbirkorlarga — biznes hamkor” sifatida faoliyat koʻrsatishini kengaytirish maqsadida maxsus elektron platformani yaratish va ishga tushirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Akademiya ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini bevosita fuqarolar bilan ishlashga ixtisoslashtirish va davlat organlarining “Xalqqa — koʻmakchi, tadbirkorlarga — biznes hamkor” sifatida faoliyat koʻrsatishiga xizmat qiluvchi qisqa muddatli oʻquv kurslarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv dasturlariga ilgʻor davlat menejmenti, shu jumladan strategik menejment, risk menejmenti hamda “aqlli” boshqaruv prinsiplarining zamonaviy usullarini oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 28-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
959-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/959/4085-son)