30.10.2002 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari normalarini bir-biriga muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifni Oliy Majlisga taqdim etish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Mustafoyev, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga amal qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari normalarini bir-biriga muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifni Oliy Majlisga taqdim etish haqidagi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrishga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari B. Mirboboyev, U. Bozorov va G. Pirjanovning Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 239-moddasining ikkinchi qismini va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonun 16-moddasining birinchi qismini bir-biriga muvofiqlashtirish zarurligi xususida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq koʻrsatgan tashabbusi asos boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼruzachi-sudya G. Pirjanovning axborotini, Konstitutsiyaviy sud Raisi B. Mustafoyev, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, S. Hakimovaning fikrlarini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 239-moddasining ikkinchi qismida “Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi... Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan... qoʻllanilishi mumkin” deb koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonun 16-moddasining birinchi qismida esa “Konstitutsiyaviy sudning sudyasi Oliy Majlisning roziligisiz, sessiyalar oʻrtasidagi davrda esa Oliy Majlis Kengashining roziligisiz... hibsga olinishi... mumkin emas” deb mustahkamlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi mazkur qonunlarning normalarini bir-biriga muvofiqlashtirish zarur deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 25 va 26-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 239-moddasining ikkinchi qismi va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonun 16-moddasining birinchi qismini bir-biriga muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi taklif qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 30-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш