16.06.1998 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini Oliy Majlis muhokamasiga kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Eshonov, Rais oʻrinbosari B. Mirboboyev, sudyalar Gʻ. Abdumajidov, S. Hakimova, Y. Joʻrayev va G. Pirjanovdan iborat tarkibda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga amal qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oliy Majlis muhokamasiga kiritish haqidagi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalani koʻrib chiqishga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi plenumlarining, agar sud ishni koʻrib chiqishda biron-bir normativ hujjatning Konstitutsiyaga nomuvofiqligini aniqlasa, ishni yuritishni toʻxtatib turish haqida ajrim chiqarishi toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisidagi qonunning 19-moddasiga muvofiq Konstitutsiyaviy sud sudyalari B. Mirboboyev, Gʻ. Abdumajidov va Y. Joʻrayevning koʻrsatgan tashabbusi asos boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya Gʻ. Abdumajidovning axborotini, mutaxassislar professor X. Rahmonqulov, dotsent M. Azimov va yuridik fanlari nomzodi B. Poʻlatovning fikrini eshitib, ish materiallarini oʻrganib chiqib, Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy, xoʻjalik va jinoyat ishlarni koʻrib chiqish hamda hal etish tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini va ularni qoʻllanish amaliyotini oʻrganib chiqish shundan dalolat beradiki, sudlar muayyan ishlar boʻyicha qoʻllanilishi lozim boʻlgan, fuqarolarning huquklari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy daxldor boʻlgan ayrim qonun yoki uning normalari Konstitutsiyaga mosligiga baʼzan shubhalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik protsessual, Xoʻjalik protsessual va Jinoyat protsessual kodekslarida qoʻllanayotgan qonun yoki uning normalarining Konstitutsiyaga mosligi haqidagi shubhalarni hal etish tartibiga oid normalar mavjud emas. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumi 1996-yil 20-dekabrdagi qoʻshma qaror bilan, agar sud ishni koʻrib chiqishda toʻgʻri qaror qabul qilishi uchun ahamiyatli biron-bir normativ hujjatning Konstitutsiyaga nomuvofiqligini aniqlasa, u ishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi haqida koʻrsatma bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16 va 46-moddalariga muvofiq, Oliy sud va Oliy xoʻjalik sudi plenumlari qonun hujjatlarini qoʻllanish masalalari yuzasidan koʻrsatmalar berish vakolatiga ega, fuqaroviy, xoʻjalik va jinoyat ishlari boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi masala esa faqat qonun bilan tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan ish boʻyicha qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun yoki uning normalari Konstitutsiyaga mosligi xususida sudda shubha paydo boʻlgan hollarda fuqarolik, xoʻjalik va jinoyat ishlari boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turishga oid Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Oliy Majlis muhokamasiga kiritilsin (loyiha ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 16-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш