Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2021 16.09.2019 yildagi Қ-4850-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarqoʻrgʻon tuman iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlari, koʻp kvartirali turar joy fondi va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-iyuldagi PQ-4407-sonli (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) hamda viloyat hokimining 2019-yil 2-avgustdagi Q-357-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi qoshida Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, isteʼmolchilarni elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, koʻmir maxsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash jarayonining borishini oʻrganish va nazorat qilish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, issiqlik energiyasi va ichimlik suv yetkazib berish boʻyicha respublika shtabi tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2018/2019-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha bajarilgan ishlar natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida infratuzilma, mahallalar va koʻp kvartirali turar joy fondining joriy holati inobatga olingan holda 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashni taʼminlash boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar hokimliklari tomonidai hududlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi va belgilangan tartibda tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani barqaror ishlashga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika tarmogʻining barqaror faoliyat koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali turar joy fondini barqaror ishlashga, aholi va isteʼmolchilarni issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlashga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
438.6 km. suv kuvuri, 121.2 km gaz kuvuri va 1276.3 km elektr tarmoqlarini, shuningdek, 608 ta transformator podstansiyalarini kapital taʼmirlashni oʻz ichiga oladigan asosiy muxandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarni 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va kapital taʼmirlash parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
438.6 km suv quvuri, 1276.6 km elektr tarmoqlari, shuningdek, 608 ta transformator podstansiyasini joriy taʼmirlashni oʻz ichiga oladigan asosan muxandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarni 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va joriy taʼmirlash parametrlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65 ta maktab, 44 ta bolalar bogʻchasi, 1 ta bolalar uylari va maxsus maktab-internatlar, 25 ta kasalxona va ambulatoriya-poliklinika muassasalarini kapital, 13 ta maktab, 44 ta bolalar bogʻchasi va 1 ta musiqa va sanʼat maktabi joriy taʼmirlashni oʻz ichiga oladigan ijtimoiy soha obyektlarini 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash parametrlari 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9 ta koʻp qavatli uylarda: 8535 ming kv.m tomni, 39 kirish yoʻlagi, shu jumladan 2 ta uyda ichki muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarni taʼmirlash, shuningdek, 9 ta bolalar maydonchalarini qurish va taʼmirlash, koʻp kvartirali uylarga tutash 3885 kv.m yoʻlkalarni betonlashni oʻz ichiga oladigan koʻp kvartirali turar joy fondini 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash parametrlari 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari uchun 3232,8 ming tonna hajmda, shu jumladan aholi uchun 1516.9 tonna, budjet sohasi tashkilotlari uchun 1715.7 tonna koʻmir maxsulotlari jamlashni oʻz ichiga oladigan 2019/2020-yillar kuz-qish davriga koʻmir maxsulotlari jamlash parametrlari 6-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga 2445,4 tonna xajmida suyultirilgan gaz yetkazib berishni oʻz ichiga oladigan 2019/2020-yillar kuz-qish davrida suyultirilgan gaz yetkazib berish parametrlari 7-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — tuman komissiyasi) tarkibi 8-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman komissiyasi (A. Raxmatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir oy muddatda tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2018/2019-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha bajarilgan ishlar natijalarini taxlil qilish asosida kommunal soha tashkilotlari, koʻp kvartirali uylar, taʼlim muassasalari, tuman Tibbiyot birlashmasi muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasida joylardagi ishlarning holati tanqidiy oʻrganib chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, tashkilotlar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari boʻyicha tuman hokimining tegishli oʻrinbosarlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hududlari, tuman boʻyicha korxonalar, tashkilotlar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari bilan kelishgan holda tuman hokimi tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan kompleks tadbirlarni amalga oshirishning batafsil tarmoq jadvallari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash parametrlari oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimligi korxona va tashkilotlar raxbarligida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha hududiy komissiyalarni tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimligi, tegishli idora va tashkilotlar raxbarlari iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar hamda ishlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital kurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari J. Shapulatov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda ayniqsa qishloq joylarda ijtimoiy soha obyektlarini, koʻp kvartirali uylarni boʻlajak kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashi, mahalliy avtomobil yoʻllari, koʻchalar va umumiy foydalaniladigan joylar, suv quvuri mahallalar hududlarining sanitariya holati talablariga muvofiq tartibga keltirilishini, shuningdek, koʻmir maxsulotlari gʻamlanishini joylarga chiqib shaxsan oʻzi nazorat qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat natijalari boʻyicha obyektlarni kuz-qish davriga tayyorlash uchun masʼul boʻlgan barcha tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish, mavjud muammolarni hal qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A. Radjabov joylarga chiqib ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, ulariing sanitariya va obodonlashtirish talablariga muvofiqligini taʼminlash ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari A. Xushnazarov, tuman iqtisodiyot va sanoat boʻlimi (U. Choriyev), tuman hokimligi bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018/2019-yillar qish-baxor davrida qishloq xoʻjaligi maxsulotlariniig asosiy turlarini jamlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tanqidiy taxlil qilish asosida aholining extiyojlaridan kelib chiqib, tuman boʻyicha 2019/2020-yillar qish-bahor davri uchun qishloq xoʻjaligi maxsulotlari asosiy turlarini jamlashning real hajmlarini belgilasin, bunda narxlarning keskin koʻtarilib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kartoshka, piyoz, sabzi, karam, guruch va dukkakli ekinlar maxsulotlarini jamlashga alohida eʼtibor qaratilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻamlanishi kerak boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariniig asosiy turlarini saqlashning zarur sharoitlarini taʼminlash hamda gʻamlashning toʻliqligi va maxsulotlarning zarur tarzda saqlanishi uchun masʼul shaxslarni belgilash boʻyicha aniq takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman moliya boʻlimi boshligʻi A. Abdusalomov tuman komissiyasining xulosasiga koʻra zarurat mavjud boʻlgan hududlarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani kuz-qish davriga tayyorlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish uchun qoʻshimcha zahiralarni qidirib topsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Raxmatov tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida tizimli axborot berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qarorning bajarilishi har chorakda tuman komissiyasi yigʻilishlarida tanqidiy koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tuman hokimining 2018-yil 25-iyuldagi “Tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2018/2019-yillar kuz-kish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisid”agi Q-2079-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorni nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi Z. DAVLATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarqoʻrgʻon t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q-4850-son