Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIShLOQ XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShIGA AGROKIMYo XIZMATI KOʻRSATIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-fevraldagi 63-sonli “Qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq hamda mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini ishlab chiqarish va sotish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq xoʻjaligi tovar yetishtiruvchilariga agrokimyo xizmati koʻrsatish sifatini oshirish va qiymatini pasaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” va “Oʻzagrokimyoservis” uyushmalarining:
2. Quyidagilar:
qishloq xoʻjaligi tovar yetishtiruvchilarini shartnoma asosida mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklari himoya qilishning, ularning oʻsishini jadallashtirish va tartibga solib borishning kimyoviy vositalari, tuproq meliorantlari, oziqli qoʻshimchalar va boshqa kimyoviy mahsulotlar bilan taʼminlash, tarmoq sanoat korxonalari bilan qishloq xoʻjaligi tovar yetishtiruvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatish ishlarini amalga oshirish — “Oʻzagrokimyotaʼminot” birlashmasining;
oʻsimliklarning kasalliklari va zararkunandalarini kuzatish, oʻrganish hamda prognozlash, qishloq xoʻjaligini oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadbirlar sohasida uslubiy taʼminlash, qishloq, xoʻjaligi korxonalariga va aholiga oʻsimliklarni kimyoviy hamda biologik himoya qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, yerlarning idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, respublikada chigirtkaga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish — Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazining asosiy vazifalari etib belgilansin.
3. “Oʻzagrokimyotaʼminot” davlat-aksionerlik birlashmasi ijro etuvchi apparati xodimlarining cheklangan soni 21, Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazi apparatiniki 16 nafardan iborat qilib belgilansin.
“Oʻzagrokimyotaʼminot” birlashmasi raisi lavozimiga koʻra “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi raisining oʻrinbosari, Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazining bosh direktori esa Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari hisoblanadilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasiga “Oʻzagrokimyotaʼminot” davlat-aksionerlik birlashmasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari va birlashmalari aksiyalarining davlatga tegishli ulushini boshqarish huquqini bersin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi ushbu qarordan kelib chiqadigan tashkiliy chora-tadbirlarni bir oy muddatda tugallasinlar hamda qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatish tizimini qayta tashkil etish va rivojlantirish dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va tumanlar hokimliklari qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni qayta tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashsinlar.
6. “Oʻzagrokimyotaʼminot” davlat-aksionerlik birlashmasining ijro etuvchi apparati hamda Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazining bosh direksiyasi Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasidagi 62-uyga joylashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 10-martdagi 82-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 7-avgust,
274-son
“Oʻzagrokimyotaʼminot” davlat-aksionerlik birlashmasi
TUZILMASI
“Oʻzagrokimyotaʼminot” davlat-aksionerlik birlashmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Jami 21 kishi
Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazi
TUZILMASI
Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazi
TUZILMASI
Jami 16 kishi