25.11.2019 yildagi 948-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.03.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashishda yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda respublika boʻyicha jamoat transportida, shu jumladan, avtobus, metro, tramvay, trolleybus yoʻnalishlarida bir kunda 3 millionga yaqin, yil davomida 1,1 milliarddan ortiq yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 9 oyi mobaynida avtobus yoʻnalishlarida 808 million, metropolitenda 56 million, tramvayda 3,2 million va trolleybusda 525 ming nafar yoʻlovchi tashilib, 872 milliard soʻmlik xizmat koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, oʻtkazilgan tahlil natijalari umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishda qator yechimini kutib turgan muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, umumiy foydalaniladigan transportda, shu jumladan, avtobus, metro, tramvay, trolleybus yoʻnalishlarida koʻrsatilgan xizmatlar uchun yagona toʻlov tizimi mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, umumiy foydalaniladigan transportning yoʻnalishlari oʻzaro maqbullashtirilmagan, koʻrsatiladigan xizmatga nisbatan, shu jumladan, masofa va vaqt koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda aholiga yoʻnalishlar boʻyicha qulay toʻlov shartlari taklif etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, umumiy foydalaniladigan transportda zamonaviy texnologiyalar asosida toʻlovlarni amalga oshirish borasida aholiga qulay shart-sharoitlar yaratilmagan va axborot-kommunikatsiya sohasidagi yangiliklar sohaga keng jalb etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan muammolarni bartaraf etish, jamoat transportida yoʻlovchilarni tashishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali aholiga transport xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash, yoʻlkira haqini yigʻishda shaffoflikni taʼminlash, umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashish uchun yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi oʻrinlarda avtomatlashtirilgan tizim deb ataladi) bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashish uchun yoʻlkira haqini amalga oshirishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kompaniyani (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan kompaniya deb ataladi) Transport vazirligi tarkibidagi “Oʻzavtotranstexnika” ilmiy ishlab chiqarish markazi” DUK, Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” muassisligida tashkil etilgan “Aloqa Aktiv” MChJ va “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ QK ishtirokida ustav fondi (kapitali)da 12 mln AQSh dollariga teng miqdorida tomonlarning tegishli ravishda 25, 24 va 51 foiz ulushi bilan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan kompaniyaning ustav fondi (kapitali)da Transport vazirligining “Oʻzavtotranstexnika” ilmiy ishlab chiqarish markazi” DUKning 3 mln AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi ulushini shakllantirish uchun Transport vazirligining Transport va logistika sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra, umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashish uchun yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bosqichma-bosqich:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida “Toshshahartransxizmat” AJ va “Toshkent metropoliteni” UKning ayrim yoʻnalishlarida koʻrsatilgan yoʻlovchi tashish xizmatlari uchun — 2020-yil 1-yanvardan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukus shahri va viloyat markazlarida yoʻlovchi tashish xizmatlari uchun — 2020-yil 1-avgustdan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida yoʻlovchi tashish xizmatlari uchun — 2021-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan kompaniya avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi va avtomatlashtirilgan tizim operatori sifatida qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya xarajatlarini qoplash muddati davomida — 2026-yil 31-dekabrga qadar ixtisoslashtirilgan kompaniya xizmatlari uchun vositachilik toʻlovi Toshkent shahar jamoat transportida (avtobus va metro) belgilangan amaldagi cheklangan tarifdan kelib chiqqan holda, avtomatlashtirilgan tizim orqali oʻtgan barcha tranzaksiyalarning 4 foizi, 2027-yil 1-yanvardan boshlab — 3 foizi miqdorda oʻrnatiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transportida (avtobus, tramvay, trolleybus) ixtisoslashtirilgan kompaniya xizmatlari uchun vositachilik toʻlovi belgilangan amaldagi cheklangan tarifdan kelib chiqqan holda, avtomatlashtirilgan tizim orqali oʻtgan barcha tranzaksiyalarning 3 foizi miqdorida oʻrnatiladi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida fuqarolar toifalari uchun imtiyozli transport kartalarini shaxsiylashtirish va karta tannarxi boʻyicha sotish davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga transport xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda tashuvchilar deb ataladi) avtomatlashtirilgan tizimga ulanishi yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatish huquqini beruvchi tender (tanlov) boʻyicha bitimlarda aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ QK avtomatlashtirilgan tizimning dasturiy-apparat kompleksini ishlab chiqish, integratsiyalashtirish, joriy etishni taʼminlash boʻyicha ijrochi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligi avtomatlashtirilgan tizim respublikaning barcha hududlarida joriy etilishi boʻyicha muvofiqlashtiruvchi organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari avtomatlashtirilgan tizim 2020-2021-yillarda amaliyotga toʻliq joriy etilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vazirligi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda avtomatlashtirilgan tizim uchun tariflarni belgilash tartibi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bitta toʻlov bilan bir nechta transport yoki transport turidan foydalanish imkoniyati, yoʻnalishdagi vaqt hamda masofadan kelib chiqqan holda belgilanadigan tarif rejalarini joriy etish, shuningdek, ushbu tariflar boʻyicha tushgan mablagʻlarni tashuvchilar oʻrtasida taqsimlash tartibi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga toʻlov tizimlari va avtomatlashtirilgan tizimni oʻzaro integratsiyalashtirish, umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashish uchun yoʻlkira haqini bank plastik kartochkalari yordamida amalga oshirish, shuningdek, koʻrsatilgan xizmatlar uchun vositachilik toʻlovlarisiz tushumlar toʻliqligini taʼminlagan holda transport kartalarini toʻldirish uchun terminallar, bankomatlar va axborot kioskalari orqali toʻlovlarni qabul qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmuni va mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini hamda aholi eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
948-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2019-y., 09/19/948/4070-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)