21.11.2019 yildagi 936-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatining tadbirkorlik va investitsiya salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatida yuqori texnologiyalarni, ilmiy-texnologik va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni alohida hududlarda jamlash, aholi bandligini va farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jizzax viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Jizzax viloyatida koʻp tarmoqli texnologik parklarni (keyingi oʻrinlarda texnoparklar deb ataladi) tashkil etish hamda ularning hududida mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning yangi turlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar texnoparklarning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import oʻrnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga qiziqish bildirgan mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnoparklar ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni zarur yuqori texnologik infratuzilma bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnoparklar ishtirokchilariga moliyaviy, marketing, huquqiy va boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnoparklarning faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda jamgʻarma deb ataladi) muassisligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladigan Jizzax viloyati koʻp tarmoqli texnologik parklari yagona direksiyasi (keyingi oʻrinlarda direksiya deb ataladi) tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, texnoparklarni tashkil etish va joylashtirish uchun 1-ilovada koʻrsatilgan boʻsh turgan yer maydonlari tegishli tumanlar hokimliklari tomonidan direksiyaga bepul tarzda doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Texnoparklar hududida bino-inshootlarni qurish va yer maydonlari ajratish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilish boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajarish direksiyaga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qurilish jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tegishli tumanlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quriladigan bino-inshootlarni muhandislik-kommunikatsiyasiga, shu jumladan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti, tashqi kanalizatsiya tarmoqlariga ulashni viloyat va tuman budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnoparklarga tutash hududlarni obodonlashtirishga hamda texnoparklar ishtirokchilarining muhandislik-kommunikatsiyasi bilan uzluksiz taʼminlanishiga masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) direksiya bino-inshootlarni texnoparklar ishtirokchilariga toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar orqali import oʻrnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va 5 yil muddatda saqlab qolish, ishlab chiqarish jarayonida yaratiladigan ish oʻrinlarining kamida 30 foizini yoshlar bilan toʻldirish, shuningdek bino-inshootlarni qurish bilan bogʻliq xarajatlarni (tannarxidan yuqori boʻlmagan miqdorda) 5 yil muddatgacha boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari bilan sotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, har bir bino-inshootning 25 foizdan kam boʻlmagan qismi direksiya tasarrufida qoldiriladi va texnoparklar ishtirokchilariga ijaraga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) direksiya sotilmagan bino-inshootlarni texnoparklar ishtirokchilariga import oʻrnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va saqlab qolish shartlari asosida ijaraga berishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) texnoparklar ishtirokchilarining bino-inshootlarga mulk huquqi direksiya xarajatlari toʻliq qoplangandan soʻng rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) direksiyaga bino-inshootlarni sotishdan kelib tushgan mablagʻlar Jizzax viloyatida yangi texnoparklarni tashkil qilish uchun sarflanadi yoki jamgʻarma hisobiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direksiya tomonidan bino-inshootlarni texnoparklar ishtirokchilariga ijaraga berish ortib boradigan koeffitsiyentlarni qoʻllamasdan, ijara toʻlovining eng kam stavkasi boʻyicha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarma texnoparklar ishtirokchilariga texnoparklar hududida loyihalarni amalga oshirish doirasida zamonaviy va yuqori texnologik asbob-uskunalar, texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar, inventar va boshqa moddiy-texnika resurslarini xarid qilish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kreditlar berilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direksiya texnoparklar ishtirokchilari uchun imtiyozli kreditlar olish maqsadida kafil sifatida ishtirok etishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnoparklar hududida, birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-yilda tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻzlashtirilishi tavsiya etiladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarning yangi turlari roʻyxatida koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jizzax viloyati koʻp tarmoqli texnologik parklarida amalga oshirish tavsiya etilayotgan loyihalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Texnoparklarni tashkil etish doirasida direksiyaga, istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnoparklar hududidagi bino-inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilishni belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda bir vaqtda loyihalash va moliyalashtirish shartlari asosida bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnoparklar faoliyatini tashkil etish uchun loyihalash va pudrat tashkilotlarini, shuningdek asbob-uskunalar, texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar, inventar va boshqa moddiy-texnika resurslarini yetkazib beruvchilarni tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida aniqlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilar texnoparklar faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish bilan bogʻliq choralarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik shartnomalari asosida texnoparklarning faoliyati ixtisosligiga tegishli ishlar bajarilishidan olingan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino-inshootlarni ijaraga berishdan olingan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) direksiya taʼminoti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnoparklar hududida tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan texnoparklar ishtirokchilari sof foydasining 1 foizi miqdoridagi har choraklik ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnoparklar ishtirokchilariga xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarma oʻn kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direksiya ustavini tasdiqlasin, bunda texnoparklar ishtirokchilarini roʻyxatga olish, istiqbolli loyihalarni tanlash va moliyalashtirish tartibini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direksiyaning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jizzax viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda direksiyani joylashtirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tumanlar hokimliklari bilan birgalikda texnoparklar va direksiya faoliyatini tashkil etishga har tomonlama koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiya va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev hamda Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
936-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 936-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatida tashkil etilayotgan koʻp tarmoqli texnologik parklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman nomi

Manzil

Yer maydoni

1.

Zomin

“Gʻallakor” QFY

2,5 gektar

2.

Doʻstlik

“A. Navoiy” MFY

1,5 gektar

3.

Sharof Rashidov

“Toqchilik” MFY

2 gektar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 936-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatining koʻp tarmoqli texnologik parklarida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyiha tashabbuskori

Loyiha tavsifi

Loyiha qiymati (mln soʻm)

shundan:

Ish oʻrni

Ishga tushirish muddati

oʻz mablagʻi
(mln soʻm)

bank krediti
(mln soʻm)

xorijiy investitsiya
(ming doll)

Viloyat boʻyicha jami: 14 ta loyiha

53 mlrd soʻm

12 mlrd soʻm

33,4 mlrd soʻm

900

282

Zomin tumani

Jami: 4 ta loyiha

17 955

3 555

11 850

300

77

1.

“Zomin kamalak” OK

Meva sabzavotlarni quritish va qadoqlash

4 420

1 020

3 400

15

01.12.2019

2.

“Don barakat invest” MChJ QK

Oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish va qadoqlash

4 760

510

1 700

300

20

01.12.2019

3.

“Turkiston matlubot invest” MChJ

Kovul mahsulotini konservalash

5 525

1 275

4 250

12

01.12.2019

4.

Doʻmonov Xudoyor

Non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish

3 250

750

2 500

30

01.12.2019

Doʻstlik tumani

Jami: 5 ta loyiha

3 560

1 110

2 450

70

5.

“Azizbektexxizmat” MChJ

Paypoq ishlab chiqarish

750

150

600

10

01.12.2019

6.

“Mubina — Maftuna” MChJ

Tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish

500

200

300

25

01.12.2019

7.

“Orzular quyoshi” MChJ

Mebel ishlab chiqarish

1 500

500

1 000

10

01.12.2019

8.

“Egamov Kamoliddin” YTT

Poyabzal ishlab chiqarish

500

200

300

15

01.12.2019

9.

“Islom — Aziz” XK

Salfetka ishlab chiqarish

310

60

250

10

01.12.2019

Sharof Rashidov tumani

Jami: 5 ta loyiha

31 500

7 400

19 100

600

135

10.

Nuritdinov Bekzod Farmonovich

Shampun va kir yuvish vositalari ishlab chiqarish

10 000

5 000

600

40

01.01.2020

11.

“Fayz Baraka Dizayn Tekstil” MChJ

Bolalar oyoq kiyimi
ishlab chiqarish

7 000

2 500

4 500

35

01.01.2020

12.

“Alfa almaz” MChJ

Elektrotexnika mahsulotlari
ishlab chiqarish

8 500

3 000

5 500

30

01.01.2020

13.

“Galaksi Puls” MChJ

Goʻsht mahsulotlari
ishlab chiqarish

3 000

1 000

2 000

15

01.01.2020

14.

“Madrid Real” MChJ

Meva mahsulotlarini eksportbop “shok” muzlatish usulida quritish va olma chipsini ishlab chiqarish

3 000

900

2 100

15

01.01.2020

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Jizzax viloyati hokimligi tomonidan mazkur roʻyxatga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/936/4049-son)