O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qarori bilan tasdiqlangan Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Geodeziya va kartografiya faoliyatini soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-noyabr,
927-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 927-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qarori bilan tasdiqlangan Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 8-bandning uchinchi xatboshidagi “uch yil” so‘zlari “ikki yil” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 23-banddagi “uch kun” so‘zlari “bir kun” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 33-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. 2-ilovaning “Bajarish muddatlari” ustuni “5-bosqich” pozitsiyasidagi “3 kun davomida” so‘zlari “1 kun davomida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/927/4051-son)