Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yigʻinlari xodimlari mehnatiga yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlashning razryadlarini belgilash toʻgʻrisida” 2017-yil 17-iyuldagi 500-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-yanvardagi 10-sonli “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-apreldagi PF-5700-son Farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-apreldagi PF-5700-son Farmonining 5-bandida fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼul kotiblari oylik ish haqi 2019-yil 1-maydan 1,25 baravarga va 1-oktabrdan 1,2 baravarga oshirilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilansinki, fuqarolar yigʻinlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-noyabr,
920-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-noyabrdagi 920-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yigʻinlari xodimlari mehnatiga yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlashning razryadlarini belgilash toʻgʻrisida” 2017-yil 17-iyuldagi 500-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
1. Ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Posyolkalar, qishloqlar va ovullarning, shuningdek, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalari fuqarolar yigʻinlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha
RAZRYaDLARI
|
T/r |
Lavozim nomi |
Mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar | |
|
posyolkalar, qishloqlar, ovullar va shaharlar mahallalarining fuqarolar yigʻinlari |
shaharlar hududidan tashqarida joylashgan mahallalar fuqarolar yigʻinlari | ||
|
1. |
Fuqarolar yigʻini raisi |
7 |
6 |
|
2. |
Fuqarolar yigʻini masʼul kotibi |
6 |
5 |
|
3. |
Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari |
6 |
5 |
|
4. |
Harbiy hisobga olish boʻyicha mutaxassis |
5 |
4 |
|
”. | |||
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2019-y., 09/19/920/4042-son)