Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
qarori
Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) yangi tahrirda qabul qilinganligi, shuningdek, fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudi tomonidan ajrimlar chiqarishda qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllashni taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishi boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimi ish mazmunan hal qilinmaydigan sud hujjati hisoblanadi (FPK 6-moddasining yettinchi qismi). Shu bilan birga, fuqarolik ishini koʻrishda vujudga keladigan masalalar boʻyicha ajrimlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri chiqarilishi, uni belgilangandek sud muhokamasiga tayyorlash, protsess ishtirokchilarining huquqlarini amalga oshirish, qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarori qabul qilishga yordam beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Birinchi instansiya sudining ajrimlarini chiqarish, mazmuni va ijro etishni tartibga soluvchi umumiy qoidalari FPK 24-bobida nazarda tutilgan.
2. Birinchi instansiya sudining ajrimlari alohida xonada (maslahatxonada) tuziladigan alohida protsessual hujjat shaklida ham, sud majlisi bayonnomasiga sud tomonidan qabul qilingan qaror haqida tegishli yozuv kiritgan holda sud majlisi zalida ham chiqarilishi mumkin.
3. Sud alohida protsessual hujjat sifatida:
arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida;
arizani qaytarish toʻgʻrisida;
ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida;
ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisida;
bir turdagi ishlarni birlashtirish va bir nechta talablarni alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisida;
ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisida;
ishni sirtdan ish yuritish tartibi koʻrish toʻgʻrisida;
ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish toʻgʻrisida;
huquqiy vorislar protsessga kirishishi toʻgʻrisida;
sud topshirigʻi toʻgʻrisida;
daʼvoni taʼminlash, daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish, shuningdek, daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisida;
rad qilish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisida;
majburiy keltirish toʻgʻrisida;
sud jarimasini solish toʻgʻrisida;
javobgarni (qarzdorni) qidirish toʻgʻrisida;
ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisida;
arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida;
ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;
er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlash va ish muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida;
alimentlarni hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar undirish toʻgʻrisida;
ishni mazmunan muhokama qilishni tiklash toʻgʻrisida;
hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisida;
hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisida;
hal qiluv qarorini darhol ijro etish haqida;
darhol ijro etishga qaratilmagan hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida;
sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrish toʻgʻrisida;
protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash toʻgʻrisida;
hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish yoxud boʻlib-boʻlib ijro etish, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha ajrim chiqarishga majbur.
Alohida protsessual hujjat koʻrinishida sudning xususiy ajrimi ham chiqariladi (FPK 275-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
4. Sud FPK 271-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq murakkab boʻlmagan masalalarni hal etish boʻyicha (uchinchi shaxslar, taraflar vakillarini ishga jalb qilish yoki kirishishi, guvohlarni chaqirish, sud muhokamasini keyinga qoldirish, dalillarni tekshirish tartibini belgilash, dalillarni talab qilib olish yoki ishga qoʻshib qoʻyish va boshqalar) maslahatxonasiga kirmasdan joyida ajrim chiqarishga haqli.
Shuni nazarda tutish lozimki, sud oʻz xohishiga koʻra har qanday masala boʻyicha alohida protsessual hujjat koʻrinishidagi ajrim chiqarishga haqli.
5. Sudlarning eʼtibori ajrimlar, qonun boʻyicha uning mazmuniga qoʻyilgan talablarga qatʼiy mos ravishda chiqarilishi zarurligiga qaratilsin.
6. FPK 272-moddasining mazmuniga koʻra, sudning alohida xonada (maslahatxonada) chiqarilgan ajrimi kirish, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat.
Ajrimning kirish qismida:
ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
ishni koʻrayotgan sudning nomi;
sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi (sud tarkibi), sud majlisi kotibi;
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
nizo predmeti va sud tomonidan hal qilinayotgan masalaning mohiyati koʻrsatiladi.
Ajrimning asoslantiruvchi qismida:
sudning xulosasiga olib kelgan sabablar;
ishni hal etishda sud amal qilgan qonun normalariga havola koʻrsatiladi.
Ajrimning xulosa qismida:
sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosalari;
ajrim ustidan shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddatlari koʻrsatiladi.
Ajrim xulosa qismining taʼrifi uni ijro etishda tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmasligi uchun aniq va tushunarli boʻlishi kerak.
Alohida sud hujjati koʻrinishida chiqarilgan ajrim, u chiqarilgandan soʻng darhol eʼlon qilinadi va ishga qoʻshiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. FPK 272-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, sud tomonidan joyida chiqariladigan ajrim nizo predmeti va muhokama etilayotgan masalaning mohiyati, qonun normalariga asoslar va havolalar, sudning asoslantiruvchi xulosalari va hal etilayotgan masala boʻyicha sudning xulosalari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi va darhol eʼlon qilinishi lozim.
8. Alohida sud hujjati koʻrinishida chiqarilgan ajrimning koʻchirma nusxasi taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga, shuningdek u daxldor boʻlgan oʻzga shaxslarga ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida yuboriladi (FPK 273-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
Masalan, FPK 95-moddasining uchinchi qismi talablariga muvofiq ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi sudning ajrimida qanday masalalar boʻyicha ekspertlarning xulosasi talab qilinayotganligi va ekspertiza oʻtkazish kimga topshirilayotganligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Arz qilingan talab sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli arizani qabul qilish rad qilinganda (FPK 194-moddasi birinchi qismining 1-bandi) ajrimda arizachining qaysi organga murojaat qilishi kerakligi koʻrsatilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni qaytarish haqidagi ajrim FPK 195-moddasida nazarda tutilgan havolani, bunga asosni, ajrim ustidan shikoyat qilish muddati va tartibini, shuningdek arizachiga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng sudga qayta murojaat qilish huquqi tushuntirilganligini oʻz ichiga olishi lozim.
10. Sudlar ish boʻyicha ish yuritish tamomlanadigan (arizani koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish haqidagi) ajrimlar chiqarishda, FPK 122 va 124-moddalarida nazarda tutilgan arizani koʻrmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish asoslarining roʻyxati tugal hisoblanishini nazarda tutishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
FPK 122-moddasining 1, 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirishda, sud ajrimda ish boʻyicha qabul qilingan daʼvoni taʼminlash choralari bekor qilinganligi haqida koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
FPK 122-moddasining 7-bandida nazarda tutilgan asos boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirishda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga umumiy tartibda daʼvo taqdim etish huquqini tushuntirishi shart.
11. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 342-moddasi talablariga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
arizani qaytarish yoki qabul qilishni rad etish haqida;
sud buyrugʻi chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish haqida;
ish sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli ish yuritishni tugatish haqida;
Keyingi tahrirga qarang.
taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilganligi sababli arizani koʻrmasdan qoldirish haqida;
ishda qatnashgan shaxs vafot etganligi munosabati bilan, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa, ish yuritishni tugatish haqida;
apellyatsiya yoxud kassatsiya shikoyatini qaytarish yoki qabul qilishni rad etish haqidagi ajrimlarni chiqarishda sud davlat bojini qaytarish masalasini hal qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Shuni nazarda tutish lozimki, fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ish boʻyicha yoki chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qabul qilingan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimning mavjudligi, arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish (FPK 194-moddasi birinchi qismining 2-bandi) yoxud ish yuritishni tugatish (FPK 124-moddasining 2-bandi) uchun soʻzsiz asos hisoblanadi.
Shu munosabat bilan daʼvogarning arz qilingan talablardan voz kechishini qabul qilishda, shuningdek taraflar oʻrtasidagi kelishuv bitimini tasdiqlashda sud ularga koʻrsatilgan asoslar boʻyicha ish yuritishni tugatish oqibatlarini tushuntirishi va bu sud majlisi bayonnomasida ham, sudning ajrimida ham yoritilishi lozim.
13. Sudlarning eʼtibori, FPK 275-moddasida nazarda tutilgan sudning xususiy ajrim chiqarish huquqi, sudning davlat organining yoki boshqa organning, tashkilotning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida, ularning ishda ishtirokidan qatʼi nazar, ishni koʻrish chogʻida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishiga nisbatan munosabat bildirish vositasi ekanligiga qaratilsin. Xususiy ajrim koʻrilayotgan huquqiy munosabat predmeti doirasidan chetga chiqadigan masala boʻyicha sud tomonidan chiqariladi.
Ishni koʻrishda shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlangan holda, sud bu haqda alohida protsessual hujjat chiqarmasdan, prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabarnoma yuborish bilan cheklanadi (FPK 275-moddasining beshinchi qismi).
14. Sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda apellyatsiya yoxud kassatsiya yoki nazorat tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlgan ajrimlarni, sudning hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinadigan, xususiy shikoyat yoki protest berilmaydigan, lekin eʼtirozlar apellyatsiya yoxud kassatsiya yoki nazorat tartibidagi shikoyat (protest)ga keltirilishi mumkin boʻlgan ajrimlardan farqlash lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Qonunga muvofiq (FPK 400, 420, 422-moddalari), birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan, agar bu qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa yoki sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilgan hollarda sudning hal qiluv qaroridan alohida apellyatsiya yoxud kassatsiya yoki nazorat tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunday ajrimlarga:
arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida;
arizani qaytarish toʻgʻrisida;
ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida;
majburiy keltirish toʻgʻrisida;
sud jarimasini solish toʻgʻrisida;
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish toʻgʻrisida;
ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida;
ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;
oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirish yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisida;
hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisida;
qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida;
hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisida;
hal qiluv qarorini darhol ijro etish masalalari boʻyicha;
hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uning boʻlib-boʻlib ijro etilishi, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisida;
hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha;
ijro varaqasining yoki sud buyrugʻining dublikatini berish toʻgʻrisida;
hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida;
xususiy ajrim (qaror);
Keyingi tahrirga qarang.
dalillarni taʼminlashni rad etish toʻgʻrisida;
daʼvoni taʼminlash masalalari boʻyicha;
sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisida;
sud xarajatlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha;
apellyatsiya (kassatsiya) shikoyatini qaytarish toʻgʻrisida;
Keyingi tahrirga qarang.
hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ish boʻyicha;
chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida;
ijro varaqasini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish toʻgʻrisida;
ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish va tugatish haqidagi masalalar boʻyicha;
ijro ishini yuritishni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi va boshqalar.
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunga muvofiq FPK 122-moddasining 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin (FPK 123-moddasining uchinchi qismi).
Keyingi tahrirga qarang.
16. Birinchi instansiya sudining xususan, quyidagi ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat qilinmaydi:
arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida;
ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida;
ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisida;
bir necha ishlarni birlashtirish va bir necha talablarni ajratish toʻgʻrisida;
ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisida;
dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida;
sud topshirigʻi toʻgʻrisida;
javobgarni (qarzdorni) qidirish toʻgʻrisida;
ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish toʻgʻrisida;
huquqiy vorislar, uchinchi shaxslar va vakillarning protsessga kirishi toʻgʻrisida;
rad qilishni qabul qilish yoki rad qilish toʻgʻrisida;
ishni mazmunan koʻrishni tiklash toʻgʻrisida;
ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻrish toʻgʻrisida;
sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi yoxud sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisida;
ashyoviy dalillarni saqlash va ularni qaytarish toʻgʻrisida;
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish toʻgʻrisida.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat qilinayotgan ajrim, hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirishi uchun nazarda tutilgan tartibda qonuniy kuchga kiradi.
Alohida shikoyat qilinmaydigan ajrimlar eʼlon qilingandan soʻng darhol qonuniy kuchga kiradi.
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari vaqti-vaqti bilan birinchi instansiya sudlari tomonidan ajrimlar chiqarilishi amaliyotini umumlashtirsinlar hamda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining:
2012-yil 25-maydagi “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudi ajrimlari toʻgʻrisida”gi 7-sonli;
2016-yil 29-iyuldagi “Arizani qabul qilishni rad etish, arizani koʻrmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish bilan bogʻliq protsessual normalarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 12-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-oktabr,
19-son