Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
qarori
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 15-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3101-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 14-noyabrdagi 145, 45-son qarori (roʻyxat raqami 3101, 2018-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 51-son, 980-modda) bilan tasdiqlangan Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-oktabr,
105-son
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-oktabr,
26-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddimadagi, 3-bandning beshinchi xatboshisidagi, 8-bandidagi, 13-bandning uchinchi xatboshisidagi, 23-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 46, 59-bandlardagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 6-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq auditorlik tashkiloti oʻzining masʼul xodimi va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni har yili 10-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga pochta aloqa vositalari yoki elektron shaklda yuboradi.”.
4. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi maxsus vakolatli davlat organiga auditorlik tashkilotlaridagi masʼul xodimlar va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni har yili 20-yanvardan kechiktirmasdan taqdim etadi.”.
5. 10, 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Masʼul xodimlarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida auditorlik tashkilotlari muntazam ravishda xodimlarni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.
11. Masʼul xodim quyidagi funksiyalarni bajaradi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun auditorlik tashkiloti xizmatlaridan foydalanish xavfining oldini olish uchun qonun hujjatlarida, mazkur Qoidalarda va ichki qoidalarda koʻzda tutilgan choralarni koʻrish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari, ushbu Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinishi nazoratini amalga oshiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid qonun buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi axborotni auditorlik tashkilotning rahbariga taqdim etadi;
auditorlik tashkiloti faoliyatida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan auditorlik tashkilotining rahbariga koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
auditorlik tashkilotining rahbariga ushbu Qoidalar bajarilishi natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni kamida bir yilda bir marotaba taqdim etadi;
shubhali operatsiyalar, ularni bajarishga urinishlar toʻgʻrisidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida uzatilishini, shuningdek maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha axborotni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydi;
ichki nazoratni tashkil qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzish holatlarini bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va maxsus vakolatli davlat organining masʼul shaxslari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Roʻyxatni auditorlik tashkiloti xodimlariga yetkazadi.”.
6. Quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
“141. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni auditorlik tashkilotlari oʻz faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar koʻrishi shart.”.
7. 15-banddagi “legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Chet el auditorlik tashkilotining alohida boʻlinmalari (agar mavjud boʻlganda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim, mazkur talablar Oʻzbekiston qonunchiligi talablaridan farq qilgan taqdirda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarni qoʻllashi lozim.”.
9. 17-banddagi “legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 19-bandning yettinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqi” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 30-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoki Roʻyxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar, Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori boʻlgan yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar;”.
12. 53-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“53. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar, auditorlik tashkilotlari mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi kamida bir yilda bir marotaba yangilanib borilishi lozim.”.
13. 1-ilova 4-bandining rus tilidagi matnidagi “i finansirovaniyu terrorizma” degan soʻzlar “finansirovaniyu terrorizma i finansirovaniyu rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 3-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mijozni va uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash jarayonida olingan, Auditorlik tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarining 2-ilovasida koʻrsatilgan maʼlumotlar.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)