Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2021 26.12.2014 yildagi 250-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda davlat mulklarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish hamda davlat mulki ijara haqqining eng kam miqdorini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasining 2014-yil 23-dekabrdagi 227/01-14-son xatini inobatga olib qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat koʻmitasi tomonidan 2014-yil 23-dekabrda taqdim etilgan hamda Moliya vazirligi va Iktisodiyot vazirligi bilan kelishilgan ijaraning eng kam stavkalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2015-yil davomida davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1-ilovaga* muvofik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovining eng kam mikdordagi stavkalariga qoʻllaniladigan hududiy zonalar boʻyicha koeffitsiyentlar 2-ilovaga* muvofik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar va ijara toʻlovlarini hisoblash tartibi 3-ilovaga* muvofik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatdagi uzoq qishloqlar va togʻli tumanlar roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat mulki boʻlgan obyektlarda ijarada joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining nol stavkasi koʻllanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Termiz shahri va tuman hokimliklari va viloyat Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshkarmasi (B. Ruziyev) bilan hamkorlikda har chorakda davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan va faoliyat koʻrsatmayotgan bino-inshootlarni aniklash yuzasidan xatlovlar oʻtkazib, ularning ruyxatini yuritsin hamda tasdiqlangan ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalari boʻyicha ijaraga berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat Moliya boshqarmasi (X. Latipov), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (Sh. Raximov), viloyat Nazorat-taftish boshqarmasi (R. Toʻlayev) va viloyat Faznachilik boshqarmasi (U. Choriyev) ushbu qarorga muvofiq davlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan ijaraga berilgan davlat mulklari ijara shartnomalarining qonuniy tartibda tuzilganligini va ijara haqlarining toʻliq toʻlanganligini vakolat doiralarida nazoratga olsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyatdagi barcha davlat korxonalari hamda tashkilotlar har chorak yakunida tizimlaridagi tashkilot va muassasalar boʻyicha foydalanilmayotgan davlat mulki boʻlgan, boʻsh turgan bino (xonalar) va inshootlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi”ga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat hokimining 2013-yil 31-dekabrdagi 245-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur karorning bajarilishini nazorat kilish viloyat hokimining oʻrinbosari Z. Davlatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimi v.b. T. MAMARAIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250-son