Surxondaryo viloyati Angor tumani hokimining
qarori
Angor tumanidagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2017-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 2452, 25.04.2013-yil)ga asosan 2017-yilda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan barcha qishlok xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (keyingi oʻrinlarda Texnikalar deb yuritiladi) majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish, qishloq xoʻjalik texnikasi boʻyicha Angor tuman davlat inspektori tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha texnikalarning 2017-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
2. Tumandagi barcha texnikalarni roʻyxatini shakllantirish hamda texnik koʻrikdan oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Angor tuman davlat inspektori (S. Mavlonov) zimmasiga yuklatilsin.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazishda:
barcha texnikalarning texnik holati va jihozlari standart talablariga, yoʻl harakati va texnika xavfsizligi qoidalari hamda normalariga mos kelishi;
texnik koʻrik boshlangunga qadar barcha diagnostika apparatlari tekshirilishi, maxsus texnikalar, xarakatlanuvchi taʼmirlash va tuzatish ustaxonalarining jihozlanganligiga alohida eʼtibor qaratilsin.
4. 2017-yilda texnik koʻrikni uyushqoqlik bilan sifatli oʻtkazish, texnikalarning texnik holati, ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish maqsadida, texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiyaning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Angor tuman davlat inspektori (S. Mavlonov) 2-ilovaga asosan tasdiqlangan texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasini har bir texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslarga (bundan buyon matnlarda mulkdor deb yuritiladi) yetkazish hamda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuklatilsin.
6. 2017-yil davomida texnikalarning texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun davlat inspektori tomonidan undiriladigan yigʻimlarning stavkalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Tumandagi har bir mulkdor texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan texnikalar toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni toʻldirish va texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni texnika doimiy roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat inspektoriga taqdim etishda belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya qilsin.
8. Sugʻurta tashkilotlariga tumandagi barcha traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish texnikalari va traktor tirkamalaridan tushadigan majburiy sugʻurta badalini undirish tavsiya qilinsin.
9. Tuman hokiminig 2016-yil 6-fevraldagi 130-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Mirzayev zimmasiga yuklatilsin.
11. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Tuman hokimi B. IBATOV
Angor t.,
2017-yil 9-fevral,
216-son
Tuman hokimining 2017-yil 9-fevraldagi 216-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Angor tumani hududidagi texnika egalariga tegishli qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni 2017-yilda texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi
tarkibi
|
Mavlonov. S |
— |
Qishloq xoʻjalik texnikasi boʻyicha Angor tuman davlat inspektori, komissiya raisi |
|
Karimov. B |
— |
Oʻsimliklarni himoya qilish otryadi mexanigi |
|
Amantoʻrayev. X |
— |
Tuman MTP AJ raisi |
|
Xayitov. K |
— |
Qorasuv Dizel MMTP raisi |
|
Gʻoziyev. E |
— |
Etakchi muta�assis |
|
Mahalla raislari |
— |
Oʻz hududlari boʻyicha |
Tuman hokimining 2017-yil 9-fevraldagi 216-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Angor tumani hududidagi texnika egalariga tegishli qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni 2017-yilda texnik koʻrikdan oʻtkazish
rejasi
|
Texnika egasining |
Texnikaning |
Texnik koʻrikdan oʻtkazish | ||||||
|
nomi |
manzili |
nomi |
rusumi |
davlat raqami belgisi |
muddati |
manzili |
sanasi | |
|
|
||||||||
|
|
||||||||
|
|
||||||||
|
|
||||||||
Tuman hokimining 2017-yil 9-fevraldagi 216-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
2017-yil davomida texnikalarning texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun davlat inspektori tomonidan undiriladigan yigʻimlarining
stavkalari
|
Yigʻimning nomi |
Eng kam oylik ish haqi miqdoridan yigʻim miqdori | |
|
1. |
Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga |
0,18 |
|
2. |
Qishloq xoʻjaligi mashinalariga |
0,10 |
|
3. |
Mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga |
0,37 |