1-ILOVA
|
A.A. Abduxakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita raisi |
|
A.U. Akkulov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b., Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
|
I.T. Neʼmatov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
O.M. Umarov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
L.Sh. Qudratov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
B.Q. Yusupaliyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
D.B. Kadirov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari |
|
K.B. Akilova |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari |
|
U.A. Xusanov |
— |
“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari v.b. |
|
A.S. Kamalov |
— |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisining oʻrinbosari |
|
A.D. Xadjayev |
— |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. |
|
A.K. Kuchimov |
— |
Oʻzbekiston milliy axborot agentligi Bosh direktori |
|
A.B. Yuldashev |
— |
“Oʻzekspomarkaz” MKK” AJ boshqaruv raisi |
|
J.A. Artikxodjayev |
— |
Toshkent shahar hokimi |
|
lavozim boʻyicha |
— |
Qoraqolpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari |
|
lavozim boʻyicha |
— |
Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimlarining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari |
2-ILOVA
| Tadbirlar nomi | Amalga oshirish muddati | Masʼul vazirlik va idoralar | |
| 1. | “Oʻzekspomarkaz” MKK”ning 1-2 pavilonlarida, Atrium xamda konferensiya zali hududlarida 25-yubiley “Ipak yoʻlida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga (keyingi oʻrinlarda Yarmarka deb ataladi) tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish. | 11 — 16-noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzekspomarkaz” MKK” AJ |
| 2. | Yarmarka doirasida “Oʻzbekistonda turizm” mavzusidagi respublika ijtimoiy roliklar tanlovining yakunlarini oʻtkazish. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi |
| 3. | Oʻzbekiston va Rossiya I xalqaro turizm forumini, “Oʻzbekiston” turizm brendining elchilari forumining (keyingi oʻrinlarda Forumlar deb ataladi) oʻtkazish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 5-noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 4. | Yarmarka ochilishiga bagʻishlangan folklor guruhlar, estrada xonandalari, musiqa ijodiyotining va anʼanaviy sanʼat yorqin ustalari ishtirokida konsert dasturini tashkil etish, Toshkent shahrida joylashgan teatrlar repertuarlari, shuningdek, respublika muzey va teatrlarining katta stendlarini namoyish etish. | noyabr 2019-yil | Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi |
| 5. | Toshkent shahrida joylashgan teatrlar va muzeylarning katta stendlarini tashkil etish, teatrlarning repertuarlarida joylashgan asarlarni taqdim etish. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 6. | Har bir hududning tarixiy madaniyati va anʼanalariga eʼtibor qaratgan holda alohida dizayn sifatida hamda “Uzbekistan” logotipidan foydalanib ishlab chiqilgan respublika hududlarining turizm salohiyatini aks ettiruvchi axborot-taqdimot materiallarini, broshyuralar, kataloglar va bukletlarni, shuningdek, turizm namoyishi obyektlari va yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlash va Yarmarka ishtirokchilariga tarqatish. | noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 7. | Yarmarka va Forumlar ishtirokchilariga tarqatish, shuningdek, xorijiy ommaviy axborot vositalari orasida va Internet jahon axborot tarmogʻida targʻibot ishlarini amalga oshirish maqsadida video va reklama materiallarini tayyorlash. | 10-noyabr 2019-yil | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 8. | Har bir hududning turizm salohiyati, madaniy xususiyatlari va tarixini keng namoyish etuvchi hududiy koʻrgazma stendlari va ekspozitsiyalarini, hududlar kesimida ichki turizm va turizm infratuzilmasi imkoniyatlarini aks ettiruvchi alohida stendlarni, hamda turistlarni joylashtirish va dam olish sohasida respublika imkoniyatlarini namoyish etuvchi stendlarni tashkil yetish. Yarmarkada respublika hududlarida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining alohida stendlar bilan ishtirokini taʼminlash. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, hokimliklar Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, turizm faoliyati subyektlari, EOAVMA |
| 9. | Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining buyurtmasiga binoan Yarmarka doirasida 50% chegirma asosida: koʻrgazmalarni tashkil etish uchun hamda ekspozitsiyalarni montaj va demontaj qilish ishlarini amalga oshirish davrida “Oʻzekspomarkaz” MKK” 1-pavilyonning koʻrgazma maydonchasini, “Hunarmandlar shahri” ekspozitsiyasini oʻtkazish uchun Atrium zalini, Xalqaro konferensiyalar xamda YUNVTOning davra suhbatlari va taqdimotlarini oʻtkazish uchun katta konferensiya zalini ajratib berish; taqdim etilgan maketlarga muvofiq respublika oliy va boshqa oʻquv muassasalari, muzeylar va teatrlarning koʻrgazma stendlarini, “Hunarmandlar shahri” ekspozitsiyasini qurish choralarini koʻrish. | noyabr 2019-yil | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzekspomarkaz” MKK” AJ”, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi |
| 10. | Yarmarka va Forumlar doirasida Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlarning turizm sohasi vakillari, xususan vazirlik va idoralar vakillari, yetakchi turizm kompaniyalari va soha mutaxassislarining ishtirokini taʼminlash; Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy turizm kompaniyalari va “Oʻzbekiston” turistik brendining elchilarini Yarmarka va Forumlarga jalb etish maqsadida targʻibot ishlarini amalga oshirilishida koʻmaklashish; Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining soʻroviga binoan, “Nosted Buyers” dasturining (xorijiy OAV vakillari uchun maxsus dastur) potensial ishtirokchilari haqida maʼlumot olishda koʻmaklashish choralarini koʻrish. | noyabr 2019-yil | Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 11. | Forumlar ishtirokchilarining roʻyxatini shakllantirish. | 5-noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 12. | Forumlar ishtirokchilari uchun mehmonxona xonalarini band qilish. | 7-noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 13. | Yarmarka va Forumlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining buyurtmasiga binoan “Oʻzekspomarkaz” MKK” pavilyonlari, konferensiya zallari va “ITC” xalqaro markazini ovoz berish va sinxron tarjima qilish asbob-uskunalar bilan, shuningdek, Yarmarka davomida tezkor axborot almashish uchun simsiz Internet tarmogʻi (Wi-Fi) bilan belgilangan tartibda taʼminlash. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 14. | Respublikaning ixtisoslashtirilgan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining turizm sohasida taʼlim olish imkoniyatlarini namoyish etuvchi stendlarini tashkil etish; Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan oliy va oʻrta maxsus, ixtisoslashtirilgan kasb-hunar taʼlimi muassasalarining talabalari va oʻquvchilarini Yarmarkaga tashrif buyurishini tashkil etish choralarini koʻrish. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 15. | Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, muassasalari va klinikalarning tibbiyot turizmining imkoniyatlari toʻgʻrisidagi stendlari va tarqatma materiallar bilan ishtirokini tashkil etish. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 16. | Dam olish maskanlari va markazlarini (jumladan, turizm bazalari, sihatgohlar va h.k.) yoʻnalishlari va imkoniyatlarini namoyish etuvchi stendlar bilan ishtarok etishini taʼminlash. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi |
| 17. | Yarmarka doirasida aviatsiya va temir yoʻl sohalaridagi salohiyati va istiqbolli imkoniyatlarini aks ettiruvchi alohida keng koʻlamli ekspozitsiyalarni tayyorlash va taqdim etishni taʼminlash. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | “Uzbekistan Airways” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 18. | Xorijiy turistlar uchun moʻljallangan tarif va xizmatlar haqida maʼlumot aks ettiruvchi stendlar va tarqatma materiallar bilan ishtirok etish uchun turizm sohasiga IT texnologiyalarini joriy etuvchi mobil operatorlar va kompaniyalarga belgilangan tartibda taklifnomalar yuborish. | Noyabr 2019-yil | Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 19. | Turizm sohasi tadbirkorlik subyektlari uchun koʻrsatilayotgan xizmatlar haqida maʼlumot aks ettiruvchi stendlar va tarqatma materiallar bilan ishtirok etishi yuzasidan tijorat banklariga taklifnoma yuborish. | 5-noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklari |
| 20. | Xorijiy turistlar va turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun sugʻurta xizmatlari toʻgʻrisida stendlar va tarqatma materiallar bilan sugʻurta kompaniyalarining ishtirok etishini taʼminlash. | noyabr 2019-yil | Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi |
| 21. | Milliy sharoblarning eng yaxshi namunalarini va respublika sharob zaxiralarini namoyish etadigan keng koʻlamli stend tashkil etish. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | “Uzsharobsanoat” AJ |
| 22. | Ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda Yarmarka va Forumlarning matbuot anjumanini, ularga tayyorgarlik koʻrish jarayonini, “Oʻzbekistonda turizm” mavzusidagi respublika ijtimoiy roliklar tanlovining yakuniy natijalarini yoritish ishlarini ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda tashkil etish, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ham yoritish. | noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi, “Dunyo” axborot agentligi |
| 23. | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining buyurtmasiga binoan quyidagilarni taʼminlash: Turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha “Nosted Buyers” dasturining (xorijiy OAV vakillari uchun maxsu dastur) va “Oʻzbekiston” turizm brendi elchilari forumining ishtirokchilari hamda YUNVTO ekspertlari uchun xalqaro aviachiptalarni belgilangan tartibda band qilish va taqdim etish, Islom Karimov nomidagi Toshkent shahar xalkaro aeroporti “Business Lounge” zallari orakali “Nosted Buyers” dasturi (xorijiy OAV vakillari uchun maxsus dastur) ishtirokchilari va YUNVTO ekspertlarining kutib olish va kuzatish xizmatini bepul tarzda tashkil etish. | noyabr 2019-yil | “Uzbekistan Airways” AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 24. | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining buyurtmasiga binoan quyidagilarni taʼminlash: Turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi tomonidan tuzilgan roʻyxatlar boʻyicha “Nosted Buyers” dasturi (xorijiy OAV vakillari uchun maxsu dastur) ishtirokchilari va YUNVTO ekspertlari uchun mahalliy yoʻnalishlar, shu jumladan “Afrosiyob” yuqori tezlikdagi elektr poyezdiga chiptalarni belgilangan tartibda bron qilish va taqdim etish; koʻrgazma ishtirokchilari, “Nosted Buyers” dasturi (xorijiy OAV vakillari uchun maxsu dastur) va YUNVTO ekspertlari uchun Toshkent shahri va Buxoro shahar temir yoʻl vokzallarida rasmiy delegatsiyalar zallari orqali kutib olish va kuzatish xizmatini bepul tarzda tashkil etish; “Afrosiyob” tezyurar poyezdining video monitorlarida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan Yarmarka va Forumlarni targʻib etuvchi videoroliklarni namoyish etish. | noyabr 2019-yil | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 25. | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining buyurtmasiga binoan begʻaraz asosda quyidagilarning amalga oshirish: “Sharq bozori” ekspozitsiyasi, “Ipak yoʻli taʼmi” milliy taomlari festivali va boshqa tadbirlarni tashkil etish uchun 40 dona chodirni takdim etish; Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan takdim etilgan ekranlar uchun moʻljallangan metall konstruksiyalarni takdim etish. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | “Uzbekneftegaz” AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 26. | “Nosted Buyers” dasturi (xorijiy OAV vakillari uchun maxsu dastur) ishtirokchilari va YUNVTO ekspertlarini Buxoro shahrida kutib olish, transport va shahar boʻylab ekskursiya xizmatlarini hamda ovqatlanish bilan taʼminlash (Yarmarka doirasida Buxoro viloyatiga bir kunlik tashrif amalga oshiriladi). | 14 — 16-noyabr 2019-yil | Buxoro viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 27. | Quyidagilarni: Yarmarka doirasida yirik mehmonxonalarning keng koʻlamli stendlar va yirik ekspozitsiyalari bilan ishtirok etishini; Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan Yarmarka va Forumlarga bagʻishlangan tematik materiallarning ijtimoiy reklama bannerlarini Toshkent shahri va viloyatlar shaharlarining Markaziy koʻchalarida joylashtirilishini; Yarmarka va Forumlarga bagʻishlangan ijtimoiy reklamalarni poytaxtimizdagi elektron tablolarida bepul tarzda namoyish etilishini, shuningdek, bayram atributlari bilan tadbirlar oʻtkaziladigan joylarni bezashga koʻmaklashishni; festival doirasida respublikamizning turli mintaqalariga xos boʻlgan milliy taomlarning turlari va usullarini namoyish etish maqsadida mahorat darslari oʻtkazilishini; “Ipak yoʻli taʼmi” milliy taomlari festivalining ishtirokchilarini tegishli chiqindi qutilari, va javonlar (stol-stullar) bilan taʼminlash; Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga “Ipak yoʻli taʼmi” milliy taomlari festivali va “Sharq bozori” ekspozitsiyasi ishtirokchilarining roʻyxatini taqdim etish. | noyabr 2019-yil | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, Toshkent shaxar va viloyatlar hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston oshpazlar assotsiatsiyasi, Restoratorlar assotsiatsiyasi, otelchilar uyushmasi |
| 28. | Jamoat tartibini saqlash, ishtirokchilar harakati xavfsizligini taʼminlash, xorijiy tilni biladigan mutaxassislarni jalb etgan holda tibbiy yordam koʻrsatish punktlarini tashkil etish. | 12 — 16-noyabr 2019-yil | Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 29. | Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlar elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari, shuningdek, hamkor xorijiy tashkilotlar vakillari uchun Toshkent shahridagi “Kurant” restoranida furshet dasturxonini tashkil etish. | 10/11-noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 30. | Yarmarka va Forumlar yakunlari boʻyicha koʻrgazmali videorolikni tayyorlab, xalqaro tadbirlarda targʻibot ishlari uchun foydalanish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga taqdim etish. | dekabr 2019-yil | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |