ILOVA
| Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan loyihalari boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatiladigan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari | |
| 1. | Nogironligi boʻlgan shaxslar va pensiyaoldi yoshidagi shaxslar (erkaklar uchun 58 yoshdan 60 yoshga toʻlishgacha va ayollar uchun — 53 yoshdan 55 yoshga toʻlishgacha pensiyaga chiqishdan oldingi yosh) |
| 2. | Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota yoki ona, shuningdek koʻp bolali oilalarning ota-onalari |
| 3. | Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari |
| 4. | Odam savdosidan jabrlanganlar |
| 5. | Kam taʼminlangan oilaning mehnatga layoqatli oila aʼzolari |
| 6. | Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar |
| 7. | Mehnat organlari tomonidan ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar |
| 8. | Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar |